343
Kartometrik ishlarning qay darajada aniqlik bilan
olib borilishi xaritaning
masshtabiga bog„liq bo„lib, masshtabi qancha yirik bo„lsa, bu ishlar shuncha
aniqlik bilan bajariladi.
Topografik xarita bilan joyda ishlash vaqtida xaritani orientirlashga, o„zi
turgan nuqtani xaritadan topishga, marshrut bo„yicha yurilganda esa
topografikxaritani joy bilan taqqoslab borishga to„g„ri keladi.
Shuning
uchun,xaritani orientirlash, kuzatuvchi turgan nuqtani aniqlash va xarita bilan
marshrut bo„yicha yurish to„g„risida ham ma‟lumot beriladi. Xaritadan
foydalanganda, kop„incha undan nusxa ko„chirishga ham to„g„ri keladi, shu
sababli bu haqda ham qisqacha to„xtab o„tiladi.
Topografik xaritani o„qish uchun, avvalo uning shartli belgilarini yaxshi
bilish kerak bo„ladi. Ma‟lumki, topografik xaritaning shartli belgilari ma‟lum
geografik ob‟ektlarning xususiyatlarini xarakterlab beradi.
Shuning uchun xaritaning shartli belgilarini yaxshi o„zlashtirib olgan kishi
xaritadan ma‟lum geografik ob‟ektlar to„g„risida ancha mukammal ma‟lumot ola
biladi. Masalan, aholi punktining
xaritadagi tasviriga qarab, undagi kvartal va
ko„chalar, muhim binolar, zavod va fabrikalar, madaniyat va xo„jalik
muassasalarining joylashuvi, shartli belgi yonida berilgan yozuvlarni o„qib, bu
ob‟ektlar nomini, yozilish xarakteriga qarab esa tipini (qishloq,
posyolka yoki
shahar ekanligini) va boshqa xususiyatlarini aniqlash mumkin. Aholi punkti
ichidagi bino shartli belgisi yonida berilgan qisqartma yozuvga qarab, bu
binoning maktab, kasalxona, klub, fabrika yoki zavod ekanligini bilish mumkin.
Qishloq tipidagi aholi punkti nomining ostiga yozilgan raqamga qarab,
shu qishloqdagi xo„jaliklar sonini, qisqartma yozuvlarga qarab,
qishloq yoki
tuman idorasi joylashganligini, shartli belgilarga qarab esa bu yerda pochta,
telegraf bo„limlari, shuningdek, bu qishloq atrofida poliz, bog„
va boshqa ekin
maydonlarining bor-yo„qligini bilib olish mumkin.
Xaritada ko„rsatilgan turli geografik ob‟ektlar bir-biri bilan chambarchas
bog„liq va bir-birini taqozaqiladi. Masalan, yo„llar va boshqa topografik
elementlar bilan aholi punktlari, shu hududdagi relyef, gidrografiya bilan bog„liq
344
holda ko„rsatiladi. Binobarin, xaritada tasvirlangan geografik ob‟ektlar bir-biriga
bog„liq ekanligini hisobga olib, ma‟lum bir hududning geografik xususiyatlarini
ochib berish mumkin.
Masalan, xaritada tasvirlangan relyef shakllari shu hududning
gidrografiyasi haqida, aholi punktlari hamda yo„llari
esa hududni qanchalik
o„zlashtirilganligi haqida tasavvur bera oladi.
Xulosa qilib aytsak, xaritani o„qish uning shartli belgi va yozuvlari hamda
xaritada (rasm) tasvirlangan geografik ob‟ektlarning bir-biriga chambarchas
bog„liq ekanligi asosida hududning geografik xususiyatlarini bilib olish
demakdir.
Rasmda berilgan 1:25000 masshtabli topografikxaritaning kichik bir qismida (ikkita katakda)
tasvirlangan joy bilan umumiy tarzda tanishib chiqamiz.
Xaritada tasvirlangan hududning o„rtasidan shimoldan janubga tomon
Sirdaryo oqib o„tadi. Daryoning o„rtacha kengligi 295 m, chuqurligi 5 m,
suvning oqish tezligi 0,6 m/s. Daryoda kema qatnay oladi. Daryoning o„ng
qirg„og„i tik bo„lib, unda jarlar bor, chap qirg„og„i esa yotiqdir.
Sirdaryoning
o„ng qirgo„g„ida Qo„shtol qishlog„i joylashgan, qishloqda 22 xo„jalik yashaydi.
Qishloqning janubi-g„arbidan shimoli-sharqiga tomon yo„l o„tadi. Bu yo„lning
ikki tomonida uylar joylashgan. Uylarning orqa tomonida polizlar bor.
Qishloqning sharq va shimol tomonida katta jar joylashgan bo„lib, bu jardan
oqib keladigan suv Sirdaryoga quyiladi. Jarning shimol tomonida bog„ bor.
345
Hududning shimoli-g„arbiy qismidan so„qmoq yo„l o„tgan bo„lib, uning absolyut
balandligi 371,5m bo„lgan geometrik nuqta (relyef) yaqiniga kelib ikkiga
bo„linadi va biri shimoli-sharqqa, ikkinchisi esa sharqqa tomon ketadi. Sir-
daryoning o„ng qirg„og„ida joylashgan yerlar g„arbdan sharqqa tomon pasaya
borib, Sirdaryoga yaqin kelganda nishablik yana ortadi va tik o„yilgan
jarga
borib tushadi. Daryoga chap tomondan shimoli-sharqdan janubi-g„arbga qarab
oquvchi soy quyiladi. Bu soyning shosse kesib o„tadigan joyiga ko„„rik qurilgan.
Ko„prikning uzunligi 30 m bo„lib, u 8 tonnagacha yuk ko„tara oladi
.
Do'stlaringiz bilan baham: