101
tayyorlash; kuch va vositalar
bilan manyovr qilish tartibi; qaysi xonalarda
panagohlarni jihozlash, shuningdek, binolarni mudofaaga tayyorlashning tartibi va
muddatlari.
Motoo‟qchi batalyon mudofaa hududlari (uzellari) va vzvod tayanch punktlari
asosiy ko„chalar, xiyobonlar, maydonlar hamda daryo va kanallar ustidan
yotqizilgan ko„priklarni qamrab oladigan qilib tuziladi. Mudofaaning oldingi
chizig„i, odatda, shaharning (aholi punktining) chekkasi bo„ylab tayyorlanadi yoki
agarda qo„mondonlik balandliklari shaharga tutashib ketgan bo„lsa, undan oldinga
chiqariladi.
Tayanch punktlari aylana mudofaaga tayyorlanadi hamda bir-biri bilan olovli
madadga ega bo„lishi kerak. Tayanch punktlarini yaratish uchun birinchi navbatda
ko„cha va maydonlarni o„qqa tutish imkoniyati bo„lgan
yarim podval va podval
xonalariga ega muyulishlardagi o„ta mustahkam binolardan foydalaniladi. Ularda
o„q-dori, oziq-ovqat, ichimlik suvi, dori-darmon va boshqa moddiy vositalarning
qo„shimcha zaxirasi yaratiladi. Tayanch punktlari bir-biri bilan yurish yo„laklari
orqali bog„langan bo„ladi.
Tayanch punktlari o„rtasidagi ochiq joylarda va ko„chalarda barrikadalar,
to„siqlar, vayronalar
va uyumlar barpo etilib, ularga olib boradigan yo„llar
minalanadi hamda qanotlar va har tomondan olib boriladigan o„t ochish amali bilan
o„qqa tutiladi. Atrofni kuzatish va o„t ochish amalini olib borishga xalaqit
berayotgan kichik inshootlar vayron qilinadi.
Dahalar ichida bo„linmalarning manyovr qilishi uchun o„tish yo„llari barpo
qilinadi hamda yer osti kommunikatsiyalaridan foydalaniladi. Manyovr uchun
foydalanilmaydigan yer osti inshootlarida to„siqlar barpo qilinadi, ulardan chiqish
joylarida esa olov tayyorlanadi.
Binolarni mudofaaga tayyorlash vaqtida, qoidaga ko„ra, deraza
va eshiklarning
o„rni ularda o„t ochish amalini olib borish uchun shinaklarni qoldirgan holda g„isht
yoki qum (tuproq) to„ldirilgan qoplar bilan berkitiladi, chordoq va qavatlar
orasidagi to„siqlarda o„tish yo„llari barpo qilinadi, toshdan qurilgan binolarning
podvallari panagohlar sifatida jihozlanadi, barcha xonalar tez yonuvchi narsalardan
102
tozalanadi, yog„och pollarga bir qatlam qum (tuproq) sepib chiqiladi va o„t
o„chirish vositalari tayyorlab qo„yiladi.
Dushman tomonidan olib borilayotgan yer ostidagi
minalash ishlarini fosh
qilish maqsadida maxsus tayyorgarlikdan o„tgan muhandislik-sapyor bo„linmalari
tayinlanadi.
Motoo‟qchi batalyonning (vzvodning) o„t ochish tizimi o„qli qurollar,
to„g„ridan-to„g„ri nishonga olib otish uchun ajratilgan to„plar, tanklar, piyodalar
jangovar mashinalarining qanotlar va har tomondan olib boradigan o„t ochish
amallari bilan birgalikda yopiq o„t ochish pozitsiyalaridan o„t ochish amalini olib
boruvchi tankka qarshi vositalar, ognemyotlar va artilleriyaning o„t ochish amalini
ham o„z ichiga oladi.
Ko„p qavatli binolarda mudofaani egallab turgan bo„linmalar o„t ochish
amalini bir necha qavatli
qilib tashkillashtiradi, bunda tayanch punktlariga
(binolarga) olib boradigan barcha yo„llarni o„qqa tutishning imkoni bo„lishi kerak.
Bunda o„t ochish vositalarining katta qismi, shu jumladan artilleriya to„plari ham
binolarning pastki qavatlari va yarim podvallarga joylashtiriladi.
Motoo‟qchi batalyon taktik guruhining tanklari olovli pistirmalar yoki
bevosita jangovar guruhlarning tayanch punktlaridagi harakatlarda qo„llaniladi.
To„g„ridan-to„g„ri nishonga olib otish uchun ajratilgan tanklar, piyodalar jangovar
mashinalari (zirhli transportyorlar) va to„plarning o„t ochish pozitsiyalari, odatda,
shinaklar bilan jihozlangan tosh devorlar ortidan tayyorlanadi.
Tankka qarshi vositalarning o„t ochish pozitsiyalari ko„cha va maydonlar
bo„ylab o„t ochish amalini olib borish mumkin bo„lgan joylardan tanlanadi.
Ognemyotlar juft-juft qilib yoki guruhlarga ajratilgan holda motoo„qchi
bo„linmalarning ixtiyoriga beriladi. Ularning pozitsiyalari to„siq
va devorlar
ortidagi, chorrahalarga (maydonlarga) qarata o„t ochishni olib borish imkonini
beruvchi binolarda jihozlanadi.