3-5 km
ni, kuchaytirilgan jangovar
(tankchi) guruhlar o„rtasidagi ochiq joylar esa
1-3 km
ni tashkil etishi mumkin.
Avtonomlik va taktik mustaqillikni ta'minlash maqsadida artilleriyaning katta
qismi vzvod va jangovar (tankchi) guruhlar ixtiyoriga beriladi, Motoo‟qchi
batalyon komandirining bo„ysunuvida qolgan artilleriya vositalari esa to„satdan
yuzaga kelib qoluvchi o„t ochishga oid vazifalarni hal qilish, shuningdek,
98
bo„ysunuvchi bo„linmalarga qo„shimcha berilgan artilleriyaning o„t ochish amalini
kuchaytirish uchun qo„llaniladi.
Vaziyat sharoitlaridan kelib chiqqan holda motoo‟qchi batalyon rezervining
tarkibiga kuchaytirilgan motoo„qchi vzvod yoki kuchaytirilgan jangovar (tankchi)
guruh, vzvod rezervining tarkibiga esa kuchaytirilgan jangovar (tankchi) guruh
kirishi mumkin.
Mudofaa hududlaridagi (tayanch punktlaridagi) mudofaa pozitsiyalari, tayanch
punktlari va o„t ochish pozitsiyalari tizimi elementlarining tarkibi va tuzilishi
quyidagilarga bog„liq bo„ladi: dushmanning tarkibi va ehtimoliy harakatlari; o„z
bo„linmalarining tarkibi, holati va jangovar imkoniyatlari, shuningdek, tabiiy joy
tavsifi va mudofaani tayyorlash uchun vaqtning mavjudligi.
Bunda tabiiy joyning (yo„nalishning) muayyan uchastkasida mazkur tizim
yaxlit mudofaa pozitsiyalaridan (marralaridan) tashkil topadi, boshqacha vaziyat
sharoitlarida esa u yo„l kesishmalari, suhorish tizimlaridagi o„tish joylari, tor tog„
yo„llari (defile) va aholi punktlarida, ularning o„rtasidagi ochiq joylarda
muhandislik to„siqlari bilan birgalikda o„t ochish marralari va olovli pistirmalarni
qo„yish joylari jihozlanadigan alohida mudofaa hududlarini (uzellarini) tayyorlash
yo„li bilan eng muhim yo„nalishlarni qamrab olish tamoyili bo„yicha tuziladi.
Kommunikatsiyalarni qo„riqlash uchun, qoidaga ko„ra, tarkibi qo„riqlash
zastavalari va postlaridan tashkil topgan tayanch punktlari tayyorlanadi.
Tarqoq (joyli) mudofaani olib borish vaqtida mudofaa jangining muvaffaqiyati
ko„p holatlarda yaratilgan o„t ochish tizimining samaradorligiga bog„liq bo„lib, u
bo„linmalar va o„t ochish amalining manyovridan keng foydalangan hamda minali-
portlovchi to„siqlarni yaratgan holda dushmanga bevosita kontakt (yaqindan) va
masofaviy
(uzoqdan)
shikast
yetkazishni
ta'minlashi
kerak.Alohida
yo„nalishlardagi o„t ochish vositalari sonining yetarli bo„lmasligini hisobga olib,
hujum qilayotgan dushman jangovar tartibidagi eng muhim ob'ektlarni tanlash va
ularni yo„q qilish uchun o„t ochish amalini jamlashdan iborat bo„lgan o„t ochish
amalining tanlov asosidagi manyovrini oldindan tayyorlashni nazarda tutish kerak.
99
Do'stlaringiz bilan baham: |