E.Delakrua tasvirda rangning alohida tutgan rolini kо‘rdi. Rangning kartina
obraz yechimini ifodalashda badiiy-ifodaviy vosita sifatida xizmat qilishi,
inson
tuyg‘ulariga ta’sir kо‘rsatib unda u yoki bu kayfiyatni yuzaga keltirib
chiqarishi va unda turli hissiyot-larni uyg‘otishi mumkin ekanligini ta’kidladi.
Tasvirda rang albatta asarning syujeti bilan uzviy bog‘liq bо‘lishi shart, u asar
mazmunini ochishda undagi voqelikka kayfiyat baxsh etishi lozim deb
hisoblagan.
E.Delakruaning zamondoshi Pol Mans rassomning 1854-yilda yaratgan “Oxota
na lvov v Marokko” (IX/8-rep.) asari haqida shunday deydi: “Zangori va yashil
ranglar orqali tomoshabinda shunday dahshat uyg‘otish mumkin ekanligini
bilmas ekanman”. Bu sо‘zlarda mubolag‘a yо‘q,
haqiqatdan ham tanqidchi
yozganidek, kartinaning umumiy koloriti ta’sir etuvchi yuksak emotsional
kuchga ega, u tomoshabinni muayyan emotsional kayfiyatga sozlab, uni asar
ruhiga xos kechinmalarni kechirishga majbur etadi.
Rang va yorug‘lik
Lokal rangni yorug‘lik effektlari bilan bog‘lash nihoyatda murakkab –
yuzaga tushayotgan yorug‘lik rangdan olinadigan taassurotni sezilar darajada
о‘zgartiradi, shuning uchun, qoliplar – hajmli shakllar
notekis yoritilganligi
sabab, ularning yuzasi о‘zaro sizg‘ib о‘tuvchi bir necha ranglardan tashkil
topgan desak bо‘ladi. Agar hayotda mana shu turli ranglar nigohan yaxlit
qolipda birlashganligi sabab, predmetni nigohan qabul qilishda uning qiyofasiga
unchalik katta ta’sir о‘tkazmaydi, aksincha predmetning tasvirlanishida
xajmning yaxlitligi aynan uning rangli modellashtirilishi sabab seziladi. Shu
sabab rassom oldida tanlash muammosi turadi: predmet shaklini tasvirlash
yoki shu shaklga tushayotgan yorug‘likni tasvirlash.
Moddiy seziluvchi,
vaznli qolip qiyofasi jozibasidan ta’sirlanib, uni ifodalashmi, yoki shu qolip
sirtida yuzaga kelayotgan, о‘zgaruvchan blik, nimsoya, soya,
va reflekslar
о‘ynoqiligini tasvirlab huzurlansinmi?
Tabiat ta’sirida muhitning asl kо‘rinishlari mutlaqo boshqa qiyofaga
kiradi, bu о‘zgarishlarni kuzatib, ular bizga о‘zining turfa ta’sir-larini
о‘tkazishini his etamiz – ongimizda turli xotira-larimiz tiklanadi, turli
hissiyotlarga berilamiz. Tabiatdagi bu estetik
ifo-dalilik xohishimizdan
tashqarida tuyg‘ularimizga kirib boradi va keyingi hayotiy faoliyatimizda
qayta uyg‘onish uchun ongimizga singib ketadi. Tabiat xarakteridagi bu
nozik xususiyatlarni ilg‘ab tasvirda tо‘g‘ri ifoda eta olgan rassom о‘z asarining
ta’sir kuchi orqali bizda tabiat uyg‘otadigan о‘sha nozik hissiyotlarni tiklay
oladi. Kartinadagi yorug‘lik albatta tabiatda mavjud bо‘lgan
quyosh yoki
oyning, real yorug‘ligi emas, u faqat uning yassi sirtdagi buyoqlar yordamida,
buyoqning aniq munosabatlari orqali aks ettirilgan ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: