Marketing biznes rejasining
meyoriy negizi
Reja:
.1. Marketingning mohiyati va ahamiyati.
2. Marketing – biznes falsafasi.
3. Marketingning boshqaruv funksiyasi.
.
Marketingning mohiyati va ahamiyati
Marketing – (Marketing) ingliz tilidan olingan bo‘lib, bozor faoli-
yatini o‘rganish ma’nosini anglatadi.
Marketing – bozorda iste’molchilarga mahsulotlarni to‘g‘ri shakllangan
narxlarda yetkazib berishni o‘rgatadi. Marketing – ayirboshlash yo‘li bilan
ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bo-
zordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan harakat-
larini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing
– bu tovar harakatining barcha bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi, talab va
taklifni o‘rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va
iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xildagi xizmatlar ko‘rsatish va
iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor
muammolarini yechishda yaxlit-tizimli (kompleks-sistemali) yondashishdir.
Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini
qondirishga mo‘ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish-sotish, savdo
faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo‘lgan. Bi-
roq, sobiq sotsialistik, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini reja asosida, ma’muriy
boshqarish asos bo‘lgan jamiyatda, marketingni eng dastlabki tashkil
bo‘lish zarurati, negizi ham o‘z-o‘zidan yaroqsiz, keraksiz holga keldi.
Ayniqsa, 50–80-yillardagi xo‘jalik yuritishda baholashdagi yalpi miqdoriy
ko‘rsatkichlarning ustunligi, yirik xo‘jalik va vazirliklarning yakkahokimli-
gi noshud, kun sayin yemirilib borayotgan, «kasallangan» xo‘jalik mexa-
nizmining yaratilishiga olib keldi. Xarajatlarning o‘sib borishiga asoslan-
gan iqtisodiyot – asosiy maqsad sifatli tovar ishlab chiqarish, pirovard
mo‘ljal, xaridorlar talabini qondirish va fan-texnika yutuqlarini ishlab
chiqarishga joriy qilishni tezlashtiruvchi o‘zgaruvchanlik, moslashuvchan-
lik kabi ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi harakatlardan mahrumdir.
Ishlab chiqarish va umuman xo‘jalik yuritishga marketing nuqtayi nazaridan
yondashish xaridorga ta’sir qilishning keng jabhalarini o‘z ichiga oladi. Bu
bozor uchun bo‘lgan raqobat kurashining o‘ziga xos xususiyatlarini aniq-
lashga olib keladi. Bozor doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning
maxsus usullarini qo‘llab, xaridorlar talabi, ehtiyoji, didi va ta’bi to‘g‘risida
axborotlar to‘plab, korxona va tashkilotlar, marketing konsepsiyasi u yoki
bu tovarga va xizmatga xarid qiziqishini shakllantirish uchun iqtisodiy, tashkiliy, texnik va ijtimoiy (sotsial) yo‘nalishlarni tashkil qiladi. Ular talabni mumkin bo‘lgan rivojlanish istiqbolini aniqlaydilar, uni maqsadli yo‘nalishini
shakllantirish uchun qarorlar qabul qiladilar va ko‘rilgan tadbirlar samaradorligini albatta nazorat qiladilar. Xarid masalaga marketingli yondashishdagi har tomonlama tahlilning o‘ziga xosligi, bozordagi yuz beradigan jarayonlarni hisobga olishgina emas, balki ishlab chiqarish korxonalari, tovarlarni yetkazib beruvchi vositachilar, ulgurji va chakana savdo korxonalari hamda ular bilan bog‘liq boshqa barcha tashkilotlarning bozor bo‘g‘inlari tizimidagi tezkor va uzoq vaqtga mo‘ljallangan aniq maqsadlarini o‘zgarishini tahlil qilishdir. Marketing xo‘jalikning ma’lum bir tarmog‘iga, masalan, ishlab chiqarishga yoki savdoga taalluqli deb o‘ylash noto‘g‘ri bo‘lur edi. U bozorga xizmat ko‘rsatuvchi barcha xo‘jalik subyektlarini o‘z ichiga oladi va ulardan birgalikda va yaxlit (kompleks) foydalanilganda, birgalikdagi faoliyatning so‘nggi natijasi uchun umumiy strategik yo‘nalishi mavjud bo‘lgan holdagina uning vosita va usullari samarali natija beradi.
Bizning iqtisodiyotimiz sharoitlaridan kelib chiqqan holda, bunday
natijalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: bozor va milliy iqtisodiyot man-
faatlaridan kelib chiqqan holda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va xiz-
matlarni tashkil qilish, tovar aylanishi miqdori va tarkibini shakllantirish,
bozor talablari nuqtayi nazaridan milliy iqtisodiyotning istiqbolini aniq-
lash va hokazolar. Marketingli yondashish, markazdan turib boshqarish va
rejalashtirishdan nima bilan farq qiladi? Bunda korxona va tashkilotlarning
ish amaliyotida bozor talabi umuman hisobga olinmas edi. Marketing esa
sotish uchun taklif qilinayotgan tovarning ham, unga almashinadigan va
aholining turlicha bo‘lgan tabaqalarining daromadlariga asoslangan pul oqi-
mining ham aniq manzili bo‘lishini talab qiladi.
Markazlashtirilgan rejalashtirishdagi yalpi-qiymatli yondashuv pul va
ayniqsa, tovar masalasini hech qanday boshqarmaydi, aksincha, uni
ma’nosiz o‘rtacha xaridor deb ataluvchi xaridorga yo‘naltiradi. Hattoki,
yetarli imkoniyatlar mavjud bo‘lgan holda ham, talab va taklif orasida
muvozanat bo‘lmaydi, chunki korxonalar shunday sharoitda faoliyat
ko‘rsatadiki, ular uchun bozor talablariga moslashishning keragi yo‘q bo‘lib
qoladi. Faqat ishlab chiqarish rejasini bajarish va oshirib bajarish kerak
bo‘ladi. Keyin bozorning o‘zi unga kelib tushgan tovarni yutib ketadi. Biz-
ning iqtisodiyotimizda mavjud bo‘lgan doimiy taqchillilik qonuni shundan
iborat edi. Bordi-yu ishlab chiqarilgan tovarning biron-bir qismi bozorda
o‘ziga xaridor topa olmasa, korxona hech qanday zarar ko‘rmas va u hech
qanday moddiy javobgarlikka tortilmas edi. Bunaqa «ish»dan kelib tushadi-
gan zarar jamiyat «yelkasiga» og‘ir yuk bo‘lib tushar edi, xolos.
Marketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qa-
dar moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to‘liq javob berish bilan
birga, ishlab chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat
natijalaridan moddiy manfaatdorlikni oshirishga asoslangan, o‘zining rivoj-
lanish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt
talab qiladi. Nima uchun bunday hol sodir bo‘ladi? Chunki, marketingli
yondashuvda qiymat qonuni va tovar ishlab chiqarishning boshqa iqtisodiy
qonunlari qat’iy amal qiladi. Ana shu asosida faqat bozorgina tovar-pul al-
mashinuvini ta’minlaydi. Ishlab chiqilgan moddiy boyliklar pul ekviva-
lentiga almashtirilmas ekan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish tugallangan va
to‘liq bo‘lmaydi va yangi ishlab chiqarish davri sikli boshlanishi o‘z-
o‘zidan mumkin emas. Eng kam xomashyo, materiallar, mehnat va moliya
resurslar sarfi bilan talabni ko‘proq, to‘laroq qondirishga imkon beradigan
marketing strategiyasining ma’nosi ham ana shunda.
Shunday qilib, marketing usullaridan foydalanish korxona manfaatlari va
maqsadlarini, jamiyat maqsadlari va manfaatlari bilan birlashtiradi, iqtisodi-
yot taraqqiyotiga mikro va makroiqtisodiy yondashuv birligini ta’minlaydi.
Respublikamiz o‘zining ijtimoiy maqsadlari va iqtisodiy dasturlarini
faqat bozor mexanizmi orqaligina amalga oshirishi mumkin. Bunga bizni
keyingi vaqtdagi tovar-pul munosabatlari va bozor iqtisodiyotining rivoji
ham ishontirmoqda.
Bozor – tovar xo‘jaligining iqtisodiy kategoriyasi bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va muomalasi qonunlari asosida tashkil etilgan ayirbosh-
lashdir. Boshqacha qilib aytganda, bozor sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va
xaridor (iste’molchi) lar o‘rtasida sodir bo‘ladigan barcha iqtisodiy mu-
nosabatlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Bozor aloqalari va munosabatlari
oldi-sotdi akti sifatida oddiy tovar ayirboshlashdan tubdan farq qiladi. Bu
avvalambor tovar-pul munosabatlarini takror ishlab chiqarishning mum-
kinligi va zarurligi hamda tovar xo‘jaligini yuritishning sharoitlarida ko‘rinadi.
Bozor mexanizmi xaridor talabini qondirishga, ishlab chiqarish xara-
jatlarini qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir korxonaning foy-
daliligini ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga man-
faatdorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir xo‘jalik
yuritish qurolidir.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari amal qilgan sharoitda milliy iqtisodi-
yotning asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va birlashmalarning huquq va
mas’uliyatlari kengayadi, ularning tovar ishlab chiqaruvchilar sifatidagi
roli oshadi. Tovar-pul munosabatlarining bundan keyingi rivoji iqtisodi-
yotning nodavlat sektori (kooperativlar, hissadorlik jamiyatlari, ijarachi-
lik, xususiy ishbilarmonlik) ning kengayishi bilan bog‘liqdir. Respublika-
miz korxonalarining chet el firmalari bilan hamkorligi, ishlab chiqarish
vositalari bilan erkin ulgurji savdoga o‘tish ham tovar-pul munosabatlarining mustahkamlanishiga va respublikamizda bozor munosabatlarining taraq-
qiyotiga xizmat qiladi.
Tayyor mahsulotlarni sotishni – marketingning asosiy vazifasi de-
yishimiz unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki, sotishgacha har bir tadbirkor
bozordagi muhitni, ya’ni iste’molchilarning sotib olish qobiliyati, didi,
iste’molchilarga kerak bo‘ladigan mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish-
gacha bo‘lgan jarayonlarni o‘rganib, ularni bozorga olib kelishlari va undan
keyingina sotishni amalga oshirishlari mumkin.
Marketing nafaqat mahsulotlarni reklama qilish yoki ularni sotish,
balki bozorni o‘rganish asosida olib borayotgan faoliyatimizdan manfaat
ko‘rish va faoliyatimizni rejali, tartibli olib borib yaxshigina foyda olishimiz
ham demakdir.
Marketingning asosiy maqsadlari talabni shakllantirish va rag‘batlantirish,
sotish, bozordagi ulush va foydaning hajmini kengaytirish maqsadida qabul
qilinayotgan boshqaruv qarorlari va tadbirkorlik faoliyati ish rejalarining
asoslanishini ta’minlashdan iborat. Kichik tadbirkorlik faoliyatlarini boshqarish
jarayonida marketing bo‘yicha yondoshishning asosiy shiori bu – “ishlab
chiqarilgan mahsulotni sotish emas, balki sotiladigan mahsulotni ishlab
chiqarish” degan ibora mavjud. Bu tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish-
ni boshlash jarayonidan oldin aniq iste’molchilar ehtiyojlarini mukammal
o‘rganishlari kerakligini, olingan ma’lumotlarga muvofiq mahsulotlarning
kamchiliklarini tuzatishlari va takomillashtirishlari, faqat shundan keyin
ushbu mahsulotni bozorga chiqishi kerakligini bildiradi.
Marketing faoliyatida iste’molchilar asosiy o‘rinni egallaydilar.
Tadbirkor o‘z iste’molchilari sonini ko‘paytirib borishga doim harakat
qiladi. Buning uchun esa, u bozorni o‘rganib, yangi iste’molchilarga va
o‘zlarining doimiy mijozlari uchun tovarlar va xizmatlar ko‘rsatish tur-
larini kengaytirib borishlari kerak.
Marketingning mohiyati deganda, tadbirkorlik faoliyatini olib borish
jarayonida ishlab chiqariladigan tovarlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarni
iste’molchilarga ularning iqtisodiy-ijtimoiy darajasiga qarab va sotib olish im-
koniyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyat olib borish tushuniladi.
Tadbirkor o‘z faoliyati davomida marketing tadqiqotlarni olib borishni
yaxshi anglashi kerak va ushbu sohani yaxshi bilishi lozim. Kichik tad-
birkorlik faoliyatlarida faqatgina marketing bo‘limini olib borayotgan mar-
keting tadqiqotlari qoniqtirmasligi kerak.
Marketing tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, buni nafaqat kichik tad-
birkorlik faoliyatlaridagi marketing bo‘limi yoki xodimining ish olib bori-
shi, balki hamma soha vakillari o‘z bilimi va vakolati doirasida olib borgan
faoliyatlari yig‘indisigina bozorda ishonchli natijani kutish mumkin.
Tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo‘lib, marketing hisobla-
nadi, chunki u tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab
chiqishda hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil
etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Marketing asosida bozorni har taraflama o‘rganish yo‘nalishlarining
asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish zarur:
talabni o‘rganish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni o‘rganish;
raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing tadbirkorlik faoliyatining bozorda ishlash uslubi bo‘lib,
iste’molchilar va ularning talab istaklarini o‘rganish, ularga mos tovarlar
yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish,
xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari maj-
mui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan
taklifni o‘zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Marketing – iste’molchilar, bozorning aniq segmentlari talabini hisobga
olish, aniqlangan talablarga mos yangi tovarni ishlab chiqish, rag‘batlantirish
va reklama tadbirlari asosida uni sotishni tashkil qilish hamda tovarlar ha-
rakatini aniqlash konsepsiyasidir.
Jahon amaliyoti tajribalari asosida o‘tkazilgan izlanishlar va statistik
ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tashkil qilingan xususiy korxonalar-
ning 50–60 foizi faoliyat yuritishning dastlabki 3 yili ichida inqirozga
uchrashi mumkin. Agarda siz shu kabi xususiy korxonaning rahbari bo‘lsangiz
va bu holatga duchor bo‘lmay desangiz o‘z ustingizda va ko‘zda tutgan re-
jalaringiz ustida ko‘p mehnat qilishingizga to‘g‘ri keladi.
Xususiy korxonalarning inqirozga uchrashiga va yopilib ketishiga bir
qancha sabablar ta’sir qiladi. Bu sabablar ichida asosiy o‘rinlardan birini
marketing egallaydi.
Xo‘sh marketing o‘zi nima? Bozormi? Sotuvlarmi? Yo‘q. Marketing
— xaridorlar ehtiyojini qondirish va daromad olish maqsadida mahsulot,
xizmat, qimmatli qog‘ozlar bozorida olib boriladigan keng qamrovli faoli-
yat turidir. Marketing ishlab chiqarish jarayonini bozor talablariga mos-
lashtirish uchun xizmat qiladi.
Marketing faoliyatini amalga oshirish muhiti quyidagi besh qismga
bo‘linadi:
– nazorat qilinadigan omillar;
– nazorat qilinmaydigan omillar;
– o‘z maqsadiga erishishni tashkil qilishda yutuqlar yoki muvaffaqi-
yatsizliklar darajasi;
– teskari aloqalar;
– moslashuvchanlik.
Kichik tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish jarayoni omillariga tadbirkor tomonidan boshqarishni quyidagicha amalga oshirishi, ya’ni o‘zaro
faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qarorlarini amaldagi qonunchilikka binoan qabul
qilishi, yuqori tashkilot rahbariyati tomonidan aniqlik kiritiladi. Ushbu
nazoratni quyidagi chizmada ko‘rishimiz mumkin:
Biznesda marketing tadqiqotlari Marketing tashqi muhiti Bozor tadqiqoti Imkoniyatlari. Maqsadli bozor
Nazorat Samara- Budjet Xodim- Kommu- Taqsi- Baho Tovar Basho-
turlari dorlik xarajati lari nikativ mot siyo- siyo- rat
siyosati siyosati sati sati qilish
Tadbirkorlik faoliyati rejasi Yangi tovarlar Tovarlarni ishlab chiqish Kommunikativ siyosat Taqsimlash Bozor Iste’molchilar Marketing faoliyatining chizmasi.
Mamlakatimizda marketingning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatning kuchsizligi.
2. Mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining taraqqiy etmaganligi.
3. Taqsimlovchi va qayta taqsimlovchi vositachi tuzilmalarning an’anaviy
kuchli ta’siri bilan asoslanadi.
Kichik tadbirkorlik faoliyatini marketing tadqiqotlari asosida nazorat qilinadigan hamda nazorat qilib bo‘lmaydigan sohalarining chizmasini quyidagicha keltirish mumkin:
Nazorat qilinadi Nazorat qilinmaydi
Biznes boshqaruvi muvaffaqiyati yoki Iste’molchilar
muvaffaqiyatsizligi
Marketing Raqobat
Hukumat qarori
Iqtisodiyot
Texnologiya
Axborotlar
Marketing faoliyat yuritadigan atrof-muhit doirasi.
Marketingning tarkibiy tuzilishi mikromarketing va makromarketing
turlaridan iborat. Mikromarketing – tadbirkorlik faoliyatida ishlab chiqarishni
shakllantirish, mahsulotlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga borish
oqimini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat hisoblanadi. Uning vazi-
fasi iste’molchilar talabini qondirish bilan bir qatorda tadbirkorning oldiga
qo‘ygan maqsadlariga erishishdan iborat. Umuman bu ijtimoiy-iqtisodiy
jarayon bo‘lib, mahsulot yoki xizmatlarga bo‘lajak (potensial) talab-tarkibni
o‘rganish, shuningdek, ushbu talabni va taklifni shakllantirish,
iste’molchilarga mahsuloti haqidagi axborotlarni berish, ishlab chiqargan
mahsulotlarini tegishli joyga, kerakli vaqtda yetkazib berish yo‘llari bilan
o‘z maqsadiga erishishni qondirishni ko‘zlaydi.
Makromarketing – tadbirkorlik faoliyatidan chetga chiqadi va turli kor-
xonalar, birlashmalar, konsernlar, uyushmalar va tarmoqlar darajasida
amalga oshiriladi. Umuman kengroq ma’noda makromarketing tushunchasi
mamlakatning milliy iqtisodiyoti miqyosida mahsulotlarni yaratish va uning
pirovard iste’molchiga tomon ko‘chish jarayonida qatnashadigan faoliyat
hamda tadbirkorlarni birlashtiradigan tizimdir. Ushbu tizim barcha ishlab
chiqarish, savdo, transport, reklama, axborot va boshqa marketing vazi-
falarini bajaradigan xizmatlarni qamrab oladi. Makromarketingning vazifa-
si – butun mamlakat bo‘yicha marketing xizmatlari oqimini boshqarishni
tartibga solishdan iborat.
Marketing tashqi muhiti – tadbirkorlik faoliyati yoki boshqa katta
tashkilotlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
huquqiy omillar majmuidir. Umuman marketing ichki va tashqi muhit-
larga bo‘linadi.
Ichki muhitni shakllantiruvchi omillari tadbirkor tomonidan nazorat
qilinadi, unda texnologik jarayonlarning moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilishi, bozorni tanlash va boshqalar bilan bog‘liqdir. Nazorat qilinadigan
omillarni tadbirkorning o‘zi va uning marketing xizmati bo‘limi boshqaradi.
Marketingni tashkil etish – marketing xizmatlarini boshqaradigan
idoralarning tashkiliy ko‘rinishi bo‘lib, u yoki bu topshiriqni bajarish
uchun bo‘ysunish va javobgarlikni belgilaydi.
Jahon bozorida mahsulotlarning quyidagi xususiyatlariga alohida e’tibor
beriladi:
– tovar rangi;
– bog‘lami (g‘ilofi);
– tashqi ko‘rinishi;
– erganomik xususiyatlari ilova qilinadigan hujjatlar tavsifi, foydala-
nish bo‘yicha ko‘rsatmalar va boshqalar.
Mahsulotning bir qismi zamonaviy degan maqomga ega va xaridorlar
ularni ana shu xislati uchun sotib oladilar. Tovarni ishlab chiqarishdan
oldin, uning iste’mol xususiyati tahlil qilib chiqiladi.
Tovarni o‘rganish: raqiblar tovarlariga qaraganda o‘z mahsulotlari-
mizning yangiligi va raqobatbardoshligi, uning mahalliy qonunchilik tartib
va qoidalari talabiga to‘g‘ri kelishi, hozirgi va kelajak iste’molchilar ehtiyoj-
larini qondira olish qobiliyatlari, xaridorlar talablari va davlat hujjatlari
asosida modifikatsiyalash va hokazo.
Xaridorlarni o‘rganish: mahsulotimizning asosiy iste’molchilari kim-
lar, uni ishlatish usullari, tovarning qaysi belgilari uchun iste’molchilar
sotib olishyapti, iste’molchilarni sotib olishga nima majbur qilmoqda,
iste’molchilarni xatti-harakatlarini shakllantiruvchi omillar, ehtiyojlari yaqin
keladigan mijozlarni ajratib olish imkoniyati, iste’molchilar tarkibini narx-
lash, qondirilmagan iste’molchilar talabiga fan-texnika yutuqlari ta’siri.
Bozor holatini o‘rganishda, uning geografik joylanish hajmi tovarlar
va ishlab chiqaruvchilar tarkibi raqobatning shiddati konyunkturasi va uning
istiqboliga ahamiyat beriladi. Bozor eng avvalo, butun bozor konyunktu-
rasini kompleks tadqiq etish, ishbilarmon doiralar fikricha biznesmenga
xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, xo‘jalik masalalarida bir qarorga kelishda qaltis-
likni kamaytirishga yordam beradigan muhim omil hisoblanadi.
Marketingni tashkil qilish – tadbirkor o‘z faoliyatini bir necha
yo‘nalishda amalga oshirishi mumkin:
1. Funksional – bunda javobgarlik, taqsimot, sotish, ta’minot va tovar
harakatini tashkil qilish tushiniladi.
2. Tovarning ko‘rinishi va ishlab chiqarish tamoyili bo‘yicha tashkil
etish. Unda funksional tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
3. Marketing – biznes falsafasi
Marketing – bu biznes falsafasidir, bunda iste’molchilar va potensial
iste’molchilar biznes strategiyasining markaz doirasida turadi. Ushbu faoli-
yat turlariga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:
– iste’molchilarning va potensial iste’molchilarning ehtiyojlarini aniqlash;
– mahsulotning optimal strategiyasini tanlash;
– mahsulotlarni ishlab chiqarishdan tortib to iste’molchilargacha sa-
marali yetkazib berishni (o‘tkazishni) ta’minlash;
– mahsulotlarni iste’molchilar sotib olishlariga ishontirish va ularni
axborotlar bilan ta’minlab borish;
– sotiladigan mahsulotlar narxini aniqlashtirib olish;
– faoliyat ko‘rsatayotgan bozorlarni kengaytirish va yangi bozorlar
tashkil qilish uchun harakat qilish.
Tadbirkorga marketing nima uchun kerak?
“Mahsulotlarni sotish uchun marketing kerak”, degan tadbirkorlar-
ning an’anaviy javobi, lekin bunday javob qoniqarli emas. Bizning tad-
birkorlar mahsulotlari sotilmay qolgan taqdirdagina marketing tadqiqotlari
bilan shug‘ullanishni eslab qoladilar. Ishlab chiqilgan va sotib olingan mah-
sulotlarni sotishda muammo chiqib qolganda tadbirkorlar: “Mening mah-
sulotlarim yaxshi-ku, nega ularni sotib olmayaptilar”, deb marketing tad-
qiqoti bilan shug‘ullanishni o‘ylab qoladilar.
Bunday yondoshish marketing miopieysi (kalta qo‘llik) yoki marke-
tingning tovarlar yo‘nalishi deyiladi.
Tadbirkorlar hech qanday qiyinchiliklarsiz mahsulotlarini sotib tu-
rishgan vaqtda uni ishlab chiqarish doim naf keltiradi. Buning uchun
yo‘nalishni yaxshi anglab olish kerak. Bunda iste’molchilarning ehtiyojlari
qanday ekanligini, ularning tovarlarga nisbatan fikrlari, iste’molchilar qanday
tovar va xizmatlarni xohlaydilar va qanday narxda sotib olishlari mumkin
degan ma’lumotlarga tadbirkor doim ishlab chiqarishni tashkil qilishdan
oldin ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Tadbirkor marketing faoliyatini tadqiq qilish jarayonida iste’mol dara-
jasini o‘rganibgina qolmasdan, balki ushbu iste’molni qondirishga e’tiborini
qaratishi kerak.
Marketing maqsadi – taqsimotni jonlantirish, mijozni yaxshi tushu-
nish va anglash, tovarlar yoki xizmatlarni iste’molchiga to‘g‘ri kelishini
o‘rganishdan iborat.
Marketing tadqiqotlarini olib borish jarayonida SWOT tahlili alohida
o‘rin egallaydi.
Marketingning ko‘pgina ta’riflari mavjud bo‘lib, ularning ayrimlarini
quyidagi chizmada keltirib o‘tganmiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |