PEDAGOGIKA
2017, 4-son
36
holda bolalarning lug‘at boyligi cheklangan hissiy tajribani kompensatsiyalashi
mumkin, biroq predmetli tasavvurlarning ma’lum minimumi bo‘lmasa, lug‘at
verbal bo‘lib qoladi
1
.
Qator tadqiqotlarda, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqi fonetik-
fonematik jihatdan yetarlicha rivojlanmaganligi hissiy va predmetli-amaliy
tajribaning
cheklanganligi, ularni o‘qitish va tarbiyalash metod hamda usullari
takomillashmaganligi bilan belgilangan.
Nutqning fonetik-fonematik tomondan rivojlanmaganligi bu tovushlarni
talaffuz etish va idrok qilish jarayonidagi kamchiliklar
natijasida bolalarda ona
tilidagi tovushlarni talaffuz qilish tizimi shakllanishining buzilishidir. Bunday nutq
kamchiligida nutqning idrok va talaffuz qilish nuqsonlariga asoslangan fonetik-
fonematik tomonining buzilishi birinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga ba’zi
bolalarda leksika-grammatik taraqqiyotida yaqqol ifodalanmagan orqada qolish
hollari ham kuzatilishi mumkin. Bu toifadagi bolalarga xos xususiyat artikulyatsion
yoki akustik belgilariga ko‘ra farq qiladigan tovushlarning shakllanish jarayonining
tugallanmagan bo‘lishidir. Bu holda bola nutqida differensiyalanmagan tovushlar
bo‘lishi, tovushlarni almashtirish, nutqda ularni qo‘llamaslik, ko‘plab tovushlarni
buzib talaffuz qilish, shuningdek, tovushlarni eshitishga ko‘ra yetarli farqlamaslik
kuzatiladi.
Fonematik idrok hamda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar namoyon
bo‘lishiga ko‘ra xilma-xildir. Ba’zi bolalarda tovushlar
talaffuzidagi kamchiliklar
artikulyatsion apparat tuzilishi va harakatidagi kamchiliklar natijasida kelib
chiqadi. Bunda juda ko‘p tovushlarni umuman talaffuz eta olmaslik, artikulyatsion
jihatdan oson talaffuz etiladigan yoki bir-biriga o‘xshash tovushlarni almashtirish
hamda tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etish hollari kuzatiladi
2
.
Ba’zi bolalarda kuzatiladigan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar
artikulyatsion apparat harakatidagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lmay,
balki
tovushlarni noaniq idrok qilish natijasida kelib chiqadi.
M. Y. Ayupovaning fikricha, bola nutqining talaffuz tomoni qanchalik
buzilgan bo‘lsa, u so‘zlarda tovushlarni analiz qilishga
shunchalik qiynaladi
3
.
Bundan esa o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘diradi,
degan xulosaga kelindi, va bu muammoni o‘rganish maqsadida eksperimental
tadqiqot ishlarimizni 2015-2016-o‘quv yilida Yashnobod tumani ko‘zi ojiz bolalar
1
Do'stlaringiz bilan baham: