«
meb
»
so„zi shu fabrikaning mebel ishlab chiqarishini,
zavod shartli belgisi yoniga yozilgan
«
mash
»
so„zi shu zavodning
mashinasozlik zavodi ekanligini; quduq shartli belgisi yoniga yozilgan
«
art
»
so„zi shu quduqning artezian qudug„i ekanligini, shosse, shartli belgisi o„rtasiga
qo„yilgan
«A»
harfi bu yo„lning to„shamasi asfalt ekanligini bildiradi.
Topografik xaritalarda tasvirlangan ob‟ektning katta-kichikligini va
ahamiyatiga qarab har xil shriftlar qabul qilingan. Masalan, aholi punktlarining
nomi ular aholisining soni va ma‟muriy ahamiyatiga qarab turli kattalikdagi
shriftlar bilan yoziladi. Daryo va kanallarning nomi ularning kema qatnovi uchun
yaroqli yoki yaroqsizligiga qarab har xil kattalikdagi shriftdagi yozuvlar bilan
yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |