140
geografik zona tabiatining (barcha komplekslari bilan birga) muayyan namunasi
tabiiy holicha kelajak avlod uchun saqlab qolinadi.
2.
Qo‗riqxona-bu tabiat etaloni sifatida tabiat komplekslari yaxshi saqlangan
maydonlar hisoblanib, unda tabiiy- territorial
komplekslarning rivojlanish
qonuniyatini, o‗zaro aloqasini, organizm bilan muhit o‗rtasidagi munosabatlarni
ilmiy jihatdan o‗rganiladigan tabiiy laboratoriyadir. Bu
tabiiy laboratoriyada olib
borilgan ilmiy izlanishlar natijasi, insonning xo‗jalik faoliyati tufayli
o‗zlashtirilgan qo‗shni hududda sodir bo‗lgan salbiy va ijobiy o‗zgarishlarga
taqqoslanib, ilmiy bashoratlar (prognozlar) beriladi.
3.
Qo‗riqxonalar soni va turi kamayib borayotgan o‗simlik va
hayvonlarni qo‗riqlash va ko‗paytirishda juda muhim ahamiyatga ega.
Qo‗riqxonalar tufayli noyob hayvon yoki o‗simlik ko‗paytirilib,
boshqa joylarga
tarqatiladi.
4.
Qo‗riqxonalar tabiatning ajoyib, qiziqarli, noyob joylari-
ni (g‗or, qoya, jar, ochilib qolgan jins, sharshara, greyzer, buloq,
nurash tufayli
vujudga kelgan relef shakllari va boshqalar) tabiiy xolicha saqlab qolishda juda
muhim vazifani bajaradi.
5.
Qo‗riqxonalarning madaniy-oqartuv va estetik jihatdan ahamiyati katta.
Qo‗riqxonalar orqali tabiatning ajoyib joylari keng ammo orasida namoyon
etiladi va tabiatni muhofaza qilish va zarurligi targ‗ibot qilinadi. Qo‗riqxonalar
uchun ajratilgan joylar ajoyib tabiiy manzarasining ko‗rkamligi
bilan kishilarni
xordiq chiqarib, madaniy dam oladigan joyi, ularga estetik zavq beradigan ob‘ekti
sifatida ham ahamiyatlidir.Qo‗riqxonalar muhofaza qiladigan ob‘ektning
xarakteriga ko‗ra kompleks va maxsus qo‗riqxonalarga ajratiladi. Biror
territoriyadagi tabiiy-territorial komplekslar to‗liq holda butunlay muhofaza
qilinsa, uni kompleks qo‗riqxona deb aytiladi. O‗zbekistondagi qo‗riqxonalarning
ko‗pchiligi kompleks qo‗riqxonalardir.O‗zbekiston hududida to‗qay, cho‗l, tog‗
landshaftini muhofaza qilish va u yerdagi tabiat komponentlarini, xususan o‗simlik
va hayvonlarning hayotini chuqur o‗rganish hamda ko‗paytirish
maqsadida
qo‗riqxonalar tashkil etilgan.
141
Landshaftlarni muhofaza qilishda yana milliy (xalq) bog‗lar, zakazniklar va
tabiat yodgorliklarining ham ahamiyati juda kattadir. Milliy bog‗lar keng
ommaning dam olish va turizm uchun hamda ajoyib, diqqatga sazovor bo‗lgan
joylarini saqlab qolish maqsadida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: