Uslubiy majmua


ettiradigan personajlarni yaratish



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   359
Bog'liq
falsafa

 
ettiradigan personajlarni yaratish
 
orqali kurashishni zamon talab 
etmoqdaki, bu yoshlarni ma‘naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat 
mavjudligidan dalolat beradi. Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati.
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko‗rinishidagi 
bog‗liqlikni o‗rganishga bo‗lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va 
tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o‗tmishda bu sohaga jiddiy e‘tibor 
berilib, qator risolalar yaratilgan.
Estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati psixologik jihatlar. Buni ong osti hodisasi 
orqali izoxlash mumkin.
1. Sezgilar.
Aytish mumiknki, mana shu 5 ta sezgi ilg‗amagan narsani ong osti ilg‗ash 
qobiliyatiga ega.
2. Kuzatish.
Bu borada reklama va uning estetik tabiatini misol qilib ko‗rsatish mumkin. 
SHuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo‗ladigan joylarga o‗rnatiladiki, 
bunda bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas.
3. Tashviqot.
Ongosti tashviqotga tabiiy xolda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta‘sir qilishni 
kiritish mumkin. Ko‗ngilochar maskanlarda qo‗yiladigan musiqalarda ham xaridorlarni chorlash 
maqsadi ko‗zlanadi. 
4. YAshirin kadr orqali ta‟sir qilish.
Insonning ong osti xislariga yashirin ta‘sir qilish xususan 
25-kadr ko‗pchilik davlatlar tomonidan ta‘qib ostiga olingan.
YUqorida ko‗rsatib o‗tilgan 4 ta jihatga e‘tiborsizlik bugungi kunda tashvishli va tahdidli 
hodisa sifatida e‘tirof etilayotgan ―ommaviy madaniyat‖ni avj olishiga olib keladi. Bu borada 
Prezidentimizning ―YUksak ma‘naviyat – engilmas kuch‖ asarlarlarida ―Tabiiyki ―ommaviy 
madaniyat‖ degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‗ravonlik, individualizm, egotsentrizm 
g‗oyalarini tarqatish, kerak bo‗lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha 
ming yillik an‘ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma‘naviy negizlariga bepisandlik, ularni 
qo‗porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‗ymaydi‖ - degan purma‘no 
hikmat bor. 
Endi ikki og‗iz so‗z ―ommaviy madaniyat‖ haqida. Uning kelib chiqishi, ta‘siri, tahdidi 
borasida mazkur anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam yanglishmagan 
bo‗laman. Lekin, bir narsaga g‗oyatda tahdidli, u ham bo‗lsa, ommaviy madaniyat insonni 
―qiyofasiz‖ oqimning bir qismiga aylantirib qo‗yishidadir. 
Bu illat aksariyat xollarda haqiqat, go‗zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni 
umumiste‘molchilik ehtiyoji bilan bog‗lab, iste‘mol va tovar sifatida haridorgir bo‗lishiga 
qaratilgan maqsadni targ‗ib qiladi. Bu esa pirovardida ―bozor adabiyoti‖, ―bozor san‘ati‖ degan 
ma‘naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning ―gullab-yashnashi‖ uchun imkon yaratadi. Bugun 
turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, 
―millati‖ning tayini yo‗q ―badiiy‖ filmlar ham ko‗payib ketgan. ―Bozor san‘ati‖ deganda, 
birinchi navbatda, anashunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq 
ashulalar esga tushadi.
XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go‗yo rivojlangan madaniy dunyoga 
integratsiyalashish niqoblari ostida namoyon bo‗lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy xolatlar va 
ular shakllantirish mumkin bo‗lgan illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin 
tafovutni anglay bilish zamon talabidir. Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy axloqqa zarba 
berib, jamiyatning g‗oyaviy tizimini izdan chiqarishi bilan hatarli ekanligini ham to‗g‗ri 
tushunish kerak. Bu havf-xatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni shakllantirishda tarbiyaning 
barcha ko‗rinishlarini uyg‗un xolda olib borish shart. Estetik tarbiya aynan shu maqsad yo‗lida 
yosh avlodni milliylikka zid bo‗lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash 
bilan dolzarb vazifa bo‗lib qolmoqda.
Xo‗sh ―ommaviy madaniyat‖ning illat sifatida qanday namoyon bo‗lishi mumkin? 
6.
―Ommaviy madaniyat‖ namoyondalarining amallari o‗zlari uchun har taraflama 
manfaatdorlikka asoslangan: ular ―noyob san‘at‖ namunalari-g‗oyalarini nafaqat targ‗ib qiladi, 
balki pullaydi ham. 


222 
7.
Faqat bugunni, yana ham aniqrog‗i hozirni ko‗radi va tan oladi. 
8.
Umuminsoniy madaniyatni bo‗ysindirish va o‗z ta‘sir doirasiga tortish kabi tuban 
maqsadlarni amalga oshirishga harakat qiladi.
9.
U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog‗i bilan qarshi. Andozalashgan axborot-u 
mahsulotlar qurshovida qolgan odamlarning o‗zi ham bora-bora bir o‗lchamga tushadi: 
hammaning yurish-turishi, o‗y-kechinmasi, fikrlash tarzi, bari bir xil. 
10.
SHaxsning ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga loqayd, befarq 
avlodni shakllantiradi. 
6. ―Ommaviy madaniyat‖ o‗z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy 
qadriyatlardan foydalangan xolda ―ma‘rifatparast‖lik g‗oyalari asosida o‗ziga xos muomala va 
muloqot madaniyatini ham targ‗ib qiladi. Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko‗rishishdagi 
―boshni boshqa suqishtirish‖, imo-ishora, o‗zaro muloqotning ―kurakda turmaydigan so‗zlar‖ga 
tayanilishi orqali ko‗rib guvohi bo‗lmoqdamiz. 
―Ommaviy madaniyat‖ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo‗lgan olomonni 
shakllantirish bo‗lgani bois, u ma‘naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o‗quvchini mushohadaga 
undab, tasavvur olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo‗latmaydi. SHuning 
uchun ―ommaviy madaniyat‖ namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas. 
Ommaviy madaniyat xoh G‗arb hox SHarq bo‗lsin uning ma‘naviy hayotiga sezilarli 
ta‘sir ko‗rsatmoqda. U yildan yilga inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda katta kuch 
bilan daxl qiluvchi hodisaga aylanib bormoqda. Bu ayniqsa, estetik tarbiyaning eng muhim 
vositasi bo‗lgan san‘at orqali jamoatchilikka ta‘sir etmoqda. Bu hodisa san‘atda behayo filmlar, 
shahvoniy romanlar, tuturuqsiz musiqalar ko‗rinishida namoyon bo‗lib, ularning asosida fahsh, 
zo‗ravonlik, shafqatsizlik hamda zo‗ravonlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda 
jamiyatimizning ziyoli qatlami tushunib etmoqda.
Bu borada XX-asrning 70 yillarida amerikalik bir qator sotsiologlar, faylasuflar, 
san‘atshunoslar ―ommaviy madaniyat‖ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa umumadaniy 
jarayonlarga ta‘siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar. Xususan, sotsiolog 
CH.Reych o‗zining ―Gullayotgan Amerika‖ kitobida ―Isyonkor yoshlar o‗zlarining shaxsiy 
―madaniyat‖larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar 
tashkil etmoqda. YOsh ―isyonkorlar‖ madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‗liq falsafiy, 
axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqot madaniyatidan yuz o‗girgan xolda 
o‗zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi ―yangi odam‖ 
uchun mazkur qadriyatning asosi – bu o‗zini mavjud tizimdan tashqarida xis qilishga bo‗lgan 
layoqatidir.‖-, degan fikrni bayon etgan edi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish