10.7 GEOGRAFIK BAShORATLAR TURLARI.
Yetakchi iktisodiy geografiklardan biri Yu. G. Saushkin (1980) geografik
bashoratni ijtimoiyhiktisodiy bashoratning bir qismi deb xisoblaydi. Uning fikricha
geografik bashorat istikbolda integral geotizimlar ya‘ni turli ulchamlar guruxi
muayyan O‗lkalar rayonlar, shaxarlar, zonalar, landshaftlar guruxlari yoki aloxida
landshaftlar kabi tizimlarda tabiat aloxida hO‗jalik orasida o‗zaro ta‘sir yuzaga
kelishini ilmiy belgilab berishdir. Geogrfik bashorat tabiiy geografik demografik
va
iktisodiyhijgimoiy
geografik
bashoratlarga
(shu
jumladan
masalan
sanoathtugunlari joylashuvi va rivojlanish bashorat qilish) bulinadi. Geografik
bashorat qilishni Yu.G.Saushkin xozirgi zamon geografiya fani rivojlanishidagi
eng muxim bir boskich deb xisoblaydi hamda geografiyaning umumiy nazariyasi
jumladan ma‘lumotlar va amaliy ishlalaridan foydalanish bilan bog‗liqdir deb
xisoblaydi.
Tanikli tabiiy Geografik T.V. Zvonxova (1987) geografik bashorat qilishning
ilmiy asoslari haqida fikr yuritar ekan « Geografik bashorat qilishhbu ijtimoiy
ishlab chiqishda tabiiy muxit va hO‗jalikning o‗zgarish muddatlari va ulchamlarini
hamda tabiiy va antropogen rivojlanish yunalishlarini aniklashga karatilgan ilmiy
izlanishdir. Bu hududiy tizimlarning kslajakdagi ichki tuzilishi va faoliyati qanday
bo‗lgan hamda qanday bO‗lishi mumkinligini tahlil qilish asosida oldindan nlmiy
kurash bilishdir deb yozadi»
Geografik bashorat tushunchasining tularok batafsilrok ta‘rifini V.B. Sochava
(1974) ning ishida kuramiz « Geografik bashorat deb ezadi u,h kelajakdagi tabiiy
geografik tizimlar haqidagi ularning tub xususiyatlari va turli tuman jumladan
inson faoliyatning ko‗tilgan va kutilmagan natijalari sababli uegarishi mumkin
bo‗lgan xolatlari haqidagi tasavvurlarni ilmiy ishlab chiqishdir» V.B Sachavaning
fikricha geografik bashorat qilish kengrok ma‘noda olganda xususiy va tarmoklar
135
muammolarining ham kamrab oladi. Ammo haqikiy Geografik bashorat
kelajakning geografik tizimlari haqida tasavvur bsrishi kerak. Geografik bashorat
qilish tabiiy sharoitni bashorat qilish bilan birga uning kelajakda qanday xolatda
bO‗lishi mumkinligi bashorat qilinayotgan atrof muxitga insonning barcha xil
ta‘sirini ham uz ichiga olgan bO‗lishi kerak « shunday kilnbh dsb yozadi V B
Sachava h Geografik bashorat insonning uz atrofhmuxitga kiladigan ta‘sirining
barcha xillarini kamrab oladigan tabiiy bashoratdir» V B Sachavaning ushbu
fikrlarida gap asosan tabiiy geografik bashorat haqida boryapti.
F. I. Milkov (1990) tabiiy-Geografik bashoratning o‗z oldiga qo‗ygan asosiy
maqsadi Geografik qobiqda landshaftlarda va ularning komponentlarida yakin va
uzoq kelajakda bo‗ladigan o‗zgarishlarning yunalishi na jadalligini aniklashdan
iboratdnr dsb xisoblaydi.
Tabiiy Geografik bashoratda asosan ma‘lum muddatdan sung geografik
qobiqda landshaftlar, O‗lkalar, zonalar kabi turli kulamdagi tabiiy geografik
komplekslarda yoki gsotizimlarda bo‗ladigan o‗zgarishlarning yunalishi va
jadalligini oldindan aniklash maqsad qilib olinadi.
Tabiiy geografik bashorat qilish jarayonida bir vaqtning uzida uch turdagi
o‗zgarishlarni e‘tiborga olishga tugri keladi. Bular:
1.
Insonning ta‘sirisiz geotizimlarning uz rivojlanish konuniyatlariga
bog‗liq holda ruy beradigan o‗zgarishlar;
2.
Tabiat konuniyatlariga asoslangan ammo insonning ma‘lum
maqsadlarni kuzlangan holda ta‘sir etishi natijasida ruy beradigan o‗zgarishlar
3 Inson tomonidan ongli ravishda bnror maqsadni kuzlagan holda tabiatga
ta‘sir etishi natijasida yuz beradigan o‗zgarishlardir.
Yuqorida keltirilgan turli mualliflarning fikrlaridan kurinadiki tabiiy
geografik bashoratning ob‘ektini xar kim xarhxil tushunadi. Ba‘zilar bashoratning
ob‘ekti muayyan tabiiy geografik kompleks yoki geotizimdir desa ba‘zilar esa
buhumuman tabiiy muxitdir yoki atrof muxitdir dsb uktiradilar. Tabiiy geografik
bashoratning ob‘ekti nima degan savolga javob berish uchun yana bir masalann
aniklashtirib olish lozim bo‗ladi U ham bulsa tabiiy geografik bashoratning
136
miqyosidir. Odatda tabiiy geografik fanning tekshirish ob‘ektidan kelib chikkan
holda dunyo mikiyosidagi (geografik qobiq dunyo okeanimi yoki quruqliklar
doirasida olib boriladigan) bashoratlar regional mikiyosdagi (ayrim O‗lka zona,
mamlakat, mintaka, viloyat va. x doirasida olib boriladigan) bashoratlar va
maxalliy kulamdagi (landshaft uning morfologik qismlari doirasida olib
boriladigan) bashoratlarni ajratishadi.
Ayrim bashoratlar bulsa 2050 yilda xavo xarorati XIX asr oxiridagiga
karaganda 3-4 marta ortishi kutiladi. Buning oqibatida yer yuzasida atmosfera
yog‗inlarining taqsimlanishi ham miqdori ham o‗zgarishi mumkin.
Tabiiy Geografik bashorat qilishning hududiy doirasi regional miqyosida ham
bO‗lishi mumkin. Masalan birorta davlat, mamlakat, zona, O‗lka, tabiiy geografik
okrug, rayon doirasida bajariladigan regional bashoratlar xiliga kiradn. Bunday
bashoratlar kO‗pincha birorta yirik muhandislik yoki meliorativ inshootlar kurilishi
va ularning atrof h muxitga bo‗ladigan ta‘sirini O‗rganish bilan bog‗liq bo‗ladi.
Xususan Kaspiy dengizi suv sathining o‗zgarishi bilan bog‗liq bo‗lgan tabiiy
Geografik jarayonlarni bashorat qilish Orol dengizi xavzasi ski Balxash kuli
Baykal kuli xavzalari uchun bajariladigan bashoratlar yoki zonalarda xavzalar aro
daryo suvlarini uzatish bilan bog‗liq bo‗lgan tadbirlar natijasida tabiiy sharoitning
o‗zgarishini bashorat qilish regional bashoratlarga kiradi.
Uchinchi xil bashoratlar landshaftlar yoki urochishlar doirasida bajarilishi
mumkin. Bunday bashoratning nomini landshaft bashorati yoki landshaftlarnint
bashorat qilish deb atasa bo‗ladi. Yuqorida ta‘riflab o‗tilgan uch xil dunyo,
regional va maxalliy miqyosdagi bashoratlar orasida o‗zaro bog‗liqlik bO‗lishi,
birining xulosalaridan ikkinchi yoki uchinchisi foydalanishi, biri ikkinchisini
tuldirib berishi mumkin.
Inson tomonidan barpo qilinadigan turli muhandislik texnik inshootlar (suv
omborlari kanallar meliorativ tizimlar va h) ning atrof-muxitga bo‗ladigan ta‘siri
natijasida ruy berishi mumkin bo‗lgan o‗zgarishlarni bashorat qilish asosan
maxalliy miqyosdagi bashorat xisoblanadi. Ammo landshaftlar turlarining
o‗zgarishini bashorat qilish orkali regional bashorat miqyosiga chiqish mumkin.
137
Geografik bashoratning muddatini belgilashda geotizimlarda kutiladigan
o‗zgarishlarning asosiy sabablarn va omillarini belgilab olishning ahamiyati
kattadir. Ko‗pgina bashorat tajribalarida asosan ikki xil yirik omillar asos qilib
olinadi. Ularning birinchisi tabiiy omillar ( kuyosh faolligidagi o‗zgarishlar
tsktonik o‗zgarishlar va x) bulsa ikkinchi antropogen ya‘ni insonning hO‗jaligidagi
faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan omillardir. Geografik bashoratlarning hududiy va
vaqt miqyoslari u yoki bu omillar asosida bslgilanishini A G Isochenkodan (1980)
biroz o‗zgartirib olingan 10.9 jadvaldagi bashoratlar tasnifida kurish mumkin.
Bunday bashorat tasniflarning unga yakin namunalarini uchratish mumkin.
Ularning ba‘zilarida 3-4, ba‘zilarida o‗ttizdan ortiq belgi asos qilib olinishi
mumkin emas.
14.1 jadval
Geografik bashoratlar tasnifi
Bashoratning
vaqt
miqyosi
Bashoratnnng
hududiy
miqyosi
Bashoratning asosini tashkil knluvchi
omillar
Juda uzoq muddatli
(ming
yillik
va
undan ko‗p)
a) Geografik qobiq;
b) eng katta kulamdagi
regional geotizimlar
Geologik va juda yirik iklim ritmlari.
Tentoni rivojlanishlar yunalishi va juda
yirik iklim ritmlari.
Uzoq muddatli (bir
necha un yilliklar)
a)
Geografik qobiq;
b) Regional geotizimlar;
Yirik ritmlar (bir aspmen) texnogsn omillar
Yirik (bir asrli) ritmlar ichki sabablari bilan
bog‗liq yo‗nalishlari, texnogen omillar
Urta muddatln (10-
15 yilgacha)
Juda kiska muddati
Tabiiy geografik
rayon.
Landshaft va uning
morfologik qismlari
Bir asrlik va yillararo ritmlar, texnogen
omillar.
Ob-xavo sharoitining o‗zgarishi
Regional landshaft bashoratlarida bir tomondan O‗rganilayotgan rsgionni
yaxlit holda ikkinchi tomondan shu regiondagi xukmron landshaft xillarining
rivojlannshidagn barkaror yunalishlarni aniklab olish muxim ahamiyatga ega
Shuning uchun ham landshaftlarning kelajagini oldindan aytib berish uchun
paleogeografik usul bilan birga landshaftlarning utmishini tahlil qilishni birgalikda
olib borish lozim bo‗ladi.
138
Landshaftlarni
bashorat
qilishning
tamoyillari
kabi
usullari
ham
turlihtumandir. Umummilliy bashoratlarning 50 dan ortiq metod va usullari
mavjud. Ammo ularning har biridan landshaftlarni bashorat qilishda unumli
foydalanish mumkin deb bulmaydi. Ularning ayrimlaridagiga foydalanish mumkin
xolos. Buning asosiy sababi bashorat qilinadigan ob‘ekt-geotizimlarning
murakkabligi serkirraligi va kO‗p omilligidir. Shuning uchun ham landshaftlarni
bashorat qilish tajribalariga asosan geografik usullardan foydalanilganligi sezilib
turadi.
Ko‗proq amaliy ahamiyatga ega bo‗lgan ekstropolyatsiya geografik
uxshamalarni tanlash, ekspert baxolash, indikatsiya, kosmik ma‘lumotlarni tahlil
qilish, kartografik va boshka usullarni sanab utish mumkin. Bunday bulinishi
shartli bo‗lib amalda esa bir usul bilan ikkinchisi kirishib ketishi mumkin.
10.3 rasm. Landshaftlarni bashorat qilish metodlari va usullari tizimi.
Nazorat savollari:
1.
Landshaftlarni baholash haqida nimalarni bilasiz?
2.
Landshaftlarni baholash yo‗nalishlari qaysilar?
3.
Tabiiy komponentlarni baholashda landshaft kartalarining o‗rni qanday?
4.
Landshaftlarni xalq xo‗jaligining turli tarmoqlarida foydalanish nuqtai nazaridan
baholash xakida gapirib bering?
139
5.
Baholashning asosiy tamoillari va metodlari qaysilar?
6.
Landshaftlarni bashoratlash haqida tushuncha bering
7.
Geografik bashoratlar turlari qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |