Nazorat savollari:
1.Landshaftlarni rejalashtirishning asosiy yo‗nalishlari qaysilar?
2.Landshaftlarni rejalashtirishning darajalari va hududiy ob‘ektlari nimalardan
iborat?
3.Landshaftlarni rejalashtirish tizimida ekologik jihatlar deganda nimalarni
e‘tiborga olish lozim?
4. Katta masshtabda tabiiy tumanlashtirishning asosiy birligi nima?
13-BOB. O‘ZBEKISTON LANDShAFT XARITALARI.
13.1 O‘ZBEKISTONDA ChOP ETILGAN LANDShAFT XARITALARI VA
ULARNING TURLARI.
Landshaft kartalari turli toifa va taksonomik qiymatdagi tabiiy hududiy
majmualar – landshaftlarni grafik tasvirlash natijasi hisoblanadi. Tabiiy hududiy
majmualar deganda, majmua-ning turli qismlari va atrof-muhit bilan ko‗plab
to‗g‗ri va teskari aloqadorliklarga ega bo‗lgan murakkab dinamik tizimlarni
154
tushunamiz. Landshaft kartalarini o‗rganish tabiiy muhit tabaqalanishining omillari
va qonuniyatlari, tabiiy hududiy majmuadagi turli genetik va dinamik aloqalar
haqida tushunchaga ega bo‗lishga imkon beradi. Landshaft kartalari fan va ishlab
chiqarishning ko‗p masalalarini hal etish uchun ham zarurdir. Ular hududni
majmuali o‗rganish, sog‗liqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish ishlarida keng
foydalaniladi. Hozirgi paytda amaliy ahamiyatga ega bo‗lgan baholash va
bashoratlash landshaft kartalari tuzilmoqda. Ular soha kartalarini tuzishda muvo-
fiqlash ishlariga ham jalb qilinadi. Kartalarni tuzishning mazkur metodikasi
landshaftni geotizim ekanligi, uning barcha tarkibiy qismlari bir-biri bilan o‗zaro
bog‗liq va aloqadorligiga asoslanadi.
Landshaft kartalari turli masshtablarda yaratiladi: yirik, o‗rta va mayda.
Mayda masshtabli kartaga olish ishlari kameral sharoitda olib boriladi. O‗rta va
yirik masshtabli kartani yaratish esa, to‗liq dala s‘emka kuzatish ishlari, landshaft
profillari va statsionar kuzatishlar natijasida bajariladi. Mayda masshtabli
tadqiqotlarda regional ko‗lamdagi tabiiy hududiy majmualarning landshaft
tuzilishi, jumladan, ularni ichki tuzilishi, landshaftning tashqi hududiy, genetik,
dinamik xususiyatlari, zamondagi bog‗liqliklari va boshqalar o‗rganiladi. Yirik
masshtabli tadqiqotlarda elementar tabiiy majmualarning rivojlanish qonuniyatlari,
bog‗liqligi, dina-mikasi va boshqa jihatlari o‗rganiladi.
Landshaft kartalari mazmuni bo‗yicha umumilmiy va mavzuli kartalarga
bo‗linadi. Birinchisi o‗rganilayotgan hududning morfologik tabaqalanishi,
ajratilgan birliklarning miqdor ko‗rsatkichlari va farqlari haqida ma‘lumot beradi.
Ikkinchisi – mavjudlikni aks etdirish, baholash va bashoratlash kartalarini tuzish
hamda amaliy masalalarni yechishga qaratiladi.
Geografik landshaft deganda, tarkibida o‗zaro bog‗liq bo‗lgan kichikroq
geotizimlarning o‗ziga xos yig‗indisi bo‗lgan genetik jihat-dan bir butun geotizim
tushuniladi. Landshaftlarga majmualik, vertikal, gorizontal va dinamik tuzilmalar
xos. Murakkab ichki tuzilishga va fazoviy-makonli turli masshtabga, darajaga,
o‗ziga xos funktsional va evolyutsion-dinamik qonuniyatga ega landshaftlar turlari
ajratiladi. Tuzilgan landshaft kartalarini xilma-xilligi, olib borilgan yirik
155
tadqiqotlar natijasiga qaramasdan, geotizim-larni ajratish yo‗llari va printsiplari
hali muammoli, umum qabul qilingan tasnif va nomenklatura ishlab chiqilgan
emas. Kartadagi tasvirlash usullari haqida ham bir fikr yo‗q (V.A. Nikolaev va
V.A. Sochava ishlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |