Abuzalova M



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/271
Sana09.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#438691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   271
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Shirinova R.X., 
the candidate of philological sciences, professor 
Raupova L.R., 
the candidate of philological sciences, professor 




KIRISH 
 
Milliy istiqlol o„zbek xalqiga nafaqat siyosiy va iqtisodiy mustaqillk 
bag„ishladi, balki milliy o„zligini anglash va, eng muhimi, uni jahonga 
yoyib, IX-X1V asrlardagi shuhrati-yu an‟anasini mas‟uliyat bilan 
davom ettirish imkoniyatini ham berdi. “Bozor iqtisodiyotiga o„tishning 
o„zbek modeli”, “Kadrlar tayyorlashning o„zbek modeli” va “2017-2021- 
yillarda O‟zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‟nalishi bo‟yicha Harakatlar strategiyasi”
1
kabi o„z yo„limizni tanlab 
olish imkonini beruvchi qator dasturilamal huquqiy hujjatlar xalqning 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma‟rifiy, ta‟limiy o„sishini 
ta‟minlash bilan birga o„zbek olimlarining mustaqil ilmiy yutuqlarini 
qo„llab quvvatlash, dunyo miqyosida ommalashtirish imkonini ham 
berdi. 
Sobiq sho„ro tuzumi tarkibida bo„lgan turli millat vakillarini (milliy 
o„zligini hisobga olmay) sun‟iy birlashtirishning muhim omillaridan biri 
bo„lib kelgan “Ta‟lim baynalmilaldir”, ”Grammatika baynalmilaldir” 
shiorlarining ta‟lim tizimida hukmronligiga O„zbekiston Respublikasi 
mustaqillikning ilk qadamlaridayoq, jumladan, 1992-yilda qabul qilingan 
ta‟lim to„g„risadagi Qonuni bilan chek qo„yilgan bo„lsa-da, milliy ta‟lim 
mazmunining amaliy tatbiqi ularni ijtimoiy bekor qilinishdan ko„ra 
ancha qiyin va murakkab kechmoqda, chunki mazkur mash‟um shiorlar 
asosidagi ta‟lim yarim asrdan ko„proq davr ichida xalqimiz ongini 
zaharlab, tilining grammatik qurilishi xususiyatlarining haqqoniy-milliy 
talqini bilan xalq ongiga sepiladigan milliylik urug„larini cheklab keldi, 
milliy mafkurasini so„ndirmoqchi bo„ldi. Bu aksmilliy harakatning 
tafakkur va ongimizdagi salbiy ta‟sirini yo„qotish uzoq yillik maqsadli 
va mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Tilshunoslik siklidagi fanlar bu 
jarayonda alohida ahamiyat va mavqeyga egadir. Buning sababi 
1
Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисида»ги Қонуни/ /Баркамол авлод – 
Ўзбекистон тараққиѐтининг пойдевори. – Т.: Шарқ, 1997. – 64 б. – 20-29-б.; Ўзбекистон 
Республикасининг «Кадрлар тайѐрлаш миллий дастури»// Баркамол авлод – Ўзбекистон 
тараққиѐтининг пойдевори. – Т.: Шарқ, 1997. – 64 б. – 31-60-б.; 
www.uzxabardor.uz 
O„zbekiston Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan «2017–2021- 
yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha 
Harakatlar strategiyasi». 



shundaki, uzoq yillar davomida milliy til grammatik qurilishuning 
mutlaq milliyligi sho„ro tuzumi tasarrufidagi xalqlardan 
(sobiq 
ittifoqning siyosiy tuzumiga tamoman zid ta‟limot sifatida) sir tutib 
kelindi. Aksincha, mantiq, aniq fanlar singari grammatika ham nomilliy 
fan sifatida baynalmilal shaklda tahlil va talqin etildi, o„qitildi. 
Vaholanki, turli tillarning grammatik qurilishidagi o„xshashlik aldamchi, 
zohiriy, yuzaki hodisa, sarobdir va grammatika mohiyatini chuqur 
anglamagan kishi tasavvuri uchun xos. Buni (o„z ustozlari so„zlarini uqa 
olmagan yoki uqishni istamagan) sovet mafkurachilarining metodologik 
asoschilari Fridrix Georg Hegel qariyb ikki yuz yil oldin–1831-yilda 
“Mantiq fani” kitobi muqaddimasida shunday so„zlar bilan ifodalagan 
edi: “
Mantiq ham, grammatika ham mohiyatan ikki turli va ikki xil 
ahamiyatga ega. Boshlovchilar, fan bilan yuzaki tanishayotganlar uchun 
u bir narsa bo„lsa, fanlarni o„zlashtirib, fan mohiyatini uqub unga 
qaytadiganlar uchun mantiq va grammatika tamoman boshqa olam... 
O„z ona tili bilan bir qatorda boshqa tillarni ham biladigan, ularning 
grammatik xususiyatlarini o„zaro qiyoslay oladigan kimsagina milliy 
tilning grammatik qurilishida xalqning ruhiyati va madaniyati aks 
etayotganligini ocha oladi. Endi unga oldin ham tanish bo„lgan quruq 
shakl va qoidalar tamoman boshqa qiymat va qadriyat, mukammal 
mazmun va tugal mohiyat kasb etadi. Bunday kimsagina grammatika 
orqali ruhiyat – qat‟iy mantiqiylik voqelanayotganligini tuya oladi
”. 
Grammatik qurilishning chuqur milliy tabiati va mohiyatini 
buyuklardan birortasi ham shu darajada qat‟iylik va keskinlikda 
ta‟kidlashmagan. Afsuski, bu fikrni targ„ib etish rasm emas, zeroki bu 
talqin kattami, kichikmi, hokimmi, tobemi – har bir til grammatikasiga 
xalqidek betakrorlik, teng huquqlik va mustaqillik, milliy iftixor ruhini 
beradi. Bu esa hammaga ham yoqavermaydi, zo„ravonlik bilan tuzilgan 
ko„p millatli imperiyalar uchun esa u o„ta xavflidir. Lekin mustaqil 
taraqqiyot yo„liga o„tgan millatlar uchun bu g„oya milliy ravnaq yo„lchi 
yulduzlaridan biriga aylanmog„i zarur. Zeroki, ona tili grammatik 
qurilishini to„g„ri talqin qilish bilan kimsa ongidagi milliy tafakkur tarzi 
va milliy mafkura urug„larining parvarishiga, ularning 
gullab 
yashnashiga erishish mumkin. Buning uchun ona tili grammatik qurilishi 
talqini sof milliy mohiyatli bo„lmog„i lozim. Bugun milliy istiqlol 



sharofati bilan Vatanimizda ona tilimizning shunday talqinini yaratishga 
mustahkam poydevor yaratildi – ona tilimizning milliy tabiatini ochib 
berishga qaratilgan ilk tizimlar ishlab chiqildi, jiddiy qiyinchiliklar bilan 
bo„lsa-da, ta‟lim tizimiga joriy etilmoqda va ommalashmoqda. 
Qiyinchiliklarning eng kattasi shu yo„nalishdagi zaruriy adabiyotlarning 
yetarli 
emasligidadir. 
Zeroki, 
yetakchi 
tilshunoslar 
O.Azizov, 
A.Abduazizov, A.Irisqulov, A.Sodiqov, S.Usmonov, Z.Xolmonovalar- 
ning tilshunoslik nazariyasi o„quv fanidan darslik va qo„llanmalari 
mavjudligini e‟tirof etgan holda aytish mumkinki, mazkur darslik shu 
mazmundagi ishlarni to„ldiradi. 
Aytish joizki, jahon tilshunosligining bir bo„lagi bo„lgan o„zbek 
tilshunosligida til yoki nutq hodisalari hozirgacha, asosan, to„rt xil 
yondashuvda tadqiq etilganligini kuzatamiz. (Tilshunoslik yo„nalishining 
nomi ham uning tadqiq usullari nomi bilan ataldi.) Bular quyidagilar– 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish