PEDAGOGIKA
2017, 4-son
43
Ma’naviy madaniyatning rivojlanishi turli omillar – tabiat, texnika, siyosat
va boshqalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, jadal rivojlanayotgan fan-texnika
taraqqiyoti natijalari bilan madaniyatning o‘zaro munosabati muammosi dolzarb
ahamiyat kasb etadi.
Bundan yarim asr muqaddam amerikalik sotsiolog U. Ogbyorn
madaniyatning rivojlanishi va faoliyatida texnika hal qiluvchi rol o‘ynashini
ko‘rsatib, “moddiy” va “ma’naviy” madaniyatning rivojlanishidagi qarama-
qarshilikni qayd etib o‘tgan edi
1
. Uning fikricha, texnik rivojlanish ma’naviy
rivojlanishdan o‘zib ketadi va ma’naviy rivojlanishni yangi sharoitga moslashishga
majbur qiladi, nomoddiy madaniyatni yangi izlanishlarga va shu orqali
rivojlanishga da’vat etadi. Uning “madaniy qoloqlik nazariyasi”ga asoslanib, Ch.
Chou “ikki madaniyat”ning qat’iy chegaralanishi to‘g‘risidagi g‘oyalarni ilgari
suradi
2
.
Madaniyatga texnika salbiy ta’sir ko‘rsatadi degan fikrni qo‘llab-quvvatlab,
X. Ortega-i-Gasset shunday deb qayd etadi: “Texnika, bir tomondan, insonga
muayyan mohiyat e’tibori bilan, cheksiz qobiliyat ato etgani holda, boshqa
tomondan, inson hayotida juda katta bo‘shliq hosil bo‘lishiga olib keladi, har bir
odamni faqat va faqat texnikaga ishonib yashashga majbur qiladi... Shu bois
bizning o‘ta texnikaviy hozirgi davrimiz o‘ta mazmunsiz bo‘lib qoldi”.
Texnika ijtimoiy vorisiylikning moddiy tashuvchisidir. Kishilik jamiyatida
avlodlar o‘rtasida aloqa texnika orqali amalga oshiriladi. Texnika yordamida
tabiatni bo‘ysundirib, inson o‘z atrofida sun’iy muhit, ya’ni obyektiv borliqning
ikkinchi bosqichini vujudga keltiradi, yangi madaniy qadriyatlar yaratadi, yangi
madaniy ideallarni shakllantiradi. Shu tariqa texnika hozirgi madaniyatga, hozirgi
odamning hayoti, turmushi, urf-odatlari, sezgilari va kayfiyatiga kirib keladi.
E. Toffler bu haqda shunday deb yozadi: “Texnologiya bizning dunyo haqidagi va
o‘zimiz haqimizdagi fikrlarimizni qamrab oladi. Texnologiyaning kirib kelishi nima
yaxshi-yu, nima yomonligi, oqillik va aqlsizlik, odillik va adolatsizlik, go‘zallik va
xunuklikni qanday tushunish kerakligi haqidagi qarashlarimizni o‘zgartirishni
taqozo etdi”
3
.
M. Yoqubovaning qayd etishicha, madaniyatning rivojlanishida texnikaning
roli haqidagi qarama-qarshi fikrlar axborot texnikasining rivojlanishida yorqin
namoyon bo‘layotgan tendensiyalarni aks ettiradi. Axborot texnikasi, boshqa har
1
Do'stlaringiz bilan baham: |