12.3 LANDShAFTLARNI REJALAShTIRISh TIZIMIDA EKOLOGIK
JIHATLAR.
Hudud landshaftini o‗rganishda pastlik yoki balandlikni (fatsiya) izohlovchi
ko‗rsatkichlarining tarkibini izohlovchi axborot.
- Pastlik (balandlik) fatsiya N. Sana. Muallif.
- Mutloq balandlik, m
- Pastlik (balandlik)ning ahamiyati (roli), (asosiy, yordamchisi)
- Mikrorelef, uning mezorelefdagi o‗rni.
- Ustki qatlamning litoligik tarkibi.
- Tosh, shag‗al mavjudligi.
- Landshaft (landshaft kesimi izohi)
151
- Namlanish darajasi.
- Yer osti suvlari chuqurligi, m
- O‗simlik va daraxtzorlar tipi.
- Fizik-geografik jarayonlar, sodir bo‗lish darajsi.
- Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishiga to‗sqinlik qilayotgan tabiiy omillar.
- Tabiiy zaxiralarni o‗zlashtirish va samarali foydalanishga oid takliflar.
Yakunlovchi landshaf xaritasi dala ishlari oldidan mavjud malumotlarni tahlili
va mavjud hudud landshafti ko‗rsatgichlarini yo‗nalishi-maydon o‗rganish,
tayanch kesimlari va boshqa malumotlarni har tomonlama o‗rganilgandan so‗ng
tuziladi.
Yer tuzish ishlarini rejalashtirish va tashkil etishda hudud landshaftining xilma-
xilligini o‗rganishning ko‗p qo‗llaniladigan uslublaridan biri dala landshaft
kesimlariga ajratishdir. Landshaftini o‗rganish va maydonlarini xaritaga,
tushirishda tayanch maydonlarida landshaft o‗zgarishlarini kuzatishda shu
uslubdan keng foydalanidi. Bu uslubning afzalligi shundaki, tanlangan kesimda
komponentlarning
o‗zaro bog‗liqligi va landshaft-tipologik majmuining
morfologik
qismlarini
takrorlanish
qonuniyatlarini,
tog‗ yonbag‗irlarida
geotizmning mintaqaviy o‗zgarishini aniqlash mumkin. Bunga erishish uchun
birinchi navbatda kesmi yunalishi to‗g‗ri olinishi, o‗rganilayotgan hududning
asosiy landshaft-morfologik majmualarini, uning ayrim qismlari kesmi chizig‗iga
tushishi kerak.
Ikkinchidan, kesim yo‗nalishi bo‗yicha tematik tabiiy xarita, agrokosmik
suratlar yetarli bo‗lishi, u hududning topografik asosiga mos kelishi zarur.
Tanlangan kesim yo‗nalishi bo‗yicha (tayanch maydonlar) dalada yig‗ilgan
ma‘lumotlar oldindan tayyorlab qo‗yilgan qog‗oz shakl (kartochka) ga yoziladi.
Ular asosida landshaft komponentlari chizma shaklida tasvirlanadi. Bunda kesim
yo‗nalishining asosiy chizig‗i hududning past-balandligi berilgan topografik
xaritada ko‗rsatilgan gipsometrik nuqtalar bo‗ylab beriladi. Landshaftning barcha
komponentlari asosiy chiziq ustiga qabul qilingan shakllar, shartli belgilar va x.k.
ko‗rinishida tasvirlanadi.
152
Yer zaxiralari guruhiga oid landshaft xaritalarini tuzishda quyidagi
tamoyillarga ahamiyat beriladi:
- qishloq xo‗jaligiga oid xaritalar, kosmik suratlar va boshqa ma‘lumotlar
asosida mazkur hududning landshaft-geobatanik va landshaft sharoitlari to‗g‗risida
aniq tasavvur hosil qilinadi;
- xarita va ularni izohlovchi tushuntirish xatlarida hududning izohlovchi
barcha malumotlar,er zaxiralarining sifati va miqdoriy ko‗rsatkichlari ularni
o‗zlashtirish natijasida salbiy yoki ijobiy tomonga o‗zgarishi to‗liq yoritilishi zarur.
- kosmik suratlarni tahlil qilish asosida mazkur hududning landshaftining
xartomonlama va to‗liq yoritish tamoyili qabul qilinadi.
- kosmik suratlar asosida yoritilgan landshaft xaritasi hudud bo‗yicha mavjud
malumotlar (xaritalar, tabiiy komponentlarning miqdoriy ko‗rsatkichlari,
tushuntirish xatlari) yordamida takomillashtiriladi,anikliklar kiritiladi va yer tuzish
ishlarini tashkil etishda foydalaniladi.
Yer zaxiralarini landshaft asosida tabiiy rayonlashtirish hududning tabiiy
zaxiralari haqidagi malumotlar majmuasidir. Ular qishloq xo‗jalik ishlab
chiqarishni tashkil etish, asosiy yo‗nalishlarni aniqlashda tabiiy-ilmiy asos
hisoblanadi.
Tabiiy tumanlashtirish landshaft, geobotanik, agroiqlim tumanlashtirishda
tubdan farq qiladi va hududning tabiiy-iqlim, geologik, morfologik, fizik
geografik, gidrologik, biotsenoz va landshaftning boshqa ko‗rsatkichlarini to‗liq
izohlaydi.
Hudud tabiiy tumanlashtirilganda, uning tabiiy sharoitlari, rivojlanishi,
antropogen omillar tasirida o‗zgarishi aks ettirilishi bilan bir qatorda mavjud
zaxiralardan qishloq xo‗jaligining asosiy yo‗nalishlarini mazkur tabiiy-iqlim
sharoitlariga mos kelishi, mavjud zaxiralardan foydalanishi darajasini ham o‗z
ichiga oladi.
Tabiiy tumanlashtirish asosida tabiiy-iqlim sharoitlarini nazarda tutgan holda
qishloq xo‗jaliginig ixtisosligi va yo‗nalishi yaqin va uzoq kelajakni, jamiyatning
iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
153
Katta masshtabda tabiiy tumanlashtirishning asosiy birligi tuman hisoblanadi.
Tuman alohida tabiiy - hududiy majmua bo‗lib, okrugning bir qismi hisoblanadi.
Landshaftni izohlovchi asosiy ko‗rsatkichlar bilan ajiralib turadi.
Tumanni ajratishda asosiy ko‗rsatkich uning o‗ziga xos sharoitini belgilovchi
geomorfologik omillar, ishlab chiqarish tarkibi va jadalligini izohlovchi ekinlar turi
va maydonning bir-biriga nisbati, ishlab chiqarish turlarini muvofiqlashtirish va
chuqurlashtirish
hisoblanadi.
Agar
tuman
hududida
paxta
bo‗lsa, u
mikratumanlarga ajratiladi.
Tumanlashtirish ikki xil kurinishda o‗tkazilishi mumkin «tepadan-pastga»-
dastlab yirik taksonomik birliklar, «pastdan-yuqoriga»-dastlab tipologik tabiiy
majmualar kichik taksanomik birlik sifatida umumlashtiriladi, so‗ngra yirik
guruhlarga birlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |