235
tilida –
видел
so„zidagi [-
ел
] qo„simchasi zamon (o„tgan zamon), son
(birlik), shaxs (birinchi), mayl, rod ma‟nolarini ifodalaydi.
Flektiv tillarga so„z yasovchi va so„z o„zgartiruvchi funksiyani
bajaradigan ichki fleksiya xos. Bunda o„zak - negizda tovush almashuvi
bilan turli grammatik ma‟nolar ifodalanadi.
Ichki fleksiyada undosh tovushlar ham,
unli tovushlar ham
o„zgarishi mumkin. Ingliz va nemis tillarida ko„proq unli tovush
o„zgarsa, rus tilida ko„proq undosh tovushlarning o„zgarishi kuzatiladi.
Masalan, ingliz va nemis tillarida kuchli fe‟llarning asosiy formalarini
yasaydigan ablaut hodisasi quyidagicha:
nemis tilida –
singen – sang – gesingen
;
ingliz tilida –
sing - sang-sung; bring – brought – brought; see –
saw – seen.
Son kategoriyasining ko„plik shakli nemis va ingliz tillarida ham
agglyutinativ (affiksatsiya) usulida ham ichki fleksiya orqali yasalishi
kuzatiladi:
ingliz tilida - 1)
sister – sisters, book – books, eye – eyes, egg – eggs;
2)
foot –feet, toose – teese, goose – geese, woman – women, child –
children.
Nemis tilida otlar quyidagicha qo„shimchalar orqali yasaladi:
[-e]
Der Tisch (stol) – Die Tische (stollar);
[-en]
Der Student – Die Studenten ;
[-n]
Die Tafel – Die Tafelen (doskalar);
[-er]
Das Buch – Die Bucher (kitoblar).
Xuddi shu ko„rinishlararo ichki fleksiya ham kuzatiladi. Chunonchi,
Buch-Bucher, Bruder – Bruder (aka-akalar).
Nemis
tilidagi
Bruder –
aka
oti ko„pgina hind – yevropa tillarida ma‟lum bir fonetik o„zgarishlar
bilan ko„rinadi. Masalan,
rus
polyak
ingliz
nemis
fransuz
fors
брат brat
brother
bruder
frere
birodar
Mather (ona), father (ota), sister (opa)
so„zlari ham fonetika
differensiyalarni namoyon qiladi:
rus
ingliz
nemis
fransuz
fors
мать
mother
mater
mer
modar
папа
father
pater
per
padar
236
сестра
sister
schwester
sceur
-
Flektivlik fors tilida ham ko„rinadi.
Shudan (bo„lmoq) – shaved;
kardan – kun
(buyruq maylida)
– bikun; shushtan (yuvmoq) – sho„y
(bisho„y).
Fransuz tilida undosh tovushlarning almashishi sifatning rod
formalarini ham o„zgartiradi:
rond – круглый
(muj.r.),
aylana
( [d] tovushi talaffuz etilmaydi).
r
onde – круглая
(jеn.r.) ([d] aytiladi).
grand – katta
–
большой
([d] aytilmaydi).
grane
–
большая
([d] aytiladi).
Hind-yevropa tillarida grammatik ma‟no ifodalashning yana bir usuli
suppletivizmdir. Buni quyidagi misollarda kuzatamiz:
hoz.z.
o„tgan z.
kel.z.
ingliz t.
am-are
was/were
shall/will
is-are
To be
(bo„lmoq) fe‟lining zamonlar bo„yicha
tuslanishi mana
shunday suppletiv yo„l bilan hosil qilinadi. Va, nihoyat, gap sohasida
hind – yevropa tillarining umumiy xususiyati shundaki,
bunday tillarda
ega va kesimning qat‟iy ishtiroki va o„rni muhim ekanligi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: