38
tushunchalarni bildiradi. Masalan, borliqda
yuz
deb
ataluvchi kishi
burnining ikki tomonidagi peshonadan iyakkacha bo„lgan qismi mavjud.
Shu asosda kishilar ongida
yuz
tushunchasi vujudga kelgan.
Mazkur
tushuncha asosida esa semema (leksema ma‟nosi) shakllanadi.
Tushuncha bilan ma‟no bitta narsa emas, ular farqli xususiyatlarga ega.
Masalan, ingliz, rus, nemis tillarida so„zlashuvchi kishilarning ongida
aka
va
uka
tushuchalari mavjud. Biroq bu tushunchalar
brother
(ingliz),
брат
(rus) va
bruder
(nemis) leksemalarida bitta ma‟no (semema)da
birlashgan. Yoki
[yuz], [bet], [bashara], [chehra], [oraz]
leksemalari
bitta tushunchani ifodalaydi, lekin ularning ma‟nolari o„zaro farqlanadi.
Leksemalarning mazmun silsilasi bo„lgan sememani tashkil etuvchi
uzvlar semalardir. Nomema tovushlarning
turlicha kombinatsiyalari
asosida tashkil topganligi kabi, ana shu semalarning turlicha birikuvi va
ba‟zilarining o„rin almashinuvi asosida turli mazmundagi semema
vujudga keladi. Bu sememalarning semik tarkibi quyidagicha:
[
yuz
] – “odamga xos”, “boshning old qismi”, “burunning ikki
tomoni”, “peshonadan iyakkacha”, “burundan quloqqacha”, “qo„llanishi
chegaralangan”,
“uslubiy
betaraf”,
“turkiy
qatlamga
oid”,
“umumiste‟mol”.
[
jamol
] – “odamga xos”, “boshning old qismi”, “burunning ikki
tomoni”, “peshonadan iyakkacha”, “burundan quloqqacha”, “qo„llanishi
chegaralanmagan”, “badiiy uslubga xos”, “arabiy qatlamga xos”. Har
ikkala leksema ham bir tushunchani ifodalaydi. Ularning mazmun rejasi
– sememalarining semik tarkibi farqlanadi.
Leksemalar sememalarining
atash semalari denotatning in‟ikosi – tushunchani ifodalaydi. Har bir
leksema sememasi o„xshash va farqlovchi semalarga ega. O„xshash
semalar ularni
guruhlarga birlashtirishga, farqli semalar esa ajratish
uchun xizmat qiladi.
Leksemaning nutqiy qo„llanishidagi varianti so„zlar bo„lib, ular
turlicha matniy qurshovlar asosida har xil xususiyatlar kasb etadi.
Leksemalar tub yoki yasama bo„lishi mumkin. Masalan, [
kitob
],
[
savdogar
],
nonchi
birliklarini olaylik. Qatordagi [
kitob
], va [
savdogar
]
birliklari
tayyorlik, umumiylik, ijtimoiylik xossalariga ega.
Biroq
tilimizda
nonchi
degan lisoniy birlik yo„q. U nutq jarayonidagina hosil
qilinishi mumkin va yuqoridagi birliklar ega bo„lgan xususiyatlardan
39
xoli.
Nonchi
birligining nutq jarayonigagina
xosligi tayyorlik belgisiga
ega emasligini ko„rsatadi.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: