Xaritalar masshtablari. Biron-bir kartografik to„r chizilganda, tasvirlanishi kerak bo„lgan hudud
dastlab tuzilayotgan xarita masshtabidagi globus yuzasiga tushirilgan deb faraz
qilinadi. So„ngra bu globus ma‟lum matematik usul, ya‟ni kartografik proektsiya
asosida tekislikka (qog„ozga) yoyiladi. Shunda proektsiyaning ba‟zi chiziqlarida
faraz qilingan globus masshtabi saqlanib qoladi. Bu masshtab -bosh masshtab
deyiladi. Bu masshtab odatda xaritada berilgan bo„ladi. proektsiyaning boshqa
qismlarida masshtab bosh masshtabdan katta yoki kichik bo„ladi va u xususiy
masshtab deb yuritiladi. Demak xaritaning masshtabi uning turli joyida turlicha
bo„ladi.
339
Topografikxaritaning elementlari bir-biriga chambarchas bog„liqdir. Hozirgi
vaqtda topografikxaritalar masshtabi 1:10000, 1:25000, 1:50000, 1:100 000,
1:200 000, 1:500 000, 1:1 000 000 shaklida raqamlanadi.