2-Mavzu: O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy ahvoli va mustaqilligining e’lon qilinishi.
Reja:
1.
XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy
hayotidagi inqirozli holat.
2.
Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati: “Paxta ishi”,
“O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.
3.
1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy
manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.
4.
I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi
va uning tarixiy ahamiyati.
5.
Mustaqillikning e’lon qilinishi va O‘zbekiston Respublikasining tashkil
etilishi.
O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil 23-iyun kuni bo‘lib o‘tgan XIV
plenumida Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MQning
birinchi kotibi etib tayinlandi. Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigayoq –
24 iyun kuni O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis o‘tkazdi va unda
ma’ruza qildi. Islom Karimov O‘zbekistonda vujudga kelgan o‘ta murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyatni va uning sabablarini chuqur tahlil qilib achchiq va haqqoniy bir
xulosaga keladi. «Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga
zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi», – degan edi u.
I.A.Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o‘zbek xalqining milliy o‘zligini
anglash kuchayib borayotganligi birinchi bor e’tirof etildi. Xalqning shon-shuhrati,
qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo‘l boshladi.
Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash masalalarida
milliy manfaatdorlik ustuvorligi ta’minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar
desanti» o‘z mavqeyini yo‘qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar»
respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimilariga
ko‘tarildi.
Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o‘zgarish shundan iborat bo‘ldiki, endi
O‘zbekiston partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini
Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko‘tarish amaliyotiga chek
qo‘yildi. Bu masalalarni hal qilishni Respublika rahbariyati o‘z qo‘liga oldi. Oliy
o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan talantli yoshlar uchun maxsus stipendiyalar belgilash,
xorijiy davlatlarda o‘qish uchun davlat hisobidan yordam berish masalalarni ilgari
surdi. Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo‘lib, siyosiy mutelikdan
qutilish, mustaqillik tomon tashlangan muhim qadam bo‘ldi. To‘qib chiqarilgan
«o‘zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog‘liq ishlar
qayta ko‘rilib, aybsiz qamalgan minglab odamlar oqlandi, o‘z oilasiga qaytdi, adolat
tiklandi.
O‘zbek tili – davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o‘zbek
tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko‘tarilgan edi. O‘zbekistonning sobiq
rahbariyati bu masalaga millatchilik, mahalliychilik deb qarardi. O‘zbekistonning
yangi rahbariyati jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish
yo‘lini tanladi. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989 yil 21 oktyabrda bo‘lgan o‘n
birinchi sessiyasida «O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi.
Qonunda: «O‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili Respublikaning
siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to‘liq amal
qiladi», – deb belgilab qo‘yildi. 1990-yil 19-fevralda «O‘zbekiston SSRning davlat
tili haqida»gi Qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat
dasturiga binoan, mehnat jamoalari, o‘quv yurtlari, korxonalar va davlat
muassasalarida ish yuritish rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tkazila boshladi. Bu qonunning
qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy hayotida katta
tarixiy voqea bo‘lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va
ko‘tarishga qaratilgan dastlabki sa’y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisiga shaxsiy
tomorqa uchun er ajratildi. Erga muhtoj 381 ming oilaga tomorqa erlari berildi, 372
ming oila o‘z tomorqalarini kengaytirib oldi. SHu maqsadlar uchun jami 150 ming
gektar er ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta’minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana
shu dasturga binoan 1990-yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta’minlandi.
Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990-yilda
budjetdan va korxonalar hisobidan 142 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.
Prezident lavozimining ta’sis etilishi. 1990-yil 18-fevralda O‘zbekiston Oliy
Sovetiga saylov bo‘ldi. Bu saylov ning yangiligi shundan iborat bo‘ldiki, oldingi
saylovlarda bir deputatlik o‘rniga bitta nomzod ko‘rsatilgan bo‘lsa, mazkur saylovda
500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko‘rsatildi.
1990-yil 24–31-mart kunlari Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR
Oliy Sovetining I sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 24-mart kuni sessiya SSSR tarkibidagi
respublikalar orasida birinchi bo‘lib «O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis
etish to‘g‘risida» Qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Sovet sessiyasida
yashirin ovoz berish yo‘li bilan Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston
Prezidenti etib saylandi. Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so‘zlab, O‘zbekistonning
siyosiy mustaqilligini, o‘zini-o‘zi idora qilishga va o‘zini-o‘zi pul bilan ta’minlashga
o‘tishni ta’minlashni o‘zining asosiy vazifasi ekanini ta’kidladi. SSSR va Markaziy
hokimiyat mavjud bo‘lgan sharoitdayoq O‘zbekistonda Prezident saylanishi muhim
voqea bo‘ldi, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil
qadam bo‘ldi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining II sessiyasi 1990-
yil 20-iyun kuni «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir
millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq
qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya tamoyil lariga asoslanib
O‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12
moddadan iborat bo‘lib, quyidagilar bayon etilgan:
• O‘zbekiston SSR davlat suvereniteti;
• O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida barcha tarkibiy
qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligi;
• O‘zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning
muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul
qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR
Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega
bo‘ladi;
• O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi
siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazolar.
O‘zbekiston mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo‘lib,
mamlakatimizning o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish yo‘lida yana bir yangi
qadam bo‘ldi.
2. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi. Ittifoq shartnomasini yangilash
talabi. Sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsa-da,
amalda qaram edi. Ular o‘z erlari, suvlari, o‘rmonlari va er osti boyliklariga, ko‘pdan
ko‘p korxonalariga o‘zlari egalik qilolmas edilar. 80-yillarning oxirlari 90-yillarning
boshlarida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari
sura boshladilar.
O‘zbekiston Respublikasining rahbari I. Karimov 1989-yil 20-sentabrda
Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQning plenumida so‘zlagan nutqida, respublikalar
bilan SSSR o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan
yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: «Biz
Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-
ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash
tarafdorimiz», – degan edi.
Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-
takliflarni e’tiborga olmadi, to‘g‘rirog‘i ularga erkinlik berishni xohladi. Markazning
qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish
harakati kuchayib bordi. 1990-yil bahorida Boltiqbo‘yi respublikalari Latviya, Litva,
Estoniya, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e’lon
qildilar. 1990-yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.
1991-yil fevral-mart oylarida Ittifoq SHartnomasi loyihasi ustida qayta ish olib
borildi. Unda Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari
qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar
vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar
vakolatlari belgilab berilgan shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov O‘zbekiston
Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1991-yil 12-mart da bo‘lgan IV plenumida
so‘zlagan nutqida: «Ittifoq SHartnomasini imzolash uchun ‘ng qulay payt qo‘ldan
boy berib qo‘yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko‘targan kishilarning ovoziga
hech kim quloq solmadi. Markaz 1922-yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib,
oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi», – degan edi. Bu fikrning
to‘g‘riligini hayot to‘la isbotladi.
Butunittifoq referendumi. SSSR Oliy Soveti Ittifoq SHartnomasini o‘zgartirish,
SSSRni teng huquqli suveren Respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida
xalqning fikrini bilish maqsadida 1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini
o‘tkazishga qaror qildi. 1991-yil 20-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashning Rayosati
referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan
byulleten bilan birga, yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi.
Qo‘shimcha bulletenga «Siz O‘zbekistonning mustaqil, teng huquqli Respublika
sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?» – degan
savol qo‘yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga «Ha»
deb javob berdilar. Demak, o‘zbekistonliklar o‘z mamlakatini mustaqil davlat sifatida
Federativ Ittifoqda bo‘lishini, O‘zbekistonning suveren Respublika sifatida
rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
1991-yil aprelda Kievda Ukraina, Rossiya, Belorus, O‘zbekiston, Qozog‘iston
Respublikalari
rahbarlarining
uchrashuvi
bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil
Respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq SHartnomasini tuzishga
yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni
Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik
bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi.
3. Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzishga intilish. 1991-yil aprelda Novo-
Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S. Gorbachovning 9 respublika – RSFSR, Ukraina,
Belorussiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston,
Turkmaniston rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan
«Mamlakatdagi vaziyatni va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan
choralar to‘g‘risida» qo‘shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika +
Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kievda bil
dirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi. 1991-yil 3-iyunda Novo-
Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o‘rtasida
uchrashuv bo‘ldi. Uchrashuvda Mustaqil Davlatlar Ittifoqi (MDI) tuzish masalasi
muhokama qilindi.
Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara
bo‘ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan
«Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to‘g‘risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha
barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo‘natildi. Mazkur
shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Sovetida 1991-yil 14-iyunda muhokama qilindi.
Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori
ekanligini bildirdi. SHu bilan birga, Respublikalar vakolatlarini yanada
kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini
uzil-kesil tayyorlash uchun markaz vakillari va respublikalar rahbarlarining
uchrashuvi bo‘ldi. Markazni ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan
«Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to‘g‘risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo
hamma rozi bo‘lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma»ni
imzolash 1991-yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S. Gorbachov
Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo‘nab ketdi.
1991-yil 17–19-avgust kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning Hindiston
Respublikasiga Davlat rahbari sifatida ilk mustaqil rasmiy tashrifi bo‘ldi. Tashrif
doirasida O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy
hamda madaniyat, ta’lim, fan, turizm, sport va ommaviy axborot vositalari sohasida
hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Natijada mamlakatimiz mustaqil
tashqi siyosatining dastlabki tamal toshi qo‘yildi.
1991-yil avgust voqealari. Markaziy hokimiyatni – SSSRni saqlab qolish,
respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir
«imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991-yil 18-avgustda
markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi
va SSSRda Favqulodda holat davlat Qo‘mitasi (FHDQ) tuzildi. Uning boshliqlari G.I.
YAnaev – SSSR vitse-prezidenti, O.D. Baklanov – SSSR Mudofaa Kengashi
raisining birinchi o‘rinbosari, V.A. Kryuchkov – SSSR Davlat Xavfsizligi qo‘mitasi
raisi, V.S. Pavlov – SSSR Bosh vaziri, B.K. Pugo – SSSR Ichki ishlar vaziri, D.T.
YAzov – SSSR Mudofaa vaziri, V.A. Starodubsev – SSSR Dehqonlar uyushmasi
raisi, I. Tizyakov – SSSR Sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari
hamda inshootlari uyushmasining prezidenti kabi Markaziy hokimiyatning rahbarlari
edi. G.I. YAnaev o‘zini M.S.Gorbachovning salomatligi yomonligi sababli 19-
avgustdan boshlab SSSR Prezidenti vazifasini ijro etuvchi deb e’lon qildi.
SHu tariqa, fitnachilar M.S. Gorbachovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan
chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar. Mazkur qo‘mita Sovet
rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga Murojaatnoma, Davlatlar va hukumatlarning
boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga Murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi.
Butunittifoq doirasida mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada
taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.
Qaltis vaziyatda 1991-yil 19-avgustda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov
Hindistonga qilgan rasmiy tashrifdan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan
uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini
bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda
vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.
1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston,
viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokoma qilib, Bayonot qabul qildi.
Bayonotda O‘zbekiston Respublikasining tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch
ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va
mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda
qattiq intizom va tartibni saqlash, mishmishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari
ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston «Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi
Deklaratsiya» qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi,
deb ko‘rsatildi.
1991-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan
O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar
hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va
O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi
kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSRda Favqulodda Holat Davlat
Qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘z bekiston SSR
Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy
emas, deb belgilab qo‘yildi.
Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19–21-
avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi
rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna
bostirildi. Fitnachilar qamoqqa olindi. M.S. Gorbachov prezidentlik lavozimiga
qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi.
Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib, harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi
Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. 1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston
Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Farmoni e’lon qilindi.
Farmonga binoan SSSRda vujudga kelgan ahvolni e’tiborga olib, O‘zbekiston
Respublikasi manfaatlarini himoya qilish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi
va Davlat xavfsizligi komiteti O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi.
Mazkur idoralar zimmasiga, birinchi navbatda, O‘zbekiston va uning fuqorolari
xavfsizligini, manfaatlarini muhofaza qilish topshirildi. Mazkur farmonga binoan
O‘zbekiston hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari
bevosita O‘zbekiston SSR Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika Ichki ishlar
vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek,
respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston Harbiy okrugi qismlari
va qo‘shinlari partiyadan butunlay xolis qilindi.
Mazkur farmonda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatiga juda qisqa
muddatda Respublikaning Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini
tayyorlash va uni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
muhokamasiga taqdim etish taklif qilindi. Mazkur Farmon imzolangan kun – 1991-
yil 25-avgustda kuchga kirdi.
Xulosa qilib aytganda, Prezident Islom Karimovning kuch-g‘ayrati, oqilona
siyosati, tashabbusi natijasida jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonning Davlat
mustaqilligiga tinchlik va qonuniy asosda erishish imkoniyati yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |