Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

2.2. Mudofaa jangini olib borish 
Dushmanning hujumi boshlangunga qadar vzvodlarda navbatchi tanklar, 
piyodalarning jangovar mashinalari (zirhli transportyorlar) va boshqa o„t ochish 
vositalari ajratilib, ular zaxira yoki vaqtinchalik o„t ochish pozitsiyalarini egallagan 
holda razvedka olib borish, to„siqlar orasidan yo„l ochish yoki mudofaa ichkarisiga 
kirib olishga urinayotgan dushmanning alohida guruhlarini yo„q qilish, 
shuningdek, uning aviatsiyasi hujumlarini qaytarishga doim shay holatda turadilar. 
Bundan tashqari, ular dushmanning o„zi joylashgan joyda harakatlanishi va 
muhandislik ishlarini olib borishiga to„sqinlik qilishlari kerak. Merganlar dushman 
tomonning ofitserlari, merganlari, kuzatuvchilari, o„t ochish vositalarining 
raschetlari va boshqa nishonlarini yo„q qiladilar. Qolgan bo„linmalar, dushman 
hujumlarini qaytarishga doimiy shaylikni saqlagan holda pozitsiyalarning 
muhandislik nuqtai nazaridan jihozlanishini takomillashtiradilar, jangovar va 
ma'naviy-ma'rifiy tayyorganlik bo„yicha mashg„ulotlar o„tkazadilar, shuningdek, 
qurol-aslaha va jangovar texnikaga texnik xizmat ko„rsatishni amalga oshiradi.
Vzvod komandiri, vaziyat va motoo‟qchi batalyon komandirining 
ko„rsatmalaridan kelib chiqqan holda shaxsiy tarkibni dam olishiga ruxsat beradi. 


85 
Dam olayotgan shaxsiy tarkib trevogaga binoan o„z joylarini egallashga shay 
holatda transheya va o„t ochish vositalari yaqinidagi panagohlarda (blindajlarda) 
joylashadi. Panagohlarning atrofiga kuzatuvchilar qo„yilib, ular belgilangan 
signalga binoan barcha dam olayotganlarga xabar berib, pozitsiyalarni egallashga 
chaqiradilar. . 
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri shaxsiy kuzatuvlar va razvedka 
ma'lumotlari asosida dushmanning hujumga tayyorgarlik ko„rayotgani, uning olg„a 
siljishi va tizilishining boshlanishini o„z vaqtida aniqlashi, bu haqida katta 
komandirga (boshliqqa) xabar berishi, bo„ysunuvchi bo„linmalar va qo„shimcha 
berilgan artilleriyaning vazifalariga aniqlik kiritishi, ularni dushman hujumini 
qaytarishga to„liq shay holatga keltirishi kerak.
Dushmanning kichik guruhlari va razvedka bo„linmalari jangovar qo„riqlash 
xizmatining o„t ochish amali bilan yo„q qilinadi. Motoo‟qchi batalyon komandiri 
jangovar qo„riqlash xizmati olib borayotgan jangni boshqaradi, ushbu maqsadlar 
uchun ajratilgan artilleriya (minomyot) bo„linmalarining vaqtinchalik o„t ochish 
pozitsiyachlaridan olib boradigan o„t ochish amali bilan unga madad beradi. 
Jangovar qo„riqlash xizmatining pozitsiyalarini qo„lda saqlab turish uchun olib 
borilayotgan jangda motoo‟qchi batalyon komandiri o„z qo„mondonlik-kuzatuv 
punktini oldinga chiqaradi va uni birinchi eshelondagi vzvodlardan birining 
tayanch punktiga joylashtiradi.
Jangovar qo„riqlash xizmatining pozitsiyasiga yaqinlashish vaqtida 
dushmanning asosiy kuchlariga faqatgina tayinlangan jangovar (tankchi) guruhni 
shtatdagi vositalarining o„t ochish amali bilan emas, balki mudofaaning oldingi 
chizig„ida harakatlanayotgan motoo„qchi (tankchi) vzvodlarning ajratilgan o„t 
ochish vositalari bilan ham shikast yetkaziladi. Jangovar qo„riqlash xizmati 
tayinlangan o„t ochish vositalari bilan hamkorlikda asosan o„z fronti oldidagi 
dushmanning tanklari va boshqa zirhli mashinalarini yo„q qiladi. Ajratilgan 
tanklar, tankka qarshi vositalar, motoo‟qchi batalyonning shtatdagi, qo„shimcha 
berilgan va madad beradigan artilleriyasi, shuningdek, katta komandirning 
navbatchi o„t ochish vositalari jangovar qo„riqlash xizmatini aylanib o„tib, uning 


86 
qanoti va front ortiga hujum qilmoqchi bo„layotgan dushmanning tanklari va 
piyodalarini yo„q qiladi. Qachon-ki dushman o„zining asosiy kuch va vositalarini 
motoo‟qchi batalyon mudofaasining fronti oldida tizganda, komandir, brigada 
komandirining ruxsati bilan jangovar qo„riqlash xizmti komandiriga jangdan 
chiqish va chekinish haqida buyruq berib, shundan so„ng o„zining qo„mondonlik-
kuzatuv punktini boshqa joyga ko„chiradi. Jangovar qo„riqlash xizmatining 
chekinishi artilleriya va birinchi eshelon vzvodlarining tayinlangan o„t ochish 
vositalarining o„t ochish amali bilan himoyalanadi hamda tabiiy joy burmalari, 
to„siqlar va aerozollardan (tutundan) foydalangan holda joydan-joyga ko„chishlar 
bilan amalga oshiriladi. Chekingan jangovar qo„riqlash bo„linmasi o„zini vzvod 
tanch punktidagi pozitsiyalarni egallaydi yoki motoo‟qchi batalyon rezerviga 
chiqariladi.
Dushmanning jang vositasida olib boradigan razvedkasi va ilg„or 
bo„linmalariing hujumi tayinlangan o„t ochish vositalari va muzkur yo„nalishlarda 
mudofaalanayotgan bo„linmalarning o„t ochish amali bilan qaytariladi. Dushmanni 
kuzatish kuchaytiriladi.
Jangovar qo„riqlash xizmati chekinib, dushman hujumi qaytarilgandan so„ng 
o„zini fosh qilgan o„t ochish vositalari motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandirining 
ko„rsatmasiga binoan o„z pozitsiyalarini pinhona o„zgartiradilar. Bizning 
to„siqlarda dushman tomonidan ochilgan yo„llar darhol yopiladi, agar buning 
imkoni bo„lmasa, bu joylarga qarata artilleriya va boshqa o„t ochish vositalarining 
o„t ochish amali tayyorlanadi. 
Dushmanning o„t ochish tayyorgarligi boshlangandan so„ng yoki u 
tomonidan OQQ (O„AQ) qo„llanilgan holatda Motoo‟qchi batalyon (vzvod) 
komandiri uzluksiz kuzatuvni amalga oshirgan holda umumqo„shin bo„linmalari, 
artilleriya va boshqa o„t ochish vositalarini dushmanning aniqlangan o„ta aniq 
qurol vositalari, artilleriyasi, harakatlanayotgan yoki hujumga shaylanib turgan 
tanklari, boshqa zirhli mashinalari va piyodalariga shikast yetkazish bo„yicha 
vazifalarga aniqlik kiritadi. Bir vaqtning o„zida u aviatsiya va O„AQ zarbalariga 
uchragan (dushman tomonidan OQQ qo„llanilgan) hududlardagi vaziyatga 


87 
baholaydi, jangovar tartibdagi yoriqni yopish, boshqaruvni, o„t ochish va 
hamkorlik tizimini tiklash, shuningdek, dushman tomonidan OQQ qo„llanilishining 
(agar u qo„llanilgan bo„lsa) oqibatlarini bartaraf qilish bo„yicha choralar ko„radi.
Vzvod shaxsiy tarkibi va unga qo„shimcha berilgan bo„linmalar chuqur, 
blindaj, panagohlarda, piyodalar jangovar mashinalarida (tanklarda), okop va 
transheyalar ichida yashirinib, dushman hujumini qaytarish uchun tezlik bilan 
pozitsiyalardagi o„z joylarini egallashga shay bo„lib turadilar.
Dushman hujumga o„tishi bilan motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri 
barcha vositalarining o„t ochish amalini dushmanning asosiy kuchlariga qarata 
jamlaydi. Shtatdagi va qo„shimcha berilgan artilleriya jamlangan olov, alohida 
nishonlarga qarata olib boriladigan o„t ochish amali hamda ko„chmas olovli devor 
bilan artilleriya, tanklar va boshqa zirhli ob'ektlarga shikast yetkazadi hamda 
dushman bo„linmalarining jangovar tartibini buzib, ularni tanklar, piyodalar 
jangovar mashinalari, tankka qarshi vositalardan o„z vositalarining eng uzoq o„t 
ochish chegaralarida yo„q qilish uchun qulay sharoit yaratadi. 
O„z aviatsiyasining hujum qilayotgan dushmanga qarshi harakati davrida 
artilleriya uning havo hujumidan mudofaa vositalariga shikast yetkazadi, 
yo„naltirish post va punktlari esa bo„linma komandirlarining komandalariga 
(signallariga) ko„ra o„z qo„shinlarini belgilaydilar.
Dushman mudofaaning oldingi chizig„iga yaqinlashgani sari Motoo‟qchi 
batalyonning (vzvodning) barcha vositalaridan olib boriladigan o„t ochish amali 
o„zining eng yuqori nuqtasiga yetkaziladi. Mudofaalanayotgan bo„linmalar barcha 
o„t ochish vositalari bilan dushmanning tanklari va boshqa zirhli ob'ektlarini yo„q 
qiladilar, piyodalar tanklardan ajratilgandan keyin o„t ochib yo„q qilinadi, 
bo„linmalar tayanch punktlarining oldingi chizig„iga yorib kirgan piyodalar esa 
yaqin masofadan (tirab turib) o„t ochgan holda, granatalar bilan va qo„l jangida 
yo„q qilinadi. Har bir transheya uchun jang “bir qadam ham chekinma” tamoyili 
bo„yicha olib boriladi. Dushmanni transheyalar va yurish yo„laklari bo„ylab 
tarqalishiga yo„l qo„ymaslik uchun ularga oldindan tayyorlangan tanklarga qarshi 
to„siq (yoj), ayri (rogatka) va boshqa ko„chma to„siqlar o„rnatiladi.


88 
Olib yuriladigan zenit raketa kompleksining maxsus manyovrchan guruhi va 
qo„shimcha berilgan zenit bo„linmalari, shuningdek, quruqlikdagi dushman bilan 
jangda band bo„lmagan motoo„qchi (tankchi) bo„linmalar dushman aviatsiyasining 
hujumlarini qaytaradi.
Dushman mudofaa hududiga (tayanch punktiga) yorib kirgan taqdirda 
motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri barcha vositalarni o„t ochish amallari va 
zirhli guruhni faol harakatlari bilan uning front bo„ylab va ichki sarhadlar tomon 
tarqab ketishini to„xtatishi, dushman yorib kirgan uchastkadagi o„zining qanotlarini 
mustahkamlashi hamda o„t ochib dushmanni bostirishi kerak. Motoo‟qchi batalyon 
komandiri, bundan tashqari, dushman yorib kirgan joydagi mazkur yo„nalishda 
tayyorlangan o„t ochish marrasiga ikkinchi eshelonning (rezervning) tanklarini 
(piyodalar jangovar mashinalarini), tizilish marrasiga esa tankka qarshi bo„linmani 
chiqarishi mumkin.
Olovli pistirmalar yorib kirgan dushman ularga yaqinlashib kelishi bilan 
motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandirining komandasiga binoan yoki mustaqil 
ravishda daf'atan o„t ochib, birinchi navbatda tanklar va boshqa zirhli mashinalarni 
yo„q qiladilar, dushmanning omon qolgan tanklari va piyodalarini u uchun noqulay 
yo„nalishda yoki avvaldan tayyorlangan minali-portlovchi to„siqlar tomonga 
harakatlanishga majbur qiladi.
Ikkinchi eshelonning (rezervning) qarshi hujumi shaxsan motoo‟qchi 
batalyon komandiri tomonidan tashkillashtiriladi hamda dushmanning kam sonli 
kuchlari mudofaaga yorib kirganda, qoidaga ko„ra, brigadaning ikkinchi esheloni 
bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. U dushman to„liq yo„q qilinib, mudofaa 
tiklangunga qadar olib boriladi. Son jihatdan ustun dushman kuchlari hujum 
qilayotgan yo„nalishda motoo‟qchi batalyon qarshi hujumni o„tkazmaydi, balki 
“bir qadam ham chekinma” tamoyili bo„yicha mudofaalanadi.
Hujum qaytarilgandan so„ng motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri tezlik 
bilan o„t ochish tizimini tiklash, o„q-dorilar zaxirasini to„ldirish, vayron bo„lgan 
fortifikatsion inshootlar va muhandislik to„siqlarini tiklash bo„yicha choralar 
ko„radi, safdan chiqqan qurol-aslaha va texnikani tiklashni, yarador 


89 
(jarohatlangan)va bemorlarni evakuatsiya qilishga tayyorlashni tashkillashtiradi. U 
jang natijasi haqida katta komandirga ma'lumot beradi.
Qo„shni motoo‟qchi batalyon (vzvod) bilan tutashuv joyidan yorib kirgan 
dushman qo„shni bilan hamkorlikda barcha vositalardan o„t ochib, vaziyatning 
qulay sharoitlarida esa – qat'iy qarshi hujum bilan yo„q qilinadi. 
Agar dushman mudofaa hududini (tayanch punktini) aylanib o„tgan bo„lsa, 
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) aylana mudofaani tashkillashtiradi va egallab turgan 
pozitsiyalarini qo„lda saqlashda davom etadi.
Ikkinchi eshelondagi motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri brigada 
(Motoo‟qchi batalyon) mudofaasining frontidagi vaziyatdan doim xabardor 
bo„lishi, birinchi eshelondagi motoo‟qchi batalyonlarning (vzvodlarning) 
komandirlari va madad beradigan artilleriya bilan doimiy aloqaga ega bo„lishi 
kerak.
Ikkinchi eshelondagi motoo‟qchi batalyon (vzvod) dushman mudofaaning 
ichki sarhadlariga yorib kirgan taqdirda egallab turgan pozitsiyasidan barcha 
vositalarining o„t ochish amali bilan unga qat'iy tarzda shikast yetkazadi va uning 
keyingi olg„a harakatlanishini to„xtatadi, zarurat tug„ilganda esa olg„a siljiydi va 
tayyorlab qo„yilgan o„t ochish marrasini egallaydi.
Qarshi hujumni amalga oshirishga buyruq olgandan so„ng ikkinchi 
eshelondagi motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri razvedka yuboradi, 
bo„linmalar va o„t ochish vositalarining vazifalariga aniqlik kiritib, kelgusida, 
artilleriya olovining himoyasi ostida ko„rsatilgan yo„nalishda tezlik bilan 
harakatlanib, tanklar, piyodalar jangovar mashinalari va boshqa o„t ochish 
vositalarining o„t ochish amali bilan dushmanga shikast yetkazadi, uning jangovar 
tartiblarini buzadi hamda qo„shni bo„linmalar bilan hamkorlikda dushmanning 
qanoti va front ortiga dadil tarzda qarshi hujum uyushtiradi.
Brigadaning (motoo‟qchi batalyonning) birinchi eshelonidagi motoo‟qchi 
batalyon (vzvod) o„t ochish amali bilan ikkinchi eshelonning qarshi hujumiga 
madad beradi yoki brigada (motoo‟qchi batalyon) komandirining buyrug„iga 


90 
binoan kuchlarining bir qismi bilan qarshi hujumda ishtirok etadi, mudofaaga yorib 
kirgan dushmanni yo„q qiladi va yo„qotilgan pozitsiyalarni qayta tiklaydi.
Harbiy okrug qo„shinlarining (brigadaning) desant hujumiga qarshi rezervini 
tashkil qiluvchi motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri dushman havo desantini 
tushirish boshlanganini aniqlagach yoki uni yo„q qilish bo„yicha vazifa olgandan 
so„ng qo„shimcha razvedkani yuboradi hamda bo„linmalar va qo„shimcha berilgan 
o„t ochish vositalarining vazifalariga aniqlik kiritadi (ularning oldiga vazifalar 
qo„yadi). Desant hujumiga qarshi rezerv havo desantini tushirish hududi tomon 
tezlik bilan harakatlanadi, harakat mobaynida jangovar tartibga tizilib, barcha 
vositalarning o„t ochish amali bilan dushmanga shikast yetkazadi va dadil hujum 
bilan uni yo„q qilishni yakunlaydi.
Agar dushmanning havo desanti yerga tushgan va yig„ilib bo„lgan hamda 
hujum ob'ekti tomon harakatni boshlagan bo„lsa, desant hujumiga qarshi rezerv 
dushman tomon tez harakatlanib, olovli pistirmalar hamda yurishdagi qo„riqlash 
xizmatining harakatlari bilan uni siqib qo„yadi va unga shikast yetkazadi, asosiy 
kuchlar bilan esa to„qnash jangda desantni yo„q qilishni yakunlaydi. Dushman 
havo desantini harakat mobaynida yo„q qilishning imkoni bo„lmagan holatda 
desant hujumiga qarshi rezerv faol harakatlar bilan uni siqib qo„yadi, barcha 
vositalarning o„t ochish amali bilan unga shikast yetkazadi hamda qisqa 
tayyorgarlikdan so„ng dushmanga yana hujum qiladi va uni yo„q qilish uchun 
barcha choralarni ko„radi. Dushmanning havo desanti yo„q qilingandan keyin 
desant hujumiga qarshi rezerv yangi desantlarni yo„q qilish yoki boshqa vazifalarni 
bajarishga shay holatda tayinlangan hudud tomon harakatlanadi.

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish