PEDAGOGIKA
2017, 4-son
24
zarurdir. Bundan tashqari, hozirgi kunda mehnat faoliyatiga sidqidildan
yondashib,
kuch-g‘ayratini
ayamaslik,
о‘zini
baholay
olish,
kasbiy
imkoniyatlaridan tо‘laqonli foydalanish kabi muhim kasbiy xususiyatlarning
ahamiyati oshmoqda.
Talabalarda yangicha iqtisodiy madaniyatni shakllantirish zarurati uchta
sababga kо‘ra aniqlanadi:
talabalarning ijtimoiy-shaxsiy, ma’naviy qadriyatlarga hurmat kabi
axloqiy
fazilatlari,
hayotidagi
kо‘plab
vazifalar
yechimini
topishiga
kо‘maklashuvchi shaxsiy resurs, motivlarini shakllantirish, о‘zini anglash, turli
kо‘rinishdagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatga tayyorligiga adekvat baho berish
qobiliyatini rivojlantirish;
ta’lim subyekti (talaba)ni makro va mikroiqtisodiy vaziyatlarda
iste’molchi, mulkdor sifatida ishtirok etishga yо‘naltirilgan, xо‘jalik masalalarini
kо‘rib chiqayotganda, shuningdek, oila iqtisodini rejalashtirishda iqtisodiy
savodxonlik bilan real asoslangan yechim qabul qila oluvchi shaxs sifatida xо‘jalik
munosabatlariga tayyorlash;
talabada demokratik davlat fuqarosi sifatidagi faol fuqarolik pozitsiyasini
yuzaga keltirish, iqtisodiy jarayondagi sabab-surishtiruv bog‘liqligini tushuntirish,
о‘z fikrini ongli ravishda ifodalab berish jamiyatga oid ijtimoiy masalalar
yechimiga ta’sir о‘tkaza olish kо‘nikmalarini shakllantirish juda muhim va shart.
Iqtisodiy madaniyat shaxsning bо‘lg‘usi mehnat faoliyatida zarur muayyan
ruhiy va mehnat faoliyatiga oid sifatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Bular
quyidagilar: ijtimoiy faollik, uddaburonlik, tashabbuskorlik, xо‘jalikni yaxshi
yurgizish, jamoat mulkiga ehtiyotkorona munosabat, tashkilotchilik qobiliyati,
mas’uliyat, rentabellik (о‘z xarajatlarini о‘zi kо‘tarishi) ga intilish, texnologik
jarayonlarni yangilash, shaxsiy muvaffaqiyat va farovonlik.
S. G. Medyanseva va N. V. Kavkayeva (2005) tomonidan shaxsning iqtisodiy
madaniyati ta’lim-tarbiya jarayoni subyekti sifatida talqin etilgan. Olimalar
iqtisodiy madaniyatni ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlanuvchi shaxsiy axloq,
iqtisodiyot harakat asoslari haqidagi chuqur, mustahkam bilim va individning bu
bilimlardan hayotda foydalana olish qobiliyati sifatida ta’riflaydi
1
. Kо‘plab
pedagog-tadqiqotchilar (V. Abrosimov, 2000; G. Belyayev, 2010; I. Shakina, 1997
va boshqalar), iqtisodiy madaniyat, umuman olganda, madaniyatni, avvalo, ta’lim
jarayonida taqdim etiluvchi bilim, tushuncha va ma’lumotlar majmui deb
hisoblashadi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: