PEDAGOGIKA
2017, 4-son
26
Ta’kidlash о‘rinliki, sо‘z maxsus kasbiy bilimlar haqida emas, balki
zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tushunish uchun zarur
bilimlar haqida ketmoqda. Talabalar har kuni uyda, kо‘chada, shuningdek,
ommaviy axborot vositalari (gazeta, televideniye, radio) orqali iqtisodiy
masalalarga duch keladi. Daromad, ishsizlik, inflyatsiya, xalq xо‘jaligining xalqaro
raqobatbardoshligi, tarkibiy о‘zgarishlar, iqtisod va ekologiya о‘rtasidagi konflikt
va boshqa masalalar haqidagi ma’lumotlar kundalik hayotimizning ajralmas qismi
hisoblanadi.
Talabalar shaxsiy hayotida iqtisodiy faoliyat aspektlari juda kо‘p jihatlarga,
masalan, shaxsiy budjetni rejalashtirish va tashkil etish, oila daromadlari va
chiqimlari, tovarlarning iqtisodiy asoslangan narxi, shaxsiy foydalanish uchun
xarid, salomatlik va hayot tarziga oqilona yondashuv, bо‘sh vaqtdan unumli
foydalanish va boshqalarga ta’sir etadi. Har bir talaba tabiatga, xalq mulkiga
ehtiyotkorona va daxldorlik hissi bilan munosabatda bо‘lishi, davlatning ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatini о‘rganishi va anglashi kerak.
Iqtisodiy ta’lim va tarbiya tahsil oluvchilarni iqtisod fanining asosiy vaziyati,
ijtimoiy sharoitini о‘zlashtirishga mо‘ljallangan, tahsil oluvchilarga xо‘jalik
faoliyati, ekotizimlar, insonlar hayotida iqtisodning roli haqida tasavvur,
tushuncha beradi. Iqtisodiy bilim insonning jamiyatdagi rolini tushunishga imkon
yaratadi, talabalarda axloqni rivojlantiradi, maqbul xulq kо‘nikmalarini
shakllantiradi. Iqtisodiy ta’limni bozor munosabatlarining rivojlanish istiqbolini
tushunish uchun zarur intellektual resurs sifatida kо‘rib chiqish mumkin.
Demak, iqtisodiy ta’limning maqsadi talabalarda zamonaviy iqtisodiy
faoliyat mexanizmini namoyon etuvchi iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, undagi
о‘z о‘rnini anglatish, taraqqiy etgan iqtisodiy axloqiy me’yorlar, iqtisodiy
madaniyat, iqtisodiy faoliyatga mos keluvchi kо‘nikmalarni о‘zlashtirish va
insonda uning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga tо‘laqonli adaptatsiya qilishi
maqsadiga muvofiq keluvchi iqtisodiy madaniyatni shakllantirish bо‘lishi kerak.
Fikrimizcha, oliy ta’lim muassasalaridagi iqtisodiy ta’limning vazifalari
quyidagilardan iborat:
tahsil oluvchilarda iqtisodiy tafakkur asoslarini shakllantirish,
emotsional, hissiy, dalillanmagan mulohazalardan iqtisodiy siyosat masalalarini
anglashga intilish, shuningdek, egallangan kо‘nikmalarni yangi iqtisodiy sharoit,
vaziyatda qо‘llash, ularning о‘zaro aloqasi asosida о‘z harakatini dalillab
tushuntirib berishga imkon yaratish;
talabalarda bozor iqtisodiyoti sharoitlariga moslashish qobiliyatini hosil
qilish, ularga jamiyat hayotida yuz berayotgan о‘zgarishlarni tushuntirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |