Мамфорд Л.
Миф машины. Техника и развитие человечества. – Москва: Логос, 2001.
– С. 311.
2
Жалолов А.
Мустақиллик масъулияти. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – Б. 29.
3
Маънавият ва маърифат асослари / Тузувчилар С. О. Отамуродов ва б. – Тошкент:
Маънавият, 1998. – Б. 8.
4
Имомназаров М.
Миллий маънавиятимиз асослари. – Тошкент: Ўзбекистон файласуфлари
миллий жамияти, 2006. – Б. 404.
5
Мустақиллик: изоҳли илмий-оммабоп луғат. – Тошкент: Шарқ, 2000. – Б. 104.
6
Гулметов Э., Қобилжонова Т., Эрназаров Ш., Маврузов А.
Маданиятшунослик.
– Тошкент: ЎАЖБНТ, 2000. – Б. 6.
PEDAGOGIKA
2017, 4-son
42
G‘. G‘ofurov, N. Hakimov va B. Aliyevlarning “Madaniyat va jamiyat”
kitobida madaniyat tushunchasining quyidagi o‘ziga xosliklarini ta’kidlab
o‘tishadi: “Madaniyat tushunchasida moddiy va ma’naviy boyliklar hamda inson
ruhiy olami ifodalanadi. Shu bois madaniyat tarkibida uch asosiy qatlam mavjud:
1) insoniyatning muntazam aqliy va jismoniy faol ijodiy faoliyati; 2) moddiy va
ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqish, iste’mol qilish (foydalanish) va asrash; 3)
qadriyatlar, axloqiy tushunchalar, huquqiy a’mollarni hayotga tatbiq etuvchi
ijtimoiy tuzilmalar. Madaniyat faol ijodiy faoliyatdir. Inson faol ijodkorlik orqali
rivojlanadi va taraqqiyotga erishadi. Ijodkorlik – inson ma’naviy-ruhiy
faoliyatining chegaralarini kengaytiradi. Inson ijodiy ko‘nikmalar, aqliy va
jismoniy mehnat orqaligina ijodkorlik maqomiga ega bo‘ladi”
1
.
Oynisa Musurmonovaning ta’kidlashicha, “Madaniyat jamiyat taraqqiyoti
darajasini xarakterlovchi, ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida mujassam
bo‘ladigan tizim bo‘lib, shaxsning ijtimoiy va ma’naviy mazmunini tashkil etadi.
Madaniyat shaxs va uning faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirga doir qonuniyatlar,
shu jumladan, shaxs va jamiyatning borliqqa bo‘lgan madaniy munosabatlarining
paydo bo‘lishi, rivojlanishi, shaxsning talabi, qiziqishi, xohishiga mos ravishda
uning madaniy faoliyatini tashkil qilish yo‘llari, ma’naviy madaniyatning o‘ziga xos
xususiyatlari tizimi, shaxsning ma’naviy rivojlanishi va ma’naviy madaniyatini
shakllantirish qonuniyatlari majmuidan iborat”
2
.
Yuqoridagi ta’riflardan ma’lum bo‘ladiki, “Madaniyat moddiy va ma’naviy
ishlab chiqarish, ijtimoiy va o‘zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq, huquq,
ta’lim, tarbiya, ijod, ilm-fan, xizmat ko‘rsatish, turmush tarzi kabilar bilan birga
rivojlanadi, jamiyatning taraqqiyot darajasini aks ettiradi.
Ma’naviy madaniyat – insonning ma’naviy xususiyat va xislatlari,
jamiyatning madaniy darajasini aks ettiruvchi tushunchadir. Shuningdek, mazkur
atama jamiyat va o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni, shaxsning xatti-harakatlari va
qiyofasida ma’naviyat tamoyillari qanchalik chuqur singib ketganligini namoyon
etadi. Ma’naviy madaniyat kishining harakatlari, voqelikni baholay olish
salohiyati, axloqiy bilim va tajribalari, ulardan foydalana olish qobiliyati, yaxshi-
yomon, ijobiy-salbiy vaziyatlarni farqlash kabi omillar bilan ham bog‘liqdir.
1
Qarang:
Маҳкамов У. И.
Юқори синф ўқувчиларида ахлоқий маданиятни
шакллантиришининг педагогик асослари: пед.фан.док. ... дисс. – Тошкент: ТДПУ, 1998.
– Б. 28.
2
Мусурмонова О.
Юқори синф ўқувчилари маънавий маданиятини шакллантиришнинг
педагогик асослари: пед.фан.док. ... дисс. – Тошкент: ТДПУ, 1993. – Б. 48.
Do'stlaringiz bilan baham: |