PEDAGOGIKA
2017, 4-son
27
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil eta oluvchi, mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishga qodir iqtisodiy savodxon va faol jamiyat
a’zosini tarbiyalash;
talabalarga real hayotda iqtisodiy yechimlarni (fuqaro, ishchi, iste’molchi
sifatida) mustaqil qabul qilish malakasini egallashga yordam berish va ijtimoiy-
iqtisodiy hodisa, voqea va vaziyatlarni tahlil qilish, tushunish uchun iqtisodiy
bilimlarni egallash va amaliyotga tatbiq etish kо‘nikmalarini shakllantirish.
Iqtisodiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan maqsadlar talabalarni
iqtisodiy jihatdan jamiyatga tayyorlash bо‘yicha strategik vazifalarga ham aniqlik
kiritadi, bu, Birinchidan, ijtimoiy-shaxsiy rivojlantirish, aniqrog‘i, ma’naviy
mezonlar, fazilatlarni shakllantirish, hayot faoliyatida kо‘plab muammolar
yechimini aniqlovchi shaxsiy resurslar, ehtiyoj va motivlarini namoyish etishdir.
Ikkinchidan, inson kasbiy muvaffaqiyatining axloqiy va ma’naviy-ma’rifiy
aspektlari, ishlab topilgan va sarflangan pulning sabab-oqibati usullarini
о‘rganish. Uchinchidan, talabaning suveren davlat fuqarosi sifatida fuqarolik
pozitsiyasining shakllanishi, о‘z fikrini ifodalash orqali kо‘plab masalalar,
jumladan, iqtisodiy muammolar yechimiga ta’sir etishi shart.
Talaba bо‘lg‘usi mutaxassis sifatida о‘z mehnatini rejalashtirish va tashkil
etish; kasbiy majburiyatlari, iqtisodiy va boshqa me’yorlarga muvofiq о‘z mehnat
natijalarini baholash; mehnat samaradorligini oshirish yо‘llarini izlash; tegishli
mezonlarga kо‘ra belgilangan mehnat vazifalarini bajarish; kasbiy faoliyati
sohasidagi mahoratini oshirish kabi iqtisodiy kо‘nikmalarni egallashi kerak.
Yuqorida aytilganlar asosida oliy ta’lim muassasalaridagi iqtisodiy ta’lim
boshqa ijtimoiy fanlar bilan birgalikda ta’lim-tarbiya chora-tadbirlari majmui
ekanligi aniqlanadi. U oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini individual, kasbiy
(ishlab chiqarishga oid), hududiy, xо‘jalik-maishiy va xalqaro miqyosdagi iqtisodiy
sharoit haqida fikr yuritishga imkon beruvchi iqtisodiy bilim va kо‘nikmalar bilan
qurollantirish,
turli
vaziyatlarda
iqtisodiy
harakatlanishni
о‘rgatishga
yо‘naltirilgan.
Shulardan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, iqtisodiy madaniyat
shaxs axloqining tarkibiy qismidir. Bu qobiliyat ta’lim va tarbiya jarayonida
egallangan chuqur va mustahkam bilim asosida rivojlanadi, yoshlarga iqtisodiyot
harakatlarini tahlil etish, hamda olingan natijalardan hayot faoliyatida amaliy
foydalanishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |