91
2.3. Brigada tomonidan manyovrli mudofaa olib borilayotganida motoo‟qchi
batalyon tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakatlarning o„ziga xos
xususiyatlari
Brigada tomonidan manyovrli mudofaa (ta'minot chizig„ining mudofaasi) olib
borilayotganda Motoo‟qchi batalyon, qoidaga ko„ra, oldindan tayyorlangan bir
nechta marralarda jang olib boradi. Bunda u ketma-ketlik bilan bir marradan
boshqasiga o„tadi, olovli pistirmalardan keng foydalanadi, to„siqlar o„rnatadi
hamda vayronagarchiliklar keltirib chiqaradi.
Motoo‟qchi batalyon har bir marrada mudofaa hududini egallaydi. U yerda
dushman hujumining ehtimoli katta bo„lgan yo„nalishlarni qamrab oladigan hamda
tabiiy joyning qulay uchastkalarini saqlab turishni ta'minlaydigan alohida vzvod va
guruh tayanch punktlari yaratiladi.
Motoo‟qchi batalyonning jangovar tartibi rezerv yoki zirhli guruh ajratilgan
holda bir yoki ikki eshelonli qilib quriladi.
Motoo‟qchi batalyonning shtatdagi va qo„shimcha berilgan o„t ochish
vositalarining katta qismi vzvodlar ixtiyoriga beriladi. O„t ochish vositalari
shunday joylashadi-ki, bunda mudofaalanayotganlar fronti oldida o„t ochish
vositalarining ko„p qismi bilan eng uzoq marralardan o„t ochishni boshlash,
qo„shni tayanch punktlari bilan o„rtadagi oraliqlardagi ochiq joylarni o„qqa tutish
hamda birinchi eshelon vzvodlarining chekinishini ta'minlash imkoniyati mavjud
bo„ladi.
Yangi marra tomon motoo‟qchi batalyonning manyovri katta komandirning
ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Marradagi mudofaani tashkillashtirayotib, motoo‟qchi batalyon komandiri
odatdagi masalalardan tashqari yana quyidagilarni belgilab beradi: o„t ochib eng
katta uzoqliklardagi dushmanga shikast yetkazish hamda uning asosiy kuchlarini
tez hujumga o„tishiga yo„l qo„ymaslik tartibi; motoo‟qchi batalyon mudofaa
hududi va vzvod tayanch punktlarini aylanib o„tilishiga yo„l qo„ymaslik maqsadida
bo„linmalar va o„t ochish amalining manyovr qilishi mumkin bo„lgan yo„nalishlar;
bo„linmalarning jangdan chiqish tartibi (himoyalash bo„linmalarining tarkibi,
92
yig„ilish hududi va bo„linmalarning undan chiqish ketma-ketligi); boshqa marra
tomon manyovr qilish tartibi, olovli pistirmalarni qo„yish, to„siqlarni o„rnatish va
vayronalarning joylari.
Vazifalarni qo„yishda motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri jangovar
buyruqda, odatiy sharoitlarda mudofaani tashkillashtirish vaqtida bayon
qilinadiganlarga qo„shimcha ravishda bo„ysunuvchilarga jangdan chiqish tartibi,
Motoo‟qchi batalyonning (vzvodning) yig„ilish hududi va keyingi marra tomon
manyovr yo„lini ko„rsatib o„tadi.
Motoo‟qchi batalyon mudofaasining oldingi chizig„i oldiga jangovar
qo„riqlash xizmati qo„yilishi, razvedka (jangovar razvedka) dozori yuborilishi,
dushmanning harakatlanishi ehtimoli bo„lgan yo„nalishlarda muhandislik to„siqlari
o„rnatilishi va olovli pistirmalar tashkillashtirilishi mumkin.
Dushmanning olg„a harakatlanishi boshlanishi bilan motoo‟qchi batalyon
dozor, olovli pistirmalar va jangovar qo„riqlash xizmatining harakatlari, keyin esa
barcha vositalarning o„t ochish amali bilan eng katta uzoqliklardan boshlab unga
shikast yetkazadi, uni asosiy kuchlarini tizish va o„zi uchun noqulay yo„nalishda
hujum qilishga majbur qiladi. Dushmanning mudofaa hududini (tayanch
punktlarini) aylanib o„tishga bo„lgan alohida urinishlarining amalga oshishiga
tayyorlab qo„yilgan o„t ochish marralaridan unga shikast yetkazish yoki daf'atan
qisqa qarshi hujumni amalga oshirish uchun mazkur yo„nalishlarda rezervning
(zirhli guruhning) manyovri, shuningdek, bevosita motoo‟qchi batalyon
komandirining bo„ysunuvida qolgan artilleriya o„t osish amalining manyovri bilan
yo„l qo„yilmaydi.
Har bir pozitsiyani (tayanch punktini) saqlab turish uchun jang qat'iyligi bilan
ajralib turishi hamda hujum qilayotgan dushmanni imkon qadar uzoq to„xtatib
turish, uning tinkasini quritish va unga eng ko„p talofat maqsadida olib borilishi
kerak. Motoo‟qchi batalyon komandiri, o„t ochish amali va bo„linmalar bilan
mohirona manyovr qilib, to„siq va vayronalardan foydalangan holda birinchi
eshelondagi vzvodlarning tayanch punktlarini harakat mobaynida dushman
tomonidan egallab olinishiga yo„l qo„ymaydi.
93
Chekinishga buyruq olishi bilan motoo‟qchi batalyon jangdan chiqishni
amalga oshiradi. Chekinish oldidan yoki uni amalga oshirish vaqtida motoo‟qchi
batalyon rezerv yoki hujumga uchramagan pozitsiyalardan olingan bo„linmalar
(birinchi navbatda tankchi bo„linmalar) bilan nisbatan xavfli yo„nalishlarda
dushmanning harakatini to„xtatish maqsadida qarshi hujumni amalga oshirishi
mumkin.
Yorib kirgan dushmanning qurshovga olish, aylanib o„tish va zarbalar
berishga bo„lgan urinishlariga qarshilik ko„rsatish uchun keyingi marra tomon
manyovrni amalga oshirish vaqtida motoo‟qchi batalyondan front orti zastavasi,
zarurat tug„ilganda esa yon tomon yurish zastavasi chiqarilishi mumkin.
Manyovr yo„llarida avvaldan yaratilgan to„siqlardan foydalangan holda yurish
zastavalari joyda turib va harakat mobaynida o„t ochib, shuningdek, olovli
pistirmalarni qo„llab motoo‟qchi batalyon komandiri tomonidan ko„rsatilgan
vaqtga qadar dushmanning olg„a siljishini to„xtatib turadilar. Manyovr yo„liga
tushirilgan dushman desanti yo„q qilinadi yoki qurshovga olingandan so„ng aylanib
o„tiladi.
Manyovr mobaynida motoo‟qchi batalyon brigadaning boshqa bo„linmalari
tomonidan mudofaa qilinayotgan marradan o„tishi mumkin. Motoo‟qchi batalyonni
o„tkazib yuborish uchun o„tish koridorlari oldindan ko„rsatiladi va hamkorlik
tashkillashtiriladi.
Keyingi marraga yetib borgach, motoo‟qchi batalyon zudlik bilan mudofaani
egallaydi hamda jangovar qobiliyatni tiklash bo„yicha tadbirlarni o„tkazadi.
Motoo‟qchi batalyon yangi marradagi jangni xuddi oldingi marradagi singari olib
boradi.
Jangovar qo„riqlash xizmati pozitsiyalarining mudofaa asosiy doirasining
oldingi chizig„i oldidagi marrasi ta'minot chizig„idagi jang vaqtida manyovrli
mudofaaning so„nggi marrasi bo„lib xizmat qilishi mumkin. Unda motoo‟qchi
batalyon jangovar qo„riqlash xizmati tomonidan egallanmagan, oldindan
tayyorlangan tayanch punktlarining mudofaasiga o„tadi hamda jangni ular bilan
hamkorlikda olib boradi.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |