Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1


yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy
siyosatning mazmun va mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad va vazifalarini islohotlarning
bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish, inson manfaatlarini ta’minlashning strategik
jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega bo’lgan yangi usullarni
qo’llash, shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish, korrupsiyaning
oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish ehtiyoji vujudga kelishi bilan
belgilanadi.
26


Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining qo’shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston
davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzuidagi ma’ruzasida
“Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga
qarshi kurashish, ularga yo’l qo’ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to’g’risidagi
qonun talablarini amalda ta’minlash bo’yicha qat’iy choralar ko’rishimiz zarur”, deb bejiz
ta’kidlamadi.
Qonunning 5-moddasida esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining
asosiy yo’nalishlari ko’rsatib o’tilgan bo’lib, ular: aholining huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish,
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-
tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga
chek qo’yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf
etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi
prinsipini ta’minlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan quyidagi ijtimoiy
xavfli qilmishlar korrupsiyaviy jinoyatlar hisoblanadi:
Masalan, o’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-toroj qilish, jinoiy yo’l bilan
topilgan mulkni olish yoki o’tkazish, byudjet intizomini buzish, hokimiyat yoki mansab
vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish,
hokimiyat harakatsizligi, pora olish, pora berish; pora olish-berishda vositachilik qilish,
xizmatchini pora evaziga og’dirish, tovlamachilik yo’li bilan haq berishni talab qilish, qiynoqqa
solish va boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo
turlarini qo’llash, tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, yolg’on guvohlik
berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, hokimiyatni suiiste’mol qilish,
hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi va hokazolar.
Ushbu Qonunning muhim ahamiyatli jihati korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha
faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari haqida ma’lumot berilib, O’zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni
legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishlari nazarda tutilgan.
Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish,
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim
muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari
27


Qonunning 16, 17, 18-moddalarida o’z ifodasini topgan. Chunki huquqiy ong va huquqiy
madaniyati yuksak bo’lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo’lgan insonlar salbiy
illat bo’lmish korrupsiyaga yo’l qo’ymaydilar.
Ushbu Qonunning yana o’ziga xosligi, Qonunning 5-bobida korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo’yish, javobgarlikning muqarrarligi nazarda tutilgan.
Shunday ekan, o’zimizga xulosa qilishimiz, kelajakni korrupsiyasiz birgalikda
qurishimiz, buning uchun avvalo o’zimizni o’zimiz tarbiya qilishimiz, korrupsiyanining har
qanday ko’rishnishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishimiz zarurdir. Qabul qilingan
Qonun esa davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi mazkur illatga qarshi
kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida xizmat qiladi.
Mansabdorlik jinoyatlarini o’rgangan olimlar bu jinoyatlarni davlat apparatining o’zidan
kelib chiquvchi va uning o’ziga jiddiy tug’diruvchi ekanligini aytib, uni atroflicha o’rganishni,
keyingi tarqalishi va ko’payishini oldini olish choralarini ishlab chiqish kerakligini ta’kidlaydilar.
Lekin bunday fikrlarni ham ko’p uchratib bo’lmaydi . Aksariyat hollarda, mansabdorlik
jinoyatlari o’tmishdan qolgan degan fikrlarni qaytarib, uni bartaraf etish mumkin emas degan
fikrlarni aytadilar . Bunday ta’kidlashlar aksariyat hollarda kuchli va mustahkam davlat
hokimyatini o’rnatish va bunday davlat hokimiyati qisqa vaqt ichida davlat apparati tizimida
tartib o’rnata oladi, mansabdorlik yoki korrupsiya jinoyatlariga barham beradi, deb uqtiradilar .
Bunday fikr tarafdorlari kuchli va mustahkam davlat hokimyati o’rnatish ham aynan davlat
apparatining aynan shunday shaxslari qo’lida ekanligini unutadilar. Jinoyat huquqi nazariyasi
bunday fikrning noto’g’ri ekanligini tarixan asoslab beradi. Mansabdorlik jinoyatlari o’tmishda
ham bo’lgan, hozir ham mavjud. Avvalgi sobiq sho’rolar davrida ham mansabdorlik jinoyatlariga
qarshi qattiq kurash olib borilgan. Lekin bunday kurashning o’zi aynan mansab suiiste’molchiligi
kabi jinoyatlarni sodir etish bilan amalga oshirilganligi kurashning ahamiyatini yo’qqa chiqarib
yuborgan. Ayniqsa, “qatog’on yillari”da mansabdorlik jinoyatlariga qarshi kurash olib borilib,
asosan yuqori lavozimli amaldorlarni hoxishiga ko’ra kimlar jazolnishi kerakligi ular tomonidan
hal qilinar edi va ularning o’zlari nisbatan javobgarlik masalalari haqida hatto fikr yuritish ham
mumkin emas edi. Tarixiy rivojlanishning aynan shu bosqichida davlat korrupsion
jinoyatchilikka qarshi kurashda umuman kuchsiz, ojiz edi. Agar bu jinoyatchilikning asosiy kelib
chiqish shart–sharoitlari o’rganilmasa, bunday jinoyatchilikka qarshi davlatning kurash olib
borishi
umuman
natija
bermaydi.
Muhtaram Yurtboshimiz ushbu muammoga doimo katta ahamiyat berib kelmoqdalar va
mamlakatimiz hayotiga tahlika solayotgan turli xavf-xatarlar haqida so’z yuritib, birinchi galda,
amaldorlar orasidagi korrupsiya, poraxo’rlik, tamagirlik kabi ichidan yemiradigan, yaramas
illatlarni yo’q qilishga alohida e’tibor berish zarurligini bir necha bor ta’kidlab o’tganlar.
Poraxo’rlik xorijiy investisiyalar oqimi uchun ham katta to’siqdir. BMTning butun dunyoda
o’tkazgan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, korrupsiya bilan investisiyalar oqimi o’rtasida teskari
mutanosiblik bor, ya’ni qanchalik korrupsiya baland bo’lsa, shunchalik investisiyalar oqimi past
bo’ladi. Korrupsiya jinoyati xalqaro xarakterdagi jinoyatlar qatoriga kirganligi uchun ham uni
oldini olish maqsadida barcha davlatlar birgalikdagi hukukiy va boshqa turdagi hamkorligi talab
etiladi. Qabul qilingan konvensiyalar davlatlar tomonidan implementasiya qilinishi hamda
hayotga tadbiq qilinishi ustidan kuchli nazorat shu jinoyatning oldini olish va bartaraf etishda
asosiy shartlardan biri bo’lib hisoblanadi. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh
Assambleyasi tomonidan 2003 yil 31 oktyabr kuni 58/4-sonli rezolyusiya bilan Korrupsiyaga
qarshi konvensiya qabul qilindi. 2003 yil 31 oktyabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh
28


Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasiga muvofiq
2008 yil 7 iyulda “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga(Nyu-
York, 2003 yil 31 oktyabr) O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Shunday qilib, korrupsiya - davlat xizmati tizimidagi hodisa sifatida davlat xizmatchilari
yoki ularning vositachilari yordamida mulkiy boylik orttirishga qaratilgan, o’z mavqyeidan
qonunga hilof ravishda foydalanish, davlat xizmatchilarini, jismoniy va yuridik shaxslarni sotib
olishga qaratilgan harakatlar. Ayrim olimlarning fikriga ko’ra, korrupsiyaning oldini olish va
yo’q qilish uchun uning ildizlarini aniqlash lozim va ukorrupsiya¬ning asosiy sabablari sifatida
quyidagi

4
ta
omilni
ko’rsatadi.
1.Iqtisodiy ildizlar. Tarixan korrupsiya iqtisodiy hodisadir va tovar-pul munosabatlari bor
joyda mavjud bo’lib kelgan. Ayniqsa, ijtimoiy va iqgisodiy hayotni bevosita ma’muriy yo’l bilan
boshqaripsa intilgan hokimiyat va byurokratiyaning mavqyei baland bo’dgan davlat sharoitida \u
rivoj topadi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan o’rnatilgan turli xildagi cheqlashlar, amaldorlarning
keng, nazoratdan xoli, cheklanmagan yo ruxsat berish, yo taqiqlash vakolati poraxo’rlikka zamin
yaratadi. Shu bilan bog’liq holda. Yirik mablag’larga ega bo’lgan ayrim ishbilarmonlar o’z
daromadlarini ko’paytirish maqsadida va raqobatda alohida imtiyozlarga ega bo’lish uchun
hukumat amaldorlarini pora evaziga sotib olib, ularni o’z ixtiyorlariga bo’ysundirishga intiladilar.
2.Huquqiy sabablar. Korrupsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga bog’liqsir. Nomukammal
qonun ishlamaydi va poraxo’rlar bundan ustalik bilan foydalanadilar.
3.Institusional sabablar. Bu sabablar jumlasiga, avvalo, davlat boshqaruvi tizimidagi
nuqsonlar, demokratik institutlarning kuchsizligi, shuning natijasida, xukumat faoliyatining
yopiqligi, fuqarolik nazoratidan xoliligi yoki boshqa so’z bilan aytganda, notransparentligi kiradi.
4. Ijtimoiy sabablar yoki jamiyatdagi muhit. Bunga aholining huquqiy bilimi va madaniyat
darajasi, ma’naviyati, uyushqoqligi va jamoat faolligi kabi omillar sabab bo’ladi.
Fikrimizcha, poraxo’rlikni yo’q qilish uchun targibot tadbirlari va repressiv choralar
kifoya qilmaydi. Shuning uchun O’zbekistonda korrupsiyaningiqtisodiy, huquqiy, institusional va
ijtimoiy ildizlarini bartaraf etishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish lozim.
Kuchli davlatdan, kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish konsepsiyasi va amaliyoti, mana shu
jarayonni xuquqiy, tashkiliy nuqtai nazardan ta’minlash ayni shu maqsadga erishishga qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi siyosat turli davlat dasturlari va qarorlarining
asosiy maqsadlaridan biriga aylandi. Masalan, 2004 yildagi jamiyatni demokratlashtirish va
yangilash, mamalakatni isloh qilish va modernizasiyalash dasturining maqsad va vazifalarida
namoyon bo’ladi. 2008 yil O’zbekiston BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga qo’shildi
va korrupsiyaga qarshi chora tadbirlarni amalga oshirish uchun ishchi guruh tashkil qilindi.
2010 yil sentyabrda ishchi guruh Korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha Milliy reja
loyihasini ishlab chiqdi. Bu hujjat korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha keng qamrovli siyosiy
hujjat bo’lib, unda maqsadlar, asosiy faoliyat yo’nalishlari belgilangan va korrupsiyaning oldini
olish va qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoatchilikning ishtiroki,
ularni o’qitish masalalalari o’z aksini topgan.
2010 yil mart oyida Jamoatchilik fikrini o’rganish markazi “Ijtimoiy fikr” tomonidan
aholi o’rtasida korrupsiya masalalari bo’yicha maxsus so’rov o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi siyosatida asosiy e’tiborni
29


jamoatchilikning xabardorlikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashda ta’limga, milliy
qonunchilikning qoidalarini keng omma e’tiboriga yetkazishga qaratadi.
Mamlakatimizda bu borada, bir tomondan, qonunning mutloq ustunligi va fuqarolarning
xuquqlari kafolatli himoya qilinishi va ikkinchi tomondan, mamlakat aholisini va ayniqsa,
yoshlarni huquqiy tarbiyalashni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish davlat miqyosida asosiy
ustuvor vazifa etib belgilangan. Shuningdek, asosiy e’tibor korrup¬siyaga qarshi kurashni
huquqiy jihatdan ta’minlash masalasiga qaratilgan.
Uzbekistan Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq, muhtaram
yurtboshimizning tashabbuslari va bevosita rahbarliklari ostida yangi qonunlar qabul qilish
borasida ish olib borildi. Buning natijasida, qator kodekslar, juda ko’p qonunlar qabul qilindi.
Xususan, 1994 yilgi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunida korrupsiya alomatlari mavjud
bo’lgan qilmishlar; hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish; hokimiyat yoki man- sab
soxtakorligi; pora olish; pora berish; xizmatchini pora evaziga og’dirish; uyushgan jinoyatchilik;
shuningdek, jinoiy yo’l bilai topilgan daromadlarni legallashtirshsga Jinoyat kodeksining 205-
214, 243-moddalarida 20 ga yaqin jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik belgilangan.
1994 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining JKda BMTning 2003 yilda
qabul qilingan xalqaro konvensiyasida nazarda tutilgan korrupsiya jinoyatlari uchun javobgarlik
belgilangan edi. Respublikamiz jinoyat qoninida poraxo’rlikning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori
ekanligi e’tiborga olinib, ular uchunog’ir jazo nazarda tutildi.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish