O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/336
Sana08.02.2022
Hajmi5,33 Mb.
#435143
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   336
Bog'liq
fayl 781 20210505

 
5.6.Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat 
Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan 
yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgarganini, unga yangi 
majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv faoliyati talablariga 
bo‘ysunish ham yuklatilganligini his eta boshlaydi. Bola insoniy munosabatlar 
tizimida ham alohida o‘rin egallayotganini bila boshlaydi. Ota-onasi, yaqinlari, 
atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o‘z vazifalari, majburiyatlari bor 
bo‘lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
alohida shaxs sifatida munosabatda bo‘ladilar. Oila a’zolarining bola o‘quv 
faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, 


114 
unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqei 
o‘zgarganligini to‘la his etishiga, o‘ziga nisbatan munosabatining o‘zgarishiga asos 
bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri 
ulardagi o‘qituvchiga ishonch hissi bo‘lib, bunda o‘qituvchining o‘quvchiga ta’sir 
ko‘rsatish imkoniyati juda kattadir. Bola o‘qituvchini aql sohibi, ziyrak, sezgir, 
mehribon inson deb biladi. O‘qituvchining obro‘si oldida ota-onalar, oilaning 
boshqa a’zolari, qarindosh urug‘larining nufuzi keskin kamayadi. Shu sababli, 
bolalar o‘qituvchining har bir so‘zini qonun sifatida qabul qiladilar. Demak, kichik 
maktab yoshidagi o‘quvchilar rivojida yetakchi bo‘lgan o‘quv faoliyati o‘qituvchi 
shaxsi va o‘quvchi bilan munosabat uslubining ahamiyati juda kattadir. 
Kichik maktab davrida bolaning boshqa insonlar bilan munosabatlarida katta 
o‘zgarishlar ro‘y beradi.Bolaning muloqoti endi aniq maqsadga qaratilgan 
bo‘ladi.Bunga sabab bir tomondan o‘qituvchining doimiy ravishda unga 
ko‘rsatadigan faol ta’siri bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quv jamoasining 
ko‘rsatadigan ta’siridir. O‘qituvchining dars jarayonida har bir o‘quvchiga ta’sir 
ko‘rsatishi uchun qulay imkoniyati bor. O‘quv faoliyatining boshlanishi jarayonida 
bolaning kattalar va tengdoshlari bilan qiladigan muomala-munosabatlari yangicha 
tus ola boshlaydi. "Bola-katta" munosabati "bola-ota-ona" munosabatidan 
tashqarida yuzaga keladi. Chunki, o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‘proq 
ravishda normativ talablar qo‘yadi. Bundan tashqari bolaning oilasi va tevarak 
atrofdagi odamlar bilan ham muloqotida katta o‘zgarishlar bo‘ladi . Oilada endi 
bolani ma’lum bir majburiyat va huquqlari bo‘lgan shaxs sifatida qabul qilinadi va 
bu o‘z-o‘zidan bola bilan bo‘lgan munosabatlarda o‘z aksini topadi. Atrofdagilar 
bilan munosabatda esa bola o‘z “Men”ini namoyon etishga harakat qiladi. L.S. 
Vigoskiyning ta’kidlashicha, faqat jamoaviy hayot ichida va ijtimoiy munosabatlar 
ta’sirida bolaning individual xulq-atvori shakllanadi. Faqat o‘qituvchigina 
o‘quvchisiga turli qat’iy talablar qo‘yib, ularning xatti-harakatlarini baholay oladi, 
bolaning ijtimoiylashuviga sharoit yaratib, uni huquq va burchlar–ijtimoiy maqoni 
tizimida standartlashuviga olib kela oladi. O‘qituvchining munosabat uslubi 
o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bular: jismoniy, 
psixik va ijtimoiy faollikdir. 
O‘qituvchining dars jarayonida har bir o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatishi uchun 
qulay imkoniyati bor. O‘quv faoliyatining boshlanishi jarayonida bolaning kattalar 
va tengdoshlari bilan qiladigan muomala-munosabatlari yangicha tus ola 
boshlaydi. "Bola-katta" munosabati "bola-ota-ona" munosabatidan tashqarida 
yuzaga keladi. Chunki, o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‘proq ravishda 
normativ talablar qo‘yadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini to‘liq 
anglashi va o‘z xatti-harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga 
me’yorlar qo‘yishi, ularning xatti-harakatlarini baholashi, o‘z xatti-harakatlarini 


115 
boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda 
o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va 
ularning qoidalariga to‘la amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o‘qituvchi 
uning psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning 
nafaqat sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatiga, bu 
munosabat esa o‘z-o‘zidan oilasidagi munosabatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Shuningdek, bu munosabatlar uning o‘quv faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab 
beradi. O‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatishi va munosabatining quyidagi 
uslublari mavjud. Avtoritar uslub: bu qattiqqo‘llik bo‘lib, bunda o‘qituvchi 
o‘quvchilarini so‘zsiz o‘ziga bo‘ysunishlarini talab etadi. Lekin, nima uchun 
qatiqqo‘lliq qilayotganini yoki o‘quvchilariga nima uchun o‘zlarini shunday 
tutishlari lozimligini tushuntirib bermaydi, shuningdek, o‘quvchilarni o‘z xatti-
harakatlarini mustaqil boshqarishga ham o‘rgatmaydi, o‘qituvchi dars davomida 
o‘quvchilaridan jim o‘tirishini, savollarga doimo qo‘l ko‘tarib, o‘qituvchining 
ruxsati bilan javob berishini, o‘qituvchining ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishini 
talab etadi.Bunday pedagoglar o‘quvchilarning qiziqishlari asosida emas, balki 
asosan o‘quv rejasi asosida dars o‘tadilar. Dars davomida ham bahs-munozara 
uchun deyarli imkoniyat yaratilmagan holda asosan o‘qituvchining fikri 
singdiriladi. O‘quvchilari bilan muomala munosabatda ham ularning individual 
psixologik xususiyatlari, jumladan, nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanlik darajasini 
ham e’tiborga olmaydilar. Bu uslub o‘qituvchini sinfdan, o‘quvchidan 
uzoqlashtiradi. Emotsional sovuqlik sinfda intizomli o‘quvchida yakkalanish, 
xavotirlik, himoya qilinmaganlik hissini ham yuzaga keltiradi. Bu uslub sinfda 
yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichini berishi, lekin bu o‘zlashtirish, asosan, xotira 
sababli bo‘lib, lekin mustaqil tafakkur, ijodkorlik, hozirjavoblik kabi xususiyatlarni 
rivojlanishdan ortda qolishiga sabab bo‘ladi, unda doimiy xavotirlik o‘ziga 
nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish