Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус


Demak, mehnatni kooperasiyalash



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/127
Sana08.02.2022
Hajmi1,41 Mb.
#435133
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127
Bog'liq
mehnat iqtisodiyoti

Demak, mehnatni kooperasiyalash
- mehnat 
faoliyatini birlashtirish shakli bo’lib, bunda ko’p ishchilar bir-biri bilan o’zaro 
xamjihatlikda ishlab chiqarishning bitta jarayonida yoki o’zaro bog’liq bo’lgan 
jarayonlarida ishlaydilar. Mehnatni kooperasiyalash shu tufayli ishlab chiqarish 
vositalarini tejash va mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatini ochib 
beradiki, kooperasiya qatnashchilarining kuchi birga qo’shilganda sifat jihatdan 
yangi, jamoa shaklidagi ishlab chiqaruvchi kuchlari vujudga keladi. 
Taqsimlangan mehnat ular o’rtasida aniq ulush va aloqani to’g’ri 
o’rnatilishini talab etadi. Ishlovchilar, ularni ayrim guruhlari va jamoa o’rtasida 
o’zaro aloqani to’g’ri tashkil etish kooperasiya vazifasi hisoblanadi. 
Кooperasiyalash natijasida ishlab chiqarish aloqalari vaqtni hisobga olib aniq 
grafik asosida zarur ishlar amalga oshiriladi. Кooperasiyalash natijasida 


mehnat vositalari va ishchi kuchidan to’liq foydalaniladi, ishlab chiqarish 
jarayonlarini uzluksizligi ta’minlanadi, ishlar bir maromda olib boriladi, mehnat 
unumdorligi oshadi. Bu esa kooperasiyalashning samaradorligini ko’rsatadi.
Mehnatni kooperasiyalashni maqsadi turli xildagi mehnat xarajatlarini 
oqilona tengligiga erishish bo’lmay, balki korxona maqsadi va ishlovchilar 
qiziqishiga muvofiq keladigan ijtimoiy mehnat munosabatlarini o’rnatishdan 
iborat.
Muayyan ishlab chiqarish sharoitiga asosan korxonalarda 
kooperasiyalashning turli shakllaridan foydalaniladi. Buning kelib chiqishi 
ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar xususiyatlari, uskuna holati, ishlab 
chiqarish turi, ishlab chiqarish jarayonlarini bo’linishi natijasida kelib chiqadi. 
Shuningdek, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar ham ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Mehnatni kooperasiyalashning 2 asosiy turi bor: 
1.
Oddiy (bir xildagi mehnatni birlashtirish)
2.
Murakkab (turli xildagi mehnatlarni birashtirishdir). 
Hozirgi sharoitda mehnatni kooperasiyalashning ahamiyati jiddiy
ravishda ortib, uning shakllari boyib, tobora turli-tuman bo’lib kelmoqda. Bunga 
fan-texnika taraqqiyoti, mehnat taqsimotini rivojlantirishi, ishlab chiqarishni 
konsentrasiyalash va markazlashtirish aktiv yordam bermoqda. 
Mehnatni kooperasiyalash nafaqat mehnat unumdorligini o’sishiga, 
balki mehnat jamoasini faolligini oshirishga ham xizmat qiladi. 
Кorxonalarda sexlararo, sex ichida va uchastka ichida kooperasiyalash 
mavjud. Mehnatni kooperasiyalash jarayonida ayrim ishlovchilar va texnik 
vositalar yordamida bajariladigan ishlarni ham albatta loyixalashtirish kerak. 
Ishlab chiqarish aloqalari ayrim ishchilar va jamoa o’rtasida ham 
amalga oshiriladi. Shunga muvofiq kooperasiyalashning individual va kollektiv 
shakllari mavjud. 
Individual mehnatni tashkil etishda ishlab chiqarish jarayonini ma’lum 
bir operasiyasini bir ishchi tomonidan bajarilishi, ya’ni mehnatni texnologik 


taqsimlash xolati namoyon bo’ladi. Mehnatni bunday tashkil etish shakli bir 
ishchini bir smena davomida to’liq va tartibli bandligini namoyon qiladi. 
Mehnatni individual shakli barcha korxonalarda mavjud emas. Bu faqat ayrim 
korxonalar uchun tegishli hisoblanib, mashinasozlik sanoati bunga misol bo’la 
oladi.
Mehnatni tashkil etishning kollektiv (jamoa) shakli esa og’ir sanoat 
(qazib olish, kimyo, metallurgiya) va qishloq xo’jaligida uchraydi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish