Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti


 Cho„l sharoitida olib boriladigan mudofaa jangi



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

2.7. Cho„l sharoitida olib boriladigan mudofaa jangi 
Cho„l sharoitlaridagi mudofaa dushman dushmanning harakatlanish ehtimoli 
eng katta bo„lgan yo„nalishlarda egallanib, bunda u yaxshi tashkillashtirilgan o„t 
ochish tizimi va ikkinchi eshelon (rezerv) tomonidan amalga oshiriladigan keng 
manevrga asoslanadi. O„tish qiyin bo„lgan barxan, qumtepa va nam tortgan 
sho„rxok yerli tabiiy joy uchastkalarining mavjudligi motoo‟qchi batalyonga 
(vzvodga) mudofaani kengroq front bo„ylab rezervni ajratgan holda bir eshelonli 
qilib qurish, tayanch punktlari o„rtasidagi ochiq joylarni esa odatdagi sharoitlardan 
kattaroq qilish imkonini beradi. Motoo‟qchi batalyon mudofaa hududi hamda 
vzvodlarning tayanch punktlari aylana mudofaani olib borishga tayyorlanadi va 
puxta niqoblanadi. Ular o„rtasidagi ochiq joylarda o„t ochish marralari 
tayyorlanadi, shuningdek, olovli pistirma va to„siqlar qo„yiladi.
Cho„l sharoitidagi mudofaada jangovar mashinalarni o„ta aniq qurolning 
ta'siridan himoyalashni hisobga olgan holda pozitsiyalarni fortifikatsion jihozlash, 


109 
shuningdek, texnikani deformatsiyalovchi bo„yoq bilan bo„yash, ob'ektlar tepasiga 
soyabonlar (ekranlar) o„rnatish va boshqa niqoblash tadbirlari muhim ahamiyatga 
ega hisoblanadi.
Cho„l sharoitida mudofaani tashkillashtirayotganda Motoo‟qchi batalyon 
(vzvod) komandiri odatdagi masalalardan tashqari quyidagilarni ko„zda tutadi: 
ichki sarhadlarga odatdagi sharoitlardan uzoqroq kirib boradigan razvedkani olib 
borish; uzoq masofalarga to„g„ridan-to„g„ri nishonga olib otish bilan dushmanga 
shikast yetkazish; qanotlarning ishonchli ta'minlanganligi, fortifikatsion inshootlar 
va suv ta'minoti punktlarini qum bosishidan himoyalash, shuningdek, qurol-aslaha 
va texnikadan qum bo„ronlari vaqtida foydalanish bo„yicha choralar ko„rish. 
Bundan tashqari, meteorologik sharoitlarning o„zgarishi mumkinligini hisobga 
olgan holda u suv, yoqilg„i zaxiralarini yaratish bo„yicha choralar ko„rishi hamda 
ularni sarflanishi va suv ichish tartibiga amal qilinishi ustidan nazoratni tashkil 
etishi kerak.
Qumli yerlarda mudofaa hududini (tayanch punktini) muhandislik nuqtai 
nazaridan jihozlash vaqtida okop va panagohlarning nishab qismlari fashinalar 
(shoh-shabba yoki qamish bog„lamlari), qum to„ldirilgan qoplar va mavjud 
mahalliy materiallar bilan mustahkamlanadi.
Yopiq fortifikatsion inshootlarni barpo etish uchun qum to„ldirilgan qoplar, 
qiyshiq qobirg„ali qoplamalar, to„lqinsimon po„lat elementlari, mato karkasli va 
sanoatda ishlab chiqariladigan boshqa konstruksiyalardan foydalaniladi. Manyovr 
yo„llari yaxshi ko„rinadigan va mustahkam qilib o„rnatilgan ko„rsatkichlar bilan 
belgilanadi. Mina maydonlari davriy ravishda tekshirib turiladi. Ularni qalin qum 
qatlami ko„mib qolgan yoki niqoblanishi buzilgan taqdirda yangi mina maydonlari 
o„rnatiladi yoki mavjudlari qayta o„rnatiladi.
Motoo‟qchi batalyonning texnik ta'minot va front orti bo„linmalari ikkinchi 
eshelon (rezerv) bilan birgalikda suv olinadigan punktlar yaqinida joylashadi. 
Shaxsiy tarkib joylashgan joylar va suv ta'minoti punktlarida sanitariya-gigiena 
tadbirlarining qat'iy bajarilishiga alohida e'tibor qaratiladi. Suv manbalari alohida 
ajratilgan bo„linmalar tomonidan mudofaa qilinadi. Qurol-aslaha va texnikaning 


110 
holati doimiy ravishda tekshirib turilishi kerak. Ularni chang bosishining oldini 
olish bo„yicha qo„shimcha tadbirlar o„tkaziladi.

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish