Солнцева Л. И.
Тифлопсихология детства. – Москва, 2000. – С. 200.
2
Ayupova M. Y.
Logopediya. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007. – B. 236-238.
3
Аюпова М. Ю.
Преодоление фонетико-фонематической недостаточности у детей старшего
дошкольного возраста (на материале узбекского языка): диcс. …канд.пед.наук. – Москва:
МГПУ, 1992. – С. 6.
PEDAGOGIKA
2017, 4-son
37
maktab-internatining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim
bo‘limi tarbiyalanuvchilari bilan olib bordik. Tekshirish ishlariga 52 nafar ko‘zi ojiz
bolalar jalb etildi. Eksperiment individual shaklda olib borildi. Bunda bola bilan
emotsional muloqotga kirishish uchun suhbatdan foydalanildi. Shuningdek,
anamnestik ma’lumotlar to‘plandi, har bir bolaning psixologik-pedagogik
tavsifnomasi haqida ma’lumotga ega bo‘lish uchun tarbiyachi va logoped bilan
suhbat o‘tkazildi. Ta’kidlovchi eksperimentda tadqiqotning vazifalariga mos
keluvchi metodlardan foydalanildi (1-jadval).
1-jadval
Ko‘rishida nuqoni bo‘lgan bolalarda fonetik-fonematik nutqining holatini
tekshirish natijalari (% hisobida)
№
Topshiriq
Bolalarning
umumiy
soni
To‘g‘ri
bajardi
Xatolarga
yo‘l qo‘ydi
Topshiriqni
bajara
olmadi
1
Tovushlar talaffuzi
52ta
(100 %)
34
66
-
2
Fonematik idrokning
rivojlanganlik holati
52ta
(100 %)
15
77
8
3
Analiz-sintez qilish
holati
52ta
(100 %)
15
80
5
4
Lug‘at boyligi
52ta
(100 %)
34
61
5
O‘tkazilgan eksperiment natijalariga ko‘ra, respondentlarning faqatgina
34%i tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishi ma’lum bo‘ldi. Bolalarning 66%ida turli xil
tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar kuzatildi, ular berilgan topshiriqlarni
xatolarga yo‘l qo‘yib bajardi.
Bolalarda fonematik idrokning rivojlanganlik holati, ya’ni gaplar tuzish
holatini tekshirish natijalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, bolalarning 15%i toshiriqni
to‘g‘ri bajardi, 77%i xatoga yo‘l qo‘ydi va 8%i bajara olmadi.
Bolalarning tahlil qilish holati ham yetarli darajada rivojlanmagan. Odatda
maktabgacha tarbiya yoshidagi tayyorlov guruhi bolalarida ushbu ko‘rsatkichlar
80-90 foizdan kam bo‘lmaydi. Eksperiment natijasi shuni ko‘rsatdiki, ko‘zi ojiz
bolalarning ko‘pchiligida fonematik eshitish qobiliyati yetarli darajada
rivojlanmagan. Bolalarning 15% topshiriqni to‘g‘ri bajardi, 80% xatolarga yo‘l
qo‘ydi, 5% topshiriqni bajara olmadi.
O‘quv yilining boshida bolalarning lug‘at boyligi kamligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |