Abuzalova M


Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/271
Sana09.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#438691
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   271
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar 
Hind-yevropa tillari oilasi, bu oilani o„rganish tarixidan, 
ovrupashunoslar va ularning tadqiqot manbalari, metodlari, hind – 
yevropa tillarining qarindoshligi, hind – yevropa tillari oilasining 
guruhlanishi, eng yirik guruh, eng yirik (so„zlashuvchilar va jahondagi 
o„rniga ko„ra) tillar, hind – yevropa tillarining ichki (lisoniy) 
xususiyatlari, hind – yevropa tillari flektiv tillar sifatida. 
 
Genealogik tasnif asosida, tillarni qiyosiy-tarixiy metod orqali 
organish, avvalo, hind – yevropa tillari materiallarida ishlab chiqilgan 
edi. Bunda XIX asrning birinchi yarmida nemis filologi F.Bonn (1791- 
1867), rus tilshunosi A.X.Vostokov (1781-1864), nemis 
olimi 
A.Shleyxer (1821-1868),fransuz tilshunosi F.Dits (1794-1876)lar hind- 
yevropashunoslikka asos soldilar. Bundan keyin som-xom, fin-ugor, 
turkiy, kavkaz tillari oilasi tasniflandi. 
Fransuz gumanisti Gvilyelm Postellus (1510-1581) ozining 
“Tillarning qarndoshligi haqida”, gollandiyalik olim Iosif Skaliger 
(1540-1609) esa “Yevropaliklarning tillari haqida mulohazalar” nomli 
tadqiqotlarida yevropa tillari doirasida 11ta “ona til”larni ko„rsatadilar. 4 
ta “katta”: grek, latin (roman tillari bilan), tevton (german), slavyan 
hamda 7ta “kichik”: alban (epirot), irland, kimrcha (britt), tatar, fincha, 
venger va bass tillari. Tilshunoslar qadimgi hind (sanskrit) tilini ilmiy 
o„rgana boshlaydilar. Sanskrit tilini o„rganish esa qiyosiy -tarixiy 


228 
tilshunoslikning shakllanshiga katta ijobiy ta‟sir ko„rsatdi. 1786-yilda 
ingliz sharqshunos olimi Vilyam Djounz (1746-1794) Kalkuttada qilgan 
imiy ma‟ruzasida sanskrit tilining grek, latin, kelt, got va qadimgi fors 
tillari bilan qarindosh ekanligini ko„rsatib berdi. Sanskrit tilini “klassik 
tillar ”ga qiyoslab, bu tillarda faqat o„zaklarninggina emas, balki 
grammatik (forma) shakllarning ham o„xshash, bog„liq ekanligini va bu 
o„xshashliklarning tasodifiy emasligini, bular hind-yevropa tillari orasida 
qarindoshlik munosabati borligini ko„rsatadi, deya mulohaza yuritdi. 
Frans Bopp (1791-1867) esa xuddi shu yonalishda, ya‟ni sanskrit tili 
va ko„pgina yevropa tillarini qiyoslash asosida 1816-yilda “Sanskrit 
tilining tuslanish sistemasi va uni grek, latin, fors va german tillaridagi 
tuslanish sistemasiga qiyoslash” nomli asarini e‟lon qildi va bu asarda 
mazkur tillardagi tuslanishning o„xshashligini, bu tillarning 
bir 
manbadan kelib chiqqanligini ko„rsatib o„tdi.Olim o„zining III tomli 
“Sanskrit , hind, arman, grek, latin, litva, qadimgi slovyan , got va nemis 
tillarining qiyosiy grammatikasi” nomli asarida (1833-1852) hind- 
yevropa tillarida fleksiyaning kelib chiqish tarixini o„rganib, 
tilshunoslikda “agglyutinatsiya” nazariyasini ishlab chiqdi. 
Hind-yevropa tillari oilasini o„rganish sohasida Y.Grimm va 
R.Rasklar ham katta xizmat ko„rsatishgan. Xususan, Rasmus Rask 
(1787-1832) o„zining “Qadimgi island tili va island tilining paydo 
bo„lishi” (1814) nomli asarida tillarning qarindoshligi so„zlarning 
o„xshashligiga emas, balki grammatik formalarning o„xshashligiga 
asoslanishi kerakligini qayd qilgan. Yakob Grimm (nemis olimi) (1785- 
1863) esa german tillari qiyosiy grammatikasini yaratdi.1819-1877-yillar 
davomida to„rt tomlik “Nemis tili grammatikasi” asarida german tillari 
va boshqa hind-yevropa tillariga xos bo„lgan fonetik sistemani 
qiyoslaydi. Bu qonun “Grimm qonuni” deya nom qozongan bo„lib, 
german tillaridagi [f], [b], [h] tovushlari hind-yevropa tillaridagi [p], [t], 
[k]
tovushlariga mos kelishini isbotlaydi. 
Slovyan va roman tillarini tadqiq etish borasida M.V.Lomonosov 
(1711-1765) 
ham 
izlanishlar 
olib 
borgan. 
Uning 
“Rossiya 
grammatikasi” (1755), “Rossiya (rus) tillariga qarindosh tillar hamda 
qadimgi dialektlar haqida” (tugallanmagan) asarlari ma‟lum. 


229 
1820-yillarda mashhur rus tilshunosi A.X.Vostokov o„zining 
“Slovyan tili haqida mulohazalar” asarida slovyan tillarining genetik 
aloqalarini asoslab berdi. Quyosiy - tarixiy tilshunoslik haqida, ayniqsa, 
hind-yevropa tillari oilasi haqida gapirganda buyuk olim Avgust 
Shleyxerning 
naturalistik 
qarashlariga 
to„xtalmasdan bo„lmaydi. 
Shleyxerning “Сравнительно-ингвистическое иследование” (1848- 
1850), «Немецкий язык» (1859), «Компендий сравнительной 
грамматики индоевропейских языков» (1861-1862) kabi asarlarida 
uning eng asosiy g„oyalari o„z aksini topgan. Olimning tilga “jonli 
organizm” sifatida qarash, jonli organizmlarga xos “tug„ilish, rivojlanish 
va o„lish” (inqiroz) hodisalari aynan til misolida yaqqol ko„rinishini 
e‟tirof etish, tillar shajarasi va bobo til masalalarini tadqiq etish 
faoliyatining naturalistik tafakkuri asosini tashkil qilar edi. 
A. Shleyxerning fikricha, dunyo tillarining barchasi uchun umumiy 
bobo tilni o„rnatish mumkin emas. Demak, bir necha bobo tillar bor 
bo„lgan. Chunonchi, tillarning ko„pgina qismi yo„qolgan va 
yo„qolayotgan bir paytda, bizga ma‟lum bo„lmagan juda ko„p tillar 
bo„lganligini va shunga yarasha ko„plab bobo tillar bo„lganligini 
tasavvur qilish mumkin. “Hayvon va jonzotlarga xos yashash uchun 
kurash” qonunini tilga tadbiq etib, shunday xulosaga keladi. 
“Insoniyatning hozirgi davrida “yashash uchun kurash”da hind-german 
tillari g„oliblik qilmoqda, ularning yoyilishi hanuz davom etmoqda, 
boshqa ko„plab tillar ular tomonidan siqib chiqarilgan”. Tillar tasnifi 
masalasiga keladigan bo„lsak, Vilgelm fon Gumboldtt nazariyasidan 
(tillarni 4 tipga bo„lish) farqli ravishda, u Avgust Shlegel g„oyasiga 
qo„shiladi, tillarni 3 turga bo„ladi. 
1.
Tarkibli (односложные), agglyutinativ va flektiv. U buni yer 
yuzidagi taraqqiyot bosqichlari bilan uyg„unlashtiradi; xitoy, kxasi, 
birma, namakva tillari arxaik ko„rinishlar, turk-tatar, mo„g„ul, fin, 
venger, dravid, tibet tillari o„tuvchi, oraliq tillar, semit va hind – yevropa 
tillari – eng rivojlangan tillardir. 
2.
Hind-yevropa tillari eng keng tarqalgan yirik oiladir. Hozirgi hind 
– yevropa tillari oilasi qarindoshlik darajasiga ko„ra 10 guruhga 
ajratiladi: hind,eron, roman, german, slovyan, grek, kelt, arman, boltiq, 
alban. 


230 
1.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish