Fe’l nisbatlari



Download 89,3 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi89,3 Kb.
#466184
Bog'liq
l nisbatlari

FE’LLARNING NISBAT KATEGORIYASI

REJA:

1. Nisbat kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot.

2. Fe’l nisbatlarining turlari:

1) aniq nisbat shakllari;

2) o`zlik nisbat shakllari;

3) majhul nisbat shakllari;

4) birgalik nisbat shakllari;

5) orttirma nisbat shakllari.

3. Nisbat shakllari o`rtasidagi omonimlik va ularni farqlash yo`llari.

NISBAT KATEGORIYASI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Fe’l ifodalagan harakat bilan uning bajaruvchisi (subyekti) va predmeti (obyekti) yoki bir necha bajaruvchi (subyektlar) orasidagi munosabatlarni ifodalovchi grammatik ma’nolar, ularni aks ettiruvchi grammatik shakllar hamda grammatik ko`rsatkichlar yig`indisi nisbat kategoriyasi deb ataladi:

  • Bilim baxt keltirar. (Maqol)
  • 2. Bobo-nevara Akbaralining eshigini qoqishdi.(As.M.)

NISBAT KATEGORIYASI

Kampir (subyekt) bemorning to'zigan sochlarini (obyekt) tuzatdi (harakat). (A.Q.)


SUBYEKT
OBYEKT
HARAKAT

ANIQ NISBAT SHAKLLARI

Harakatning bajaruvchisi (subyekti) aniq bo`lib, ega vazifasida, obyekti to`ldiruvchi, fe’l esa kesim vazifasini bajarsa, bunday nisbat aniq nisbat deb yuritiladi. Masalan: Sulton suyagini xo'rlamas.

O`ZLIK NISBAT SHAKLLARI

Bu nisbatdagi fe’lda harakatning subyekti bilan

obyekti bir shaxsning o`zi bo`ladi. Masalan: Saida kiyindi.

Qo`shimchalari: a) –n,(–in) : maqta-n, o`ra-n, yuv-in, kiy-in kabi;

b)–l,–il : surka-l, shosh-il kabi;

d) –lan (-la+-n dan tuzilgan qo`shma affiks) affiksini qo`shish bilan: zavq-lan, tinch-lan, shod-lan kabi;

e) –ish qo`shimchasini qo`shish bilan: ker-ish kabi.


Subyekt
(Saida)
Harakat
(kiyindi)
Obyekt
(yo`q)

MAJHUL NISBAT SHAKLLARI

Bu shakldagi fe’lda harakat bajaruvchisi subyekt

(ega) emas, obyekt (to`ldiruvchi) sanaladi yoki

harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum

bo`ladi. Aql bozorda sotilmas.

a) –n,(–in) : ula-n(di), ol-in(di);

b)–l,–il : yasa-l(di), yut-il(di) kabi;


SUBYEKT
(yo`q)
HARAKAT
(sotilmas)
OBYEKT
(Aql )

BIRGALIK NISBAT SHAKLLARI

Bu nisbatdagi fe’lda ish-harakat bir necha subyekt tomonidan birgalikda bajariladi. Masalan: Namozdan kelayotgan odamlar ham shu yoqqa yugurishdi. (O.)

Qo`simchalari:

a)–sh,–ish: sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi;

b)–lash (-la+-sh qo`shma affiksi): yordam-lash(di), bahs-lash(di) kabi.


SUBYEKT
Odamlar
OBYEKT
shu yoqqa
HARAKAT
yugurishdi

BIRGALIK NISBATNING MA’NO TURLARI

  • Harakat subyektlar tomonidan bir paytda bajariladi: Qoratoy bilan O'roz yigitni avaylab ko'tarib, ushlanib qolmaslik uchun, jo'rttaga xalq ichiga sho'ng'ishdi. (O.)
  • 2. Harakat subyektlar tomonidan ketma-ket bajariladi:

    Qizi onasiga paxta terishishdi.

ORTTIRMA NISBAT SHAKLLARI

Bu nisbat shaklida harakat grammatik subyekt

(ega)ning boshqa bir subyekt yoki obyektga

ta’siri, tazyiqi bilan bajariladi: Kampir nevarasiga xatni o‘qitdi.

Qo`shimchalar: -t, -ir, -z, -qiz, -qaz, -kaz, tir, -ar, -giz, g`iz, -iz, -sat.


2-SUBYEKT
(obyektga aylangan)
nevarasiga
OBYEKT
xatni
HARAKAT
o`qitdi
1-SUBYEKT
Kampir

NISBAT SHAKLLARI O`RTASIDAGI OMONIMLIK VA ULARNI FARQLASH YO`LLARI

1. O`zlik va majhul nisbatlar omonimligi:

Farqlash yo`li: gap mazmunidan yoki fе'ldan oldin o‘zi so‘zini

kеltirib ko‘rish bilan aniqlanadi: Mukofotlar bеrildi. Alishеr

o‘qishga bеrildi. (1-fе'l majhul, 2-fе'l o‘zlik nisbatdadir).

2. O`zlik va birgalik nisbatlar omonimligi:

Farqlash yo`li: gap mazmunidan: U kelishdi.(o`zlik n.)

Bolalar kelishdi. (birg.n.)

3. Orttirma nisbat va sifatdosh, kelasi zamon shakllari omonimligi: -ar qo`shimchasi. Gap mazmunidan. Qo`lini cho`ntagidan chiqardi(ort.n.) U darsga borar .

UYGA VAZIFA

1. Badiiy asarlardan mavzuga doir 4 ta gap ko`chirish va tahlil qilish.

2. Mavzu bo`yicha mashqlarni bajarish.

3. Mavzu bo`yicha LTQ variantlarini to`ldirish.


Download 89,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish