Dekorativlik.
Haqiqiy badiiy asardagi dekorativlik obraz mazmuni bilan yaqin
uzviy bog‘liqlikdadir. Har bir rangni doimo о‘ziga yaqin yoki kontrast
bо‘lgan boshqa rang yoki nimranglar orasidagi о‘zaro aloqada qabul qilamiz.
Rassom atrof-muhitda sodir bо‘layotgan ranglar orasidagi bu murakkab
va nozik munosabatlarni “tarbiyalangan” nigohi orqali ilg‘ab, uni
bо‘yoqlar vositasida tasvirlaydi. Rangtasvir mana shu ranglar va
nimranglarning о‘zaro nozik munosabatlarida quriladi va bu munosabatlar
vositasida rassom borliqni va unga bо‘lgan hissiyotini ifodali tasvirlab asar
yaratadi. Tasvirda rassom topgan, ifodaviy vositalar tizimiga kiruvchi
tо‘yingan va dekorativ rang alohida ahamiyatli bо‘lib, ular munosabati
ancha murakkab va о‘ziga xos uyg‘unlikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |