Laboratoriya
(klinika)
metodi
ko‘pincha individual
(ba’zida guruh yoki
jamoa)
shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo‘l-yo‘riqlar,
tavsiyalar, ko‘rsatkichli va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson
psixikasi o‘zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash
mashinalari, qurilmalar, moslamalar mavjud. Ko‘pincha elektron va radio
o‘lchagichlar, sekundomer, refleksometr, elektroensefalo-gramma kabilardan
foydalaniladi.
Laboratoriya metodi yordamida diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va
tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo‘riqish singari
murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko‘pincha laboratoriya sharoitida kishilar
(uchuvchi, haydovchi, operator, elektronlar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar
(halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko‘tarilishi) ning modellari yaratiladi.
Asboblarning ko‘rsatishi bo‘yicha o‘zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va
aqliy
toliqish,
emotsional-irodaviy
zo‘riqish,
jiddiylik, tajanglik sodir
bo‘layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |