foydalaniladi. Bularning orasida adabiy o‘qish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki adabiy o‘qishda
matnning asl mohiyati dastlabki tarzda tasavvur etiladi. Uning o‘zak muammolari o‘quvchining ko‘z
oldida osonroq gavdalanadi. Adabiy o‘qishda dastlabki urg‘u tushishi lozim bo‘lgan o‘rinlar ajratiladi,
ular o‘quvchilarning ongiga ham, tuyg‘ulariga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Gap epik asarlar ustida
borar ekan, ularda «har qanday hissiyot voqealar qa’riga berkitilgan» bo‘lishiga e’tibor berish zarurati
bo‘ladi, Chunki «qahramonlarni hayotiy voqealar og‘ushida ko‘rsatish xususiyati epik asarlarda
insoniy kechinmalarni tasvirlar jarayoniga joylash imkonini beradi va o‘quvchidan bu sezimlarni
ilg‘ab olish talab qilinadi. Adabiyot o‘qituvchisi o‘z o‘quvchilarida ayni shu malakani – epik asar
zamiridagi badiiy ma’noni ilg‘ay olish va mantiqiy xulosaga kela bilishni shakllantirishi muhim
vazifa hisoblanadi»
11
.
Adabiy o‘qish o‘qituvchining ish faoliyatidagi asosiy metodik vosita bo‘la oladi.
Adabiy o‘qish vositasida
alohida olingan qahramonning, yoki bir necha qahramonlarning
saviyasi, ularning asarda tutgan mavqei, asar mavzusi, yozuvchi ko‘zda tutgan badiiy-estetik
niyatning ifoda tarziga e’tibor tortilishi mumkin. Masalan, Akademik litseylarning 1 bosqichida
Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» dostoni yoki Rabg‘uziyning «Qissayi Rabg‘uziy»
asarini o‘qish jarayonida har ikki adib tanlagan janrlarning o‘ziga xos xususiyatlari tushuntirilmasa,
o‘quvchilar mazkur asarlarning asl mohiyatini, ularda ko‘zda tutilgan badiiy-estetik mohiyat mag‘zini
chaqa olmaydilar. Natijada ulardagi haqiqiy badiiy tarovat yo‘qqa chiqadi, ular o‘quvchilar ongiga yetib
bormaydi, ularning qalblarida tegishli his-tuyg‘ularning paydo bo‘lishiga yordam berolmaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlarining adabiy
dasturlarida xalq og‘zaki ijodi, mumtoz va zamonaviy adabiyot, shuningdek, jahon
adabiyotiga mansub bo‘lgan xilma-xil janrlardagi epik asarlarni o‘rganish ko‘zda tutiladi.
Jumladan, 5-sinfda «Uch og‘a – ini botirlar», «Susambil» xalq ertaklari, H.Olimjonning
«Oygul bilan Baxtiyor», Hans Xristian Andersenning «Bulbul», Janni Rodarining
«Hurishni eplolmagan kuchukcha», Anvar Obidjonning «Odil Burgutshoh va
«Zamburug‘» laqabli josus haqida ertak»
adabiy ertaklari, Alisher Navoiyning «Sher
bilan Durroj», Sa’diyning kichik hikoyalari, Abdulla Qodiriyning «Uloqda», G‘afur
G‘ulomning «Mening o‘g‘rigina bolam», Oybekning «Fo‘zbek rchi ota»,
N.Norg‘obilovning «Oqbo‘yin», Nodar Dumbadzening «Hellados» hikoyalari, O‘tkir
Hoshimovning «Dunyoning ishlari», Chingiz Aytmatovning «Oq kema», qissalari
berilgan. Ko‘rinib turibdiki, faqat 5-sinfning o‘zidayoq epik turga mansub bo‘lgan xilma-
xil janrlardagi asarlar taqdim etilgan. Ayni paytda boshqa sinflarda og‘zaki ijodning
doston, yozma adabiyotning roman janrlaridan namunalarni o‘rganish ham ko‘zda
tutiladi. Xuddi shuning uchun ham ularning har biriga o‘zlari mansub bo‘lgan janrlar nuqtai
nazaridan yondashilishi zarur bo‘ladi, aks holda o‘quvchilarda noto’g’ri taassurot yuzaga kelishi, ko‘zda
tutilgan badiiy-estetik samara olinmasligi mumkin.
Adabiy asarning, jumladan epik turga mansub bo‘lgan asarlarning matni ustidagi ish
adabiy ta’limning o‘zak masalalaridan biridir. U «o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib
kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab
olishga imkoniyat»
12
yaratadi. Badiiy matn ustida ishlash jarayonida o’quvchilar asarning
poetik mohiyatini anglab yetadi, uning mazmunini tahlil qiladi,
mavzuning talqinlariga
e’tibor qaratadi, tasvirlanayotgan voqea-hodisalar, qahramonlar va umuman, asardagi voqealar
rivojiga muallif munosabatini aniqlashga harakat qilishadi.
4-ilovа
11
Yo‘ldoshev Ј. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. Toshkent, O‘qituvchi, 1996, 127-bet.
12
Zunnunov A., Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 1992. – 16—bet.
Удалить Водяной Знак
Wondershare
PDFelement
Matn ustida ishlashning asosiy nuqtalaridan biri asarni o‘qishdir. Uning turlari
ham nihoyatda ko‘p. Bular orasida ifodali o‘qish, adabiy o‘qish, sharhli o‘qish, yakka va
guruh bo‘lib o‘qish, rollarga bo‘lib o‘qish kabi turlarni ko‘rsatish mumkin. Rus metodist
olimasi O. Yu. Bogdanova bu haqda shunday deydi: «O‘qish muammosi, kitobxonlikni,
kitobxon ma’naviy olamini shakllantirish muammosi hanuzgacha eng dolzarb ilmiy
muammo bo‘lib qolar ekan, metodika fanida badiiy matnni yaxlit idrok etishni, uni
chuqur sharhlashni, yozuvchi poetikasini anglashni ta’minlaydigan ish usullariga ustunlik
berish davom etaveradi. Adabiy ta’limdagi asosiy komponent sifatida badiiy asarni o‘qish
va o‘rganish, uni sharhlashning aytilishi tasodifiy emas»
13
. Bir qarashda unchalik qiyin
ko‘rinmaydigan mana shu adabiy o‘qishga ham alohida e’tibor zarur. Qanchalik g‘alati
ko‘rinmasin, shuni alohida ta’kidlash joizki, boshlang‘ich sinflarda, shuningdek, umumiy
o‘rta ta’limning dastlabki bosqichida, 5-6-sinflarda nisbatan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan
mazkur usul yuqori sinflarda, bugungi akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarida bir
ozgina e’tibordan chetda qolyapti.
Badiiy asar tahlili ham badiiy asar ustida ishlash bosqichlarining eng muhimlaridan
biridir
.
Tahlilning maqsadi, vazifasi, tarkibi va o‘ziga xos mazmuni mavjud. Biroq ularni
har doim bir xilda bo‘ladi, deb tasavvur qilish to‘g‘ri emas. Har bir ijodkor, har bir asar
bilan bog‘liq holda tahlil ham o‘ziga xoslik kasb etadi. Badiiy asarni «o‘kish, xususan,
uqish o‘ziga xos ijoddir. Kitobxon – badiiy matn unga xoh yoqsin - xoh yoqmagan
bo‘lsa-da - his-hayajonga beriladi, u haqda o‘ylay boshlaydi. Kitobxon ijodining bu
bosqichida badiiy matn yo badiiy asar sifatida qabul qilinadi, yo badiiylikka aloqasi yo‘q
matoh sifatida inkor etiladi»
14
.
Safo Matjonning qayd etishicha, «Aslida kitobxon ham yozuvchi singari ijodkor. U
asar mutolaasi jarayonida muallif faoliyatini takrorlash yo‘lidan boradi. Yozuvchi
ijodining murakkabligi shundaki, u xayolida tug’ilgan g‘oyani adabiy qahramonlarning
13
Bogdanova O. Yu., Leonov S. A., Chertov V. F. Metodika prepodavaniya literaturi. Pod redaktsiey O.Yu.
Bogdanovoy. Uchebnik dlya studentov ped. vuzov. M.: Izdatelskiy tsentr «Akademiya», 2-e izdanie, stereotipnoe,
2002, - s.13.
14
Rasulov A. Tanqid, Talqin, Baholash. – Toshkent,Fan , 2006, 13-bet.
O‘qish
adabiy
ifodali
sharhli
yakka
guruh
Удалить Водяной Знак
Wondershare
PDFelement
xatti-harakati, kurashlari misolida konkretlashtirsa, kitobxon
unga teskari - adabiy
qahramon xatti-harakati, kurashlari tasviridan umumiy xulosalar chiqarish yo‘lini
tutadi»
15
. Demak, tahlil jarayonida mana shu psixologik-ijodiy holat nazarda tutilishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Barcha tahlillar uchun qo‘yiladigan asosiy talab – ilmiylikdir. Real nazariy asoslarga,
badiiy-estetik mantiq talablariga javob bera oladigan tahlil o‘quvchining haqiqiy
yordamchisi bo‘la oladi. Tahlil albatta, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini nazarda
tutgan bo‘lishi kerak. Tahlillar uchun qo‘yiladigan asosiy talablardan yana biri uning
tarbiyaviy maqsadlarni ko‘zda tutishidir. Folklor yoki yozma adabiyot namunasi,
ijodkorning tarjimayi holi yoki muayyan bir asar, epik,
lirik yoxud dramatik turga
mansub ijod namunasi tahlil qilinar ekan, ular o‘z-o‘zicha emas, balki muayyan
pedagogik maqsadni ko‘zda tutgan holdagina tahlil qilinishi shart. Bu jihatlarga e’tibor
berilmas ekan, ko‘zlagan asosiy maqsad samarasiz bo‘lib qolaveradi.
Metodist olima M.Mirqosimova ko‘rsatib o‘tganiday: «Adabiy tahlil she’r yoki nasriy
asarni ifodali o‘qishdan boshlanadi; o‘qish davomida ijodkor yaratgan tafakkur tarzi
anglanadi, o‘zlashtiriladi, muhokama qilinadi, kitobxon ko‘z o‘ngida yaratilgan poetik
manzara yoki holat ham tashqi, ham ichki harakatlar, tuyg‘ular
orqali idrok etiladi, his
qilinadi. O‘sha ta’sirchan manzarani yaratishda shoir yo yozuvchi qo‘llagan tasviriy
vositalarga sirtdan ahamiyat berilmaydi, asosiy e’tibor o‘qish jarayonida mazmunga,
obrazning ichki ma’nolariga jalb etiladi. Ammo, tahlil jarayonida ana shu ma’nolarni
ifoda etishga safarbar qilingan barcha vositalar o‘rganiladi. Xilma-xil davrda yashab ijod
etgan ijodkorlar yaratgan asarlarni badiiylik, hayotiylik va ta’sirchanlik mezonlari
asosida o‘rganish maktab adabiy ta’limining bosh vazifasini belgilaydi»
16
.
Tajribalardan ma’lum bo‘ldiki, qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga ko‘ra
ham badiiy asar tahlilining: a
Do'stlaringiz bilan baham: