12.2 LANDShAFTLARNI REJALAShTIRIShNING DARAJALARI VA
HUDUDIY OB’YeKTLARI.
Yer zahiralarini muhofaza qilish-ulardan ilmiy asosda muntazam va rejali
foydalanish bilan bir qatorda ularni landshaft elementi sifatida saqlanib qolishni,
biosferaning asosmiy vazifasi.
- hududning biologik maxsuldorligi, atrof-muhitda maqbul suv va havo
tarkibi, tabiiy tozalanish va tozalanishni taminlashni taqazo etadi.
Yerlarni muhofaza qilishning asosiy ko‗rinishi uni ezozlash, turlarini
yaxshilash, unumdorligini oshirish, eroziyadan, ifloslanishdan, o‗zgargan
landshaftlarni madaniylashtirish yordamida qayta tiklash, qo‗riqxonalar tizimini
tashkil etishdan iborat. Yerlar holatini yaxshilashda meliorativ tadbirlarni amalga
oshirish muhim ahamiyatga ega. Ular yordamida landshaftning ishlab chiqarish
qobiliyatini ifodalovchi unumdorligi oshadi, fizik va qisman kimyoviy xossalari
yaxshilanadi. Melioratsiya tashkiliy-xo‗jalik va texnik tadbirlar tizimi bo‗lib tabiiy
sharoitda vujudga kelgan gidrologik, agroiqlim va landshaft salbiy oqibatlarni
tubdan o‗zgartirish imkonini yaratadi. Bu tizim tarkibiga agrotexnik, gidrotexnik,
o‗rmon-meliorativ tadbirlar kiradi.
O‗zbekiston Respublikasining tekislik qismida olib boriladigan meliorativ
tadbirlar tarkibida sho‗rlangan yoki sho‗rlanishga moyil bo‗lgan yerlarning suv-tuz
tartibini maqbul darajada boshqarish-landshaft unumdorligini oshirish va qayta
tiklashning asosiy mezonlaridan hisoblanadi. Shuni nazarda tutgan holda yer
zaxiralaridan foydalanishning asosiy tarxida sho‗rlangan yerlar melioratsiyasiga
alohida e‘tibor beriladi. Undan tashqari mavjud suv zaxiralaridan foydalanish va
ularni muhofaza qilishni texnik iqisodiy asoslash (GEA)-yirik va murakkab
gidromeliorativ, suv-xo‗jalik inshoatlarini loyihalash, ko‗rish va xar tomonlama
o‗rganilishi umumiy yoki ayrim hududlarda suv muvozanatini (suv istemol qilish
va chiqarish tashlash). Yaqin va uzoq kelajakda saqlab qolish bosh chizmada o‗z
ifodasini topishi shart.
Landshaft yemirilishini (eroziya) oldini olish va unga qarshi kurash choralari
yer zaxiralaridan foydalanish va muhofaza qilishning tarkibiy qismi bo‗lib
148
yemirilishiga moyil yoki yemirilgan yerlar, sel olib, upirilib ketadigan hudud va
landshaftlarni ilmiy-texnik nuqtai-nazardan himoya qilishni nazarda tutadi.
Ularning asosiy maqsadi:
- hududning eroziyaga moyilligini ifodalovchi xaritasini tuzish va qarshi
kurash choralarini tarkibini asoslash;
- suv yig‗iladigan havzalar, shamol eroziyasi sodir bo‗ladigan hududlar
xaritasini tuzish, oldini olish choralarini tarkibini asoslash;
- sel ta‘sirida yemiriladigan, upirilib ketadigan, muzliklar qoplami mavjud
yoki boshqa tabiiy jarayonlar ta‘sirida landshaftlar o‗zgarishi mumkin bo‗lgan
hududlar xaritasini, ularga salbiy ta‘sir etuvchi omillar, sodir bo‗ladigan joylar
tasnifini tuzish va oldini olish choralarini belgilash;
- eroziyaga qarshi tadbirlarning umumiy hajmi, qiymati va amalga oshirish
tartibi, zarur bo‗lgan moddiy-texnik va mexnat resurslari aniqlash;
- eroziyaga qarshi amalga oshiriladigan tadbirlarni loyihalash uchun loyiha-
qidiruv ishlarini tarkibi, hajmi va qiymatini aniqlash;
- rejalashtirilgan tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash;
Yer osti foydali qazilmalarni konlardan olishda, geologik-qidiruv, qurilish va
boshqa ishlarni olib borishda, unumsiz va degradatsiya bo‗lgan yerlarni qayta
tiklash, ularni unumdorligini oshirish uchun rekultivatsiya qilish zarur. Uning
tarkibi meliorativ, gidrotexnik, agrotexnik, o‗rmon-xo‗jalik, muhandis qurilish va
shu tadbirlardan iborat bo‗lib landshaft hususiyatini yo‗qotgan yerlarda landshaft
hossalarini shakllantirish va xalq xo‗jaligida foydalanish imkoniyatini yaratish,
buzilgan, yaroqsiz xolga kelgan yerlarni atrof-muxitga salbiy ta‘sirini yo‗qotish
yoki keskin kamaytirishga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
Rekultivatsiya texnik va biologik qismdan iborat.
Texnik rekultivatsiya jarayonida tanlangan yerlarda landshaftni kovlab olish
va yig‗ish; geologik yotqiziqni hususiyatiga mos keladigan shakldagi balandlik
(tepalik, otval) kar‘erlar yaratish; yig‗ilgan yotqiziqlarni o‗zidan-o‗zi yonib
ketishdan asrash; ustini tekislash terrassalarga ajratish, nishablikni upirilib
ketishiga yo‗l qo‗ymaslik; transport va boshqa mexanizmlarni kirib-chiqishi uchun
149
yo‗l qurish; gidrotexnik va eroziyaga qarshi inshoatlar ko‗rish; rekultivatsiya
qilinadigan sath ustiga kelajakda unumdor bo‗lishi mumkin bo‗lgan yotqiziqlar
soni, kimyoviy zararli kon yotqiziqlari bo‗lganda ularga kimyoviy usulda ishlov
berish; unumdor landshaft solish va uni tekislash.
Biologik rekultivatsiya jarayonida buzilgan landshaftlar unumdorligini
shakllantirish va qayta tiklash uchun biologik usullar-rekultivatsiya qilinayotgan
yerlarni o‗zlashtirish uchun yaroqli o‗simliklar ekish, maxsus agrotexnik
tadbirlarni qo‗llash yordamida chidamli va hosildor biotsenozlar qoplamini
yaratishdan iborat.
Yer landshaftning hududiy asosi hisoblanib unda yashash (insoniyat),
xo‗jalikni (jamiyatning sotsial-iqtisodiy faoliyati) yuritish uchun imkoniyat
mavjud. Landshaft komponentlari bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan holda modda
va energiyaning sarflanishi ularning hosil bo‗lishi bilan muvozanat (teng
bo‗lishiga) holatda saqlanishga harakat qiladi. Shu sababli landshaft tabiiy
sharoitda o‗zini-o‗zi boshqarib turadi.
Antropogen landshaftlarni maqsadga muvofiq shakllantirish, ulardan
xo‗jalikda foydalanish, atrof muhitni himoya qilish, rekreotsiya va estetik, tabiiy
muvozanatni saqlab turish hossalari, sodir bo‗lgan salbiy jarayonlarni aniqlash va
oldini olish maqsadida qo‗riqxonalar chizmasi tashkil etiladi.
Tabiiy geografik rayonlashtirish xalq ho‗jaligining turli soxalarinn
rejalashtirishda tayanch xisoblanadi. Masalan, Turkiston O‗lkasida paxta ekish va
unnng maydonlarini kengaytirish uchun shu hudud tuproq iklim sharoitini bilish
etarli emas, undan tashkari sr yuzasining tuzilishini, yer osti suvlarining kanchalik
chukurligini grunt xususiyatlarini, eroziya jarayonlarini o‗simlik koplamini bilish
kerak bo‗ladi.
Tabiiy geografik rayonlashtirish yangi shaxarlarni barpo qilish, yullar kurish
va ulardan foydalanishda, sugoruv kanallari, melioratsiya tarmoklarini tugri
rejalashtirish, hududining yer osti zaxiralarini relefi xususiyatlarini, tog jinslari
tarkibini, tuproqlarini va bu komponentlarni o‗zaro bog‗liqligini chukur o‗rganish
lozimdir.
150
Hudud landshaftini o‗rganishda pastlik yoki balandlikni (fatsiya) izohlovchi
ko‗rsatkichlarining tarkibini izohlovchi axborot.
- Pastlik (balandlik) fatsiya N. Sana. Muallif.
- Mutloq balandlik, m
- Pastlik (balandlik)ning ahamiyati (roli), (asosiy, yordamchisi)
- Mikrorelef, uning mezorelefdagi o‗rni.
- Ustki qatlamning litoligik tarkibi.
- Tosh, shag‗al mavjudligi.
- Landshaft (landshaft kesimi izohi)
- Namlanish darajasi.
- Yer osti suvlari chuqurligi, m
- O‗simlik va daraxtzorlar tipi.
- Fizik-geografik jarayonlar, sodir bo‗lish darajsi.
- Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishiga to‗sqinlik qilayotgan tabiiy omillar.
- Tabiiy zaxiralarni o‗zlashtirish va samarali foydalanishga oid takliflar.
Yakunlovchi landshaf xaritasi dala ishlari oldidan mavjud malumotlarni tahlili
va mavjud hudud landshafti ko‗rsatgichlarini yo‗nalishi-maydon o‗rganish,
tayanch kesimlari va boshqa malumotlarni har tomonlama o‗rganilgandan so‗ng
tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |