3-MODUL. AMALIY LANDShAFTShUNOSLIK ASOSLARI.
12-BOB. YeR TUZIShNI LOYIHALAShDA LANDShAFT TARKIBINI
O‘RGANISh.
12.1 LANDShAFTLARNI REJALAShTIRIShNING ASOSIY
YO‘NALIShLARI.
Halq xo‗jaligini jamiyat taraqqiyoti, ichki va tashqi bozor talablariga mos
keladigan darajada rivojlantirish mavjud yer zaxiralaridan oqilona foydalanish va
ularni muhofaza qilish bilan uzviy bog‗liqdir. Buni amalda qo‗llash uchun yerdan
foydalanish tizimiga rioya qilish zarur. Ya‘ni yerdan foydalanishni rejalashtirish
har hil funktsional va hududiy ko‗rinishda yechilishi mumkin. (Davlat, viloyat,
tuman, shaharlar va tashkilotlar yer fondi)
Yerdan foydalanishni rejalashtirish va tashkil etish tizimi ulardan samarali
foydalanish, muhofaza qilish, holatini yahshilash va qayta tiklashni taqazo etadi.
Yerdan foydalanishning bosh chizmasi Davlat boshqaruv tashkilotlari tomonidan
tasdiqlangan va halq xo‗jaligini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy tarraqiyot rejasini
belgilovchi ko‗rsatmalar (direktiva) va dasturlarni nazarda tutgan holda tuziladi.
Uning tarkibiy qismi: - Yaqin kelajakda yer zahiralaridan foydalanish tartibi va
bashorati;
- halq xo‗jaligini uzoq muddatga rejalashtirishning ilmiy-texnik, iqtisodiy,
tabiiy zahiralari;
- davlat hududida ishlab chiqarish kuchlarini mavjud sharoitni va kelajakni
nazarda tutgan holda nisbatan joylashtirish tarxi;
- ishlab chiqarish kuchlarini yaqin kelajakda hududda joylashtirish va
rivojlantirish kontseptsiyasi;
Yer zahiralaridan foydalanishning bosh chizmasi (bosh sxema) umumiydan
shaxsiyga tamoyilida tuziladi. Bunda umumiy loyiha ayrim ko‗rsatkichlar bo‗yicha
to‗ldiriladi, halq xo‗jaligini rivojlantirishni markazlashtirilgan va hududiy-
tarmoqlar shaklida tashkil etish bo‗yicha aniqliklar kiritiladi. Bosh chizma ikki
qismdan iborat:
146
- uzoq kelajakda yerdan foydalanish tashkil etish va muhofaza qilishning
ilmiy-texnik kontseptsiyasi,
- yer zahiralaridan ma‘lum darajada foydalanishni tashkil etish tartibi,
sharoitlari, usullari, miqdoriy ko‗rsatkichlari bo‗yicha to‗liq ma‘lumotlarni o‗z
ichiga olgan takliflar;
Yer zahiralaridan foydalanishning bosh chizmasi quyidagi tamoyillarni
nazarda tutadi:
- halq xo‗jaligining barcha tarmoqlari va har bir mamuriy-hududning uzviy
bog‗langan har tomonlama rivojlanishni tashkillash;
- yer zahiralaridan jadal foydalanish va muhofaza qilishni taminlash;
- birinchi navbatda yaxshi yerlardan foydalanishni va ularni unumdorligini
muntazam oshirib borish;
- xalqni yashashi va dam olishi uchun qulay tashkiliy-hududiy sharoit
yaratish, qishloq, o‗rmon va boshqa xo‗jaliklarni tashkil etish, yerlarni holatini
yaxshilash, antropogen landshaftlar shakllantirish va atrof-muhitni himoya qilish;
- yer zahiralaridan avaylab foydalanish, qishloq xo‗jaligiga oid bo‗lmagan
ishlab chiqarishga unumdorligi past yerlarni ajratish;
- yer zahiralaridan foydalanishni rejalashtirish loyihalash va tashkil etishda
kelajakni va mintaqaviy hususiyatlarni inobatga olish;
- yer zaxiralaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalashtirish,
loyihalashda har tamonlama asoslangan, maqbul bashorat asosida tuzilgan
dasturlarni qo‗llash;
Yer zahiralaridan foydalanishning bosh chizmasini tuzishda yerlarni davlat va
kadastr qaydnomasi (hisobi), davlat hisobot qo‗mitasi, mahsus ilmiy-tekshirish,
loyihalash, ishlab chiqarish, ilmiy-qidiruv, vazirliklar va boshqa tashkilotlarining
malumotlaridan foydalaniladi. Asosiy tarx yozma (tushuntirish hati, hisoblash
natijalari, jadvallar) xarita ko‗rinishdagi (hududni o‗rganish jarayonidagi
ma‘lumotlar va chizmalardan) qismidan iborat bo‗ladi.
147
Do'stlaringiz bilan baham: |