Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

jangovar 
buyruqda
quyidagilarni ko„rsatib o„tadi:
asosiy kuchlar tarkibida harakat qilayotgan bo„linmalarga – chekinishning 
maqsadi, vazifalar, jangdan chiqish tartibi, chekinish yo„nalishi yoki marshruti, 
bo„linmalarning yig„ilish hududi va unda jamlanish vaqti, boshlang„ich va tartibga 
soluvchi marralar, ulardan o„tish vaqti, shuningdek, chekinishning oxirgi marrasi 
(tayinlangan hududi) va qanday harakatlarga shay bo„lish kerakligi;
jangdan chiqishni ta'minlovchi himoya bo„linmalariga – tarkib, vazifalar, 
egallab turilgan pozitsiyalarni qancha vaqt davomida qo„lda saqlab turish kerakliki 
va ularni keyingi harakatlarining tartibi;
komandirning bevosita bo„ysunuvida qoluvchi artilleriya, zenit, tankka qarshi 
(granatomyotchi) bo„linmalar va boshqa o„t ochish vositalariga, shuningdek, 
muhandislik-sapyor seksiyasiga – vazifalar va chekinish tartibi;
qo„riqlash xizmati bo„linmalariga – tarkib va vazifalar.
Hamkorlikni tashkillashtirish vaqtida komandir bo„linmalarning jangdan 
chiqish va chekinish, yarador va bemorlarni olib ketish (jasadlarni olib ketish), 
nosoz holatdagi qurol-aslaha va jangovar texnikani evakuatsiya qilish tartibini 
ko„rsatadi; himoyalovchi bo„linmalarning harakatlari, ularning chekinish, muhim 
ob'ektlarni vayron qilish, to„siqlar qo„yish, shuningdek, artilleriya olovi bilan 
ularga madad berish tartibini muvofiqlashtiradi.


112 
Chekinish, qoidaga ko„ra, tunda yoki boshqa ko„rish chegaralangan 
sharoitlarda o„tkaziladi, biroq kunduzi ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda 
asosiy e'tibor niqoblashni tashkillashtirish masalalari, shuningdek, havodagi 
dushman va uning tanklariga qarshi kurashga qaratilishi kerak.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) jangdan chiqishni boshlashi bilan himoya qilish 
uchun oldindan tayinlangan bo„linmalar ularga ko„rsatilgan vaqtga yoki signalga 
qadar o„zlari egallab turgan pozitsiyalarda qoladilar hamda jangdan chiqganlariga 
qadar qanday harakat qilgan bo„lsalar shunday harakatlarni olib boradilar. Qolgan 
bo„linmalarni boshqarish vzvodlardan (jangovar, tankchi guruhlardan) birining 
komandiri tomonidan amalga oshiriladi, u bevosita Motoo‟qchi batalyon (vzvod) 
komandiriga bo„ysunadi va u bilan aloqani ushlab turadi.
Himoyalovchi bo„linmalar motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandirining 
buyrug„iga (signaliga) binoan daf'atan va odatda to„liq tarkibda chekinadilar. Agar 
dushman ularning chekinayotganini fosh qilsa va ta'qib qilishni boshlasa, ular, 
uning olg„a siljishini to„xtatib turgan holda bir marradan ikkinchi marraga yugurib 
o„tgan tarzda chekinadilar, ko„priklar (kechuvlar) va yo„l uchastkalarini vayron 
qiladilar, shuningdek, dushmanning harakatlanish yo„nalishlarida minali-portlovchi 
va boshqa to„siqlarni qo„yadi.
Dushman tomon faol harakatlar olib borayotgan sharoitda jangdan chiqish 
vaqtida Motoo‟qchi batalyon (vzvod) barcha vositalarning olovi bilan unga shikast 
yetkazadi, zarurat tug„ilganda esa uning olg„a siljishini oldini olish maqsadida 
kuchlarining bir qismi bilan yoki to„liq tarkibda qarshi hujumni amalga oshiradi, 
so„ngra ajratilgan bo„linmalar, artilleriya va granatomyotlarning o„t ochish amali, 
to„siqlar va aerozollar (tutunlar) himoyasi ostida tezda jangdan chiqadi.
Yig„ilish hududida motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri vzvodlarga 
(kuchaytirilgan jangovar, tankchi guruhlarga) mudofaaning yangi marrasini qo„lda 
saqlashga qaratilgan vazifalarga aniqlik kiritadi.
Chekinish vaqtida motoo‟qchi batalyonni (vzvodni) qo„riqlash front orti yurish 
zastavasi, zarurat tug„ilganda esa yon tomon yurish zastavalari tomonidan amalga 
oshirilib, ular harakat davomida va joydan turib olib boriladigan o„t ochish amali, 


113 
shuningdek, olovli pistirmalarning harakatlari bilan motoo‟qchi batalyon 
komandiri tomonidan ko„rsatilgan vaqtgacha dushmanning olg„a siljishini to„xtatib 
turadi. Zastavalar shuningdek motoo‟qchi batalyon komandirining buyrug„iga 
binoan ko„priklar (kechuvlar), yo„l uchastkalarini vayron qilishlari, minali-
portlovchi va boshqa to„siqlarni qo„yishlari mumkin. 
Arergardga tayinlangan motoo‟qchi batalyon oldindan ko„rsatilgan marradagi 
mudofaani egallaydi va uni belgilangan vaqtga yoki chekinishga buyruq berilgunga 
qadar qo„lda saqlab turadi. Arergard har qanday sharoitda ham brigada asosiy 
kuchlarining dushmandan uzoqlashib olishi va ularning yangi marraga uyushqoqlik 
bilan chekinishini ta'minlashi kerak.
Arergardning chekinishi brigada komandirining qaroriga ko„ra ketma-ket 
marradan marraga o„tib yoki o„ringa-o„rin o„tish, ya'ni chekinuvchi 
bo„linmalarning bir qismi keyingi marraga chekinib keng frontda u yerdagi 
pozitsiyalarni egallaydi va motoo‟qchi batalyonning qolgan bo„linmalarining 
chekinishini ta'minlab turadigan usulda amalga oshiriladi. Bo„linmalarning 
chekinishi vaqtida olovli pistirmalar, to„siq va vayronalardan keng foydalanildi. 
Vazifani bajargandan so„ng arergard brigada komandirining ko„rsatmasiga binoan 
harakat qiladi.
Bevosita jangdan chiqishni ta'minlash uchun qo„llanilmaydigan motoo‟qchi 
batalyonning texnik ta'minot va front orti bo„linmalari tayinlangan hududga 
oldindan olib borib qo„yiladi. Yarador va bemorlar, shuningdek, nosoz holatdagi 
qurol-aslaha va jangovar texnika oldindan evakuatsiya qilinadi. Himoyalovchi 
bo„linmalar qo„shimcha o„q-dori zaxirasi va sanitariya transporti bilan 
ta'minlanadi.

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish