Uslubiy majmua


Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o„rni



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   359
Bog'liq
falsafa

Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o„rni
amaliy mashg‘ulotining texnologik kartasi. 
Ish bosqishlari va 
vaqti. 
Ta‘lim beruvshi 
Ta‘lim 
oluvshilar 
Tayyorlov bosqishi 
(5 daqiqa) 
Auditoriya tozaligini nazorat qiladi 
Talabalarni mashg‘ulotga tayyorgarligini tekshiradi 
Davomatni nazorat qiladi 
1. 
O‘quv 
mashg‘ulotiga kirish 
bosqishi
(10 daqiqa) 
1.Mavzu bo‘yisha o‘quv mazmunini tayyorlash. 
2.Fanni 
o‘rganishda 
foydalaniladigan 
adabiyotlar 
ro‘yhatini ishlab shiqish 
2 – asosiy bosqish 
(55 daqiqa) 
1. Talabalarni kishik guruhlarga bo‘lib, mavzu bo‘yisha 
savollarni beradi.
2. Ko‘rgazmali plakatlardan foydalanadi 
3. Slaydalar, mul‘timyedialardan foydalanadi 
4.Mavzular 
asosida 
byerilgan 
ma‘lumotlarni 
umumlashtiradi 
va 
hulosalaydi, 
faol 
ishtirokshi 
talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi 
Kishik 
guruhlarga 
bo‘linadilar 
Tomosha 
qiladilar 
Qatnashadilar
javob 
beradilar 
yakuniy bosqish 
(10 daqiqa) 
1. Yakunlovchi hulosa qiladi 
2. Mustaqil ish beradi 
3. Uyga vazifa beradi 
Tinglaydi
Yozib oladi 
Yozib oladi 
Oila so‗zining lug‗aviy ma‘nosi xaqida xar xil nuqtai nazarlar bor. Masalan, Rimliklarda 
―oila‖ so‗zi (Familia) dastlabki mulk egasiga bo‗ysunadigan shaxslar (bu shaxslar mulkining bir 
qismi xisoblangan; mulk egasining o‗z bolalari, xotini, asir, sotib olingan yoki meros bo‗lib 
o‗tgan qullar ham hisobga kirgan) majmuini bildirgan. ―Ota‖ so‗zi ham dastlab hozirgi 


230 
ma‘nodagi otani emas, balki o‗ziga qarashli oilaning xo‗jasi yoki egasi degan so‗zni anglatgan. 
‖Oila‖ning lugaviy ma‘nosi boshqa bir manbada quyidagicha izohlanadi: ―Oila asli arabcha 
―ayolmand, niyozmand‖ ma‘nolarini anglatuvchi ―oil‖-so‗zidan chiqqanligi ―Farxangi zaboni 
tojikiy‖da qayd etilgan. ‖O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖da ham bu so‗zning arabchaligi 
ta‘kidlanib, ―er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tug‗ishganlaridan iborat birga 
yashovchi kishilar majmui, xonadon‖ ma‘nosidagina izohlanadi. Har ikkala izohda ham so‗zdagi 
ma‘no yuki onalik bulog‗idan suv ichgan holda shakllanganligi etarli ifodalanmagan. Bu 
jihatdan M. Fasmerning ―Rus tilining etimologik lug‗ati‖ da bu so‗zga bergan izohi ajralib 
turadi. U ―semya‖ so‗zi ukraincha ―xotin‖ ma‘nosini anglatuvchi ―semsa‖ so‗zidan kelib chiqqan 
bo‗lib, aslida ―urg‗ochi-samka‖ ma‘nosini anglatganini, nihoyat er va xotin qo‗shiluvi asosidagi 
birlashuvini anglata boshlaganini qayd etadi. Arabchada ―zavja‖ deyilib, uning erkak bilan 
qo‗shiluvidan bola-chaqa olamga kelib, ayolmandlik yuzaga kelgan, binobarin oila shakllangan‖. 
(Safarov O., Maxmudov M. Oila ma‘naviyati. Toshkent, ―Ma‘naviyat‖, 1998. 11-bet.) 
―Oila‖so‗zining lug‗aviy ma‘nosi uning mohiyatini anglashda va ta‘kidlashda muhim negiz 
bo‗ladi. Adabiyotlarda oilaning turli ta‘riflari mavjud. SHundan eng mukammali quyidagidir: 
Oila - kishilarning tabiiy-biologik (jinsiy munosabatlar, bola tug‗ish), iqtisodiy (mulkiy 
munosabatlar, uy-ruzg‗orni boshqarish), xuquqiy (masalan, nikohni davlat yo‗li bilan qayd 
etish), ma‘naviy (er-xotin, ota-ona va bolalar o‗rtasidagi mehr-muhabbat tuyg‗usi va boshqa) 
munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi‖. (O‗zbek sovet ensiklopediyasi 8-jild) Professor A. 
Ortiqovning ma‘ruza matnlarida, yosh olima F. Primovaning oila haqidagi quyidagi yanada 
mukammalroq ta‘rifi keltirilgan: ―Oila jamiyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida, uning 
davomiyligini ta‘minlovchi tabiiy-biologik, ijtimoiy ehtiyojlarning qonuniyati asosida 
shakllanib, 
takomillashgan 
kishilarning 
ijtimoiy-iqtisodiy, 
xuquqiy, ma‘naviy-axloqiy 
munosabatlariga asoslangan barqaror ijtimoiy birligidan iborat‖. (Ortiqov A. ―Etika asoslari‖ 
kursidan leksiyalar tekstlari. Toshkent-1999, 95-bet.) Darhaqiqat, oila er-xotin, ularning bola-
chaqalari, eng yaqin tug‗ishganlaridan iborat kishilar guruhi, boshqacha aytganda xonadonidir. 
CHunki oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkakning o‗zi yoxud bir ayolning o‗zi 
oila bo‗la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila eru xotindan 
tashqari erning ota-onasi, ya‘ni qaynota va qaynonalar, farzandlar, uka va singillardan iborat 
ko‗p bo‗g‗inli xonadon. Uning har bir a‘zosi o‗z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga 
bo‗ysunib yashaydi. SHu ma‘noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o‗z saltanati 
bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er-xotin muhabbati sinovdan o‗tadi, shu sinov 
jarayonida ular bir-birlarini chuqurroq tushuna boradi, bir-birlarini qadrlashni o‗rniga qo‗yadigan 
bo‗ladi, bir-birlariga kechirimli bo‗lishadi, er-otaga, xotin -onaga aylanadi, farzandlarni 
tarbiyalab elga qo‗shadi, orzu-havas quradi. SHu ma‘noda oila inson hayotiga to‗kislik baxsh 
etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oila ana shu 
asoslarga tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatining ulug‗ kashfiyoti bo‗ldi. 
Demak, oila-jamiyatning asosiy bo‗g‗ini, yacheykasi bo‗lib, unda er-xotinlik, ota-onalik, 
farzandlarning va tug‗ishganlarning o‗zaro shaxsiy qarindoshlik va mulkiy maqsadlari, 
manfaatlari va xuquqlari bilan bog‗liq munosabatlar mujassamlashgandir. Kishilar uchun 
muqaddas dargoh bo‗lgan oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma‘naviy 
munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi. Bu 
jarayonda eng avvalo, ikkala jins o‗rtasidagi kelishuv, ya‘ni nikoh asosiy rol o‗ynaydi. CHunki 
oila taqdiri rasmiy-nikohiy tus olishidan boshlanadi, shundagina er-xotin oldida, xotin er oldida, 
ular ota-ona sifatida farzandlaru qavmu qarindoshlar, mahalla-ko‗y, qisqasi jamiyat oldida, o‗z 
navbatida farzandlar ham o‗z ota-onalari va el oldida ma‘suliyat sezadilar va burchli 
ekanliklarini his etib yashaydilar.
Xo‗sh, nikoh nima? Nikoh ham arabcha so‗z bo‗lib, ―O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖da: Er-
xotinlikni shariat yo‗li bilan rasmiylashtirish marosimi va shu marosimda domulla tomonidan 
o‗qiladigan shartnoma ma‘nosiga ega ekanligi qayd etilgan‖. Boshqa lug‗atlarda ham nikoh ―Er-
xotinlikning yuridik (xuquqiy) ravishda rasmiylashtirilgan oilaviy ittifoqi, ―ijdevoj, nikox ahdi‖, 


231 
―er-xotinlik, uylanish‖ ma‘nolarida ishlatilgan. (Qarang: Safarov O., Maxmudov M. Oila 
ma‘naviyati. 15-bet.)
Nikoh to‗g‗risida ham turli ta‘riflar bor. SHundan eng ma‘quli quyidagi ta‘rifdir: ―Nikoh-
ikki jinsdagi shaxslarning oilaviy munosabatlarda ishtirok etish uchun o‗zaro axdlashuvidir‖. 
(Davlat va xuquq asoslari. Izohli lug‗at. Toshkent, ―O‗qituvchi‖, 1996, 49-bet.) Nikoh fuqarolik 
holati dalolatnomalarini yozish (FXDE) bo‗limida o‗qiladi va rasmiylashtiriladi. Demak, Nikoh-
oilaning faqat huquqiy asosi bo‗lib, erkak bilan ayolning bir-biriga va bolalariga, ya‘ni bir 
oilaga mansub kishilarning bir-birlari oldida va jamiyat oldida xuquq va majburiyatlarini, 
axloqiy va xuquqiy ma‘suliyatini belgilaydigan oilaviy ittifoqidir. Demak, oila nikoh asosida 
vujudga keladi. Lekin oila va nikoh aynan bir tushunchalar emas. Oila-nikoh va qon-qardoshlik 
bilan bog‗langan kishilarning tarixan shakllangan ittifoqidir, eng avvalo, er va xotin, ota-onalar 
bilan bolalar o‗rtasidagi munosabatlardir. Nikoh-oilaning faqat xuquqiy asosi bo‗lib, bir oilaga 
mansub kishilarning, eng avvalo, er va xotinning va farzandlarning bir-birlari oldida xuquq va 
majburiyatlarini, axloqiy va xuquqiy ma‘suliyatini ifodalaydi.
Oila va nikoh tarixiy xodisa bo‗lib, ular jamiyatning kelib chiqishi va taraqqiyotida azaldan 
mavjud bo‗lmagan. Oilaning kelib chiqishi hali batamom oydinlashtirilgan emas. Bu to‗g‗rida 
turlicha nuqtai-nazarlar mavjud. Mutaxassislarning aksariyatining fikricha, oila va nikoh 
munosabatlarining evolyusiyasi quyidagicha yuz bergan: Ibtidoiy tuzumning avvalida (ilk va 
so‗nggi paleolit chegaralarida) umuman oila va nikoh bo‗lmagan, u davrda promiskuitet deb 
nomlangan tartibsiz jinsiy aloqalar odati xukm surgan, ya‘ni to‗dadagi har bir ayol barcha 
erkaklarniki va har bir erkak barcha ayollarniki hisoblangan. Keyin bu aloqalar o‗rnini guruhiy 
nikoh egallagan. Guruhiy nikohda bir urug‗dagi hamma erkaklar boshqa urug‗ning barcha 
ayollariga er bo‗lish huquqiga ega bo‗lganlar. So‗ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy 
shakli sifatida juft oila paydo bo‗lgan. Juft nikohda esa er-xotin hisoblangan erkak va ayol o‗z 
urug‗larida yashagan. Bu oila qarindoshlikni otalikni, ota tomonidan (otalik davri), ona 
tomonidan ham (onalik davri) hisoblab borgan, lekin bu oilalarda hali er-xotin nikohi barqaror, 
alohida xo‗jalikka ega emas edi. Bu davrda (bronza davri boshlanishi va temir davrida) tabiiy 
faktor o‗z vazifasini tugalladi, ya‘ni jinsiy munosabatlar doirasida qon-qardoshlar istisno qilindi, 
jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatlariga aylangan nikohda xotin er bilan 
yashash uchun uning urug‗iga ko‗chib o‗tgan. Monogam (yakka nikoxlik) oila paydo bo‗ldi. 
Nihoyat individual oila bo‗lib, bu kichik oilada nikoh er-xotinni hamda ularning bolalarini bir-
biri bilan mustahkam bog‗laydi. Bu holat xususiy mulkchilik rivojlana boshlab ibtidoiy jamoa 
tuzumi emirilayotgan davrga to‗g‗ri keladi. Oila shakllari nikoh xarakteriga qarab bir-biridan 
farq qiladi: Poligam (ko‗p nikohlik) va monogam (bir nikohlik) oila; hukmronlik kimning 
qo‗lida bo‗lishiga qarab oila patriarxal (ota yoki aka-ukalarning biri tomonidan boshqariladigan), 
matriarxal (ona tomonidan boshqariladigan), demokratik (er-xotinning tengligiga asoslangan) 
oilaga bo‗linadi. Hozirgi jamiyat oilasi ―demokratik‖ oilaning tipik shaklidir.
Mashhur amerika faylasufi Jorj Santayana (1803-1952) ta‘kidlaganidek: ―Oila, bu - 
tabiatning shoh asarlaridan biriga aylandi‖. Fransuz yozuvchisi V.M. Gyugo (1802-1885): ―Oila-
jamiyatning duru gavhari―, - degan edi. 
Oila - jamiyat taraqqiyotiga faol ta‘sir ko‗rsatuvchi ijtimoiy xodisadir. Uning eng muhim 
sotsial vazifalari qatoriga inson zotini davom ettirish, oila a‘zolarining turmush maishatini, 
bo‗sh vaqtini qondirishni uyushtirish kabilar kiradi. ―Oila haqida gapirar ekanmiz,- deb 
ta‘kidlagan edi Prezidentimiz I.A.Karimov,- oila hayotning abadiyligini, avlodlarning 
davomiyligini ta‘minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak 
nasllar qanday inson bo‗lib etishishiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadigan tarbiya o‗chog‗i ekanini tan 
olishimiz darkor‖. Xullas, oila-jamiyatning eng kichik yacheykasi va asosiy bo‗g‗inidir. Unda 
kishilik urug‗ini davom ettirish va uni tarbiyalash vazifalari amalga oshiriladi. 
Oilaviy munosabatlar ma‘lum huquqiy va axloqiy asoslarga ega. Bu masalalar 
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‗zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 
aprelda qabul qilingan ―Oila kodeksi‖ da batafsil bayon qilingan bo‗lib, ularning asosiy 
vazifalari oilani mustaxkamlash, oilaviy munosabatlarni o‗zaro muxabbat, ishonch va hurmat, 


232 
hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a‘zolarining ma‘sulligi 
hissi asosida ko‗rishdan, biron bir shaxsning oila masalalariga o‗zboshimchalik aralashishiga 
yo‗l qo‗ymaslik, oila a‘zolari o‗z xuquqlariga to‗sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu 
huquqlarning himoya qilinishini ta‘minlashdan iborat. Oilaviy turmushda ota-onalar quyidagi 
xuquqlarga ega bo‗ladi va bajarilishi ularning burchlari hisoblanadi:
1) bolalarga ism-sharif va familiya qo‗yish;
2) ularning fuqaroligini va millatini belgilash; 
3) o‗z bolalariga vakillik qilish, ya‘ni ular hali huquqiy muomalaga layoqatsiz ekanlar, 
ularning xuquq va manfaatlarini himoya qilish; 
4) o‗z bolalarining istiqomat joylarini belgilash va ularni qonunsiz ushlab turgan shaxslardan 
talab qilib olish; 
5) o‗z bolalarini tarbiyalash, ularga nafaqalar berish va hokazo. Ota-ona o‗z bolasiga 
qaramasa, tashlab ketsa, jinoyat yo‗liga o‗tib burchlarini bajarmasa ular otalik, onalik 
xuquqlaridan mahrum etilishi mumkin, hamda ular keyinchalik farzandlaridan nafaqa olish 
huquqlaridan ham mahrum bo‗ladilar. O‗z navbatida farzandlar ham ota-onalarining oldida 
o‗z burchlarini bajarishlari shart bo‗lib, bularga mehnat qobiliyani yo‗qotganda, kasal 
bo‗lganda, boquvchisiz qolgan ota-onalarga g‗amxo‗rlik qilish va hokazolar kiradi. 
Oilaviy axloq asosini ikki jins o‗rtasidagi sevgi-muhabbat tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqotlarda 
sevgi-muxabbatning to‗la ma‘nodagi ta‘riflari yo‗q. Falsafiy qomusda: Sevgi-shaxsning boshqa 
shaxsga beg‗araz va beqiyos intilishida namoyon bo‗luvchi hissiyotdir, deb ta‘riflanadi. 
(Filosofskaya ensiklopediya. M, 1964, 165-bet.) Etikaga oid qo‗llanmalar va lug‗atlarda sevgi-
muhabbat kishilarning o‗zaro manfaatdorligi va mayliga asoslangan hissiyoti, ikki jinsdagi 
yoshning bir-biriga moyil bo‗lishi, bir-birini bir qarashning o‗zida tushuna bilishi, bir-biriga 
hamisha yon bosishlari, bir-birlarini butun umr bo‗yi ardoqlashlaridir. (Qarang: Uzoqov X. 
G‗oziev E, Tojiev A. Oila etikasi va psixologiyasi, Toshkent, ―O‗qituvchi‖, 1992y, 69, 75-76 
betlar). Professor A Ortiqovning ta‘kidlashicha sevgi -muhabbatning uchta: tabiiy (biologik), 
ijtimoiy va shaxsiy mezonlari bor. Masalan, muhabbatning tabiiy mezoniga sevishganlarning 
nikoh haqida qonunida belgilangan yoshga etganligi, ularning yoshidagi yaqinligi, har ikki 
jinsning sog‗lomligi va hokazolar kiradi. Sevgining ijtimoiy mezoniga sevishganlar ota-
onasining ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy ahvoli, chunonchi bo‗lg‗usi kelin-kuyovlar to‗yini qilishga 
tayyorlik darajasi, ularga maxsus yoki qulay xonalarning mavjudligi, kelin ixtiyoriga maxr 
belgilashga imkoniyat bor-yo‗qligi, bo‗lg‗usi oilani moddiy jihatdan taxminlashga tayyor va 
tayyor emasligi va hokazo masalalar kiradi. Sevgi-muhabbatning shaxsiy mezonlariga 
sevishganlarning oilaviy munosabatlarga xos dunyoviy va diniy dasturlardan xabardorligi, 
ularning bir-birlarini har tomonlama yaxshi bilishlari va hokazolar kiradi. Ana shu uch omilga 
ozmi ko‗pmi javob beradigan sevgi abadiydir, ularga mos kelmaydigani vaqtinchalik, 
o‗tkinchidir. Ana shu uch mezonga javob beruvchi yigit va qiz oila qurishga haqlidir. Oilaning 
axloqiy asosi vafodorlik fazilati bo‗lib, bunday erkak va ayollar har qanday chigal vaziyatda ham 
do‗stlik rishtalarini uzmaydilar, bir-birlari uchun kerak bo‗lsa jon fido qilishdan ham 
qaytmaydilar, ular orasida g‗oyat kuchli ma‘naviy boylik, hamjihatlik va sodiqlik, hamkoru-
hamnafaslik vujudga keladi. (Qarang: A. Ortiqov. ―Etika asoslari‖ kursidan leksiyalar tekstlari. 
95-96 betlar) Oilaning axloqiy asosini mehr-oqibatli bo‗lish, bir-biriga izzat-hurmat ko‗rsatish 
ham tashkil etadi. Oilaviy hayotda bunday fazilatlar bo‗lmasa, bunday oila azob va mashaqqat 
maskaniga aylanadi. SHuning uchun mehr-oqibatli bo‗lish, bir-birlariga izzat-hurmat ko‗rsatish 
har bir erkak va ayolning hamda farzandlarining muqaddas burchidir. 
18-Mavzu:

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish