“Oʻzbekiston tarixi” fanidan


Xiva xonligining tugatilishi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

Xiva xonligining tugatilishi.
1917-yil kuzida Rossiyada ro’y byergan oktabr o’zgarishi, 
Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi davomida Xivada ham demokratik 
harakat yangi bosqichga qadam qo’yadi. Demokratik kuchlar, aholining kambag’al tabaqalari 
faol harakatga kela bordilar. Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch, Xojayli, Taxta, Porsu bekliklarida 
mahalliy aholi qat’iy harakatlarga chiqdi. Buning ustiga mamlakatni boshqara olmay qolgan 
xonning 1918-yil yanvarida turkmanlar sardori Junaidxonni Xivaga chaqirishi va uni bosh 
qo’mondon etib tayinlanishi ham vaziyatni yanada chigallashtirib yubordi. Junaidxon tez orada 
Isfandiyorxonni qatl ettirib, o’rniga uning tog’asi, irodasiz Said Abdullani nomiga xon qilib 
ko’tarib, amalda yakka hukmdor bo’lib oldi. Junaidxonning harbiy diktaturasi zulmidan og’ir 
aziyat chekkan ko’plab aholi qo’shni Turkistonga qochib o’ta boshladi. Ularning ko’plari 
Sovetlar tayyorlagan qizil qo’shinlar safini to’ldirib bordi. Bularniig hammasi Sovetlarga qo’l 
keldi. Shu zaylda ularga qarashli 
Amudaryo bo’limi
da (Turtko’lda) N. A. Shaydakov va N. M. 
Shcherbakov boshchiligida shimoliy va janubiy harbiy dastalar tuzilib, xonlik tuzumini 
ag’darishga shay qilib qo’yildi. Darhaqiqat, Turkiston sovet rahnamolari yo’l-yo’riqlari asosida 
harakatga kelgan qizil qo’shinlar va shuningdek, o’zbek va turkman aholisidan tashkil topgan 
qo’zg’olon dastalari 1919-yil dekabri oxirlaridan Junaidxon rejimiga qarshi harbiy yurish 
boshlaydilar. Bu kuchlar Junaidga ketma-ket zarbalar berib, birin-ketin xonlik hududlarini qo’lga 
kiritib bordilar. 1920-yil 2-fevralda Xiva egallandi. 
Junaidxon qolgan-qutgan qo’shini bilan Qoraqum sahrosiga chekinadi. Qo’g’irchoq xon 
Said Abdullo taxtdan voz kechadi. Shu tariqa, sovetlar kuchi bilan Xiva xonligi ag’darildi va 5 
kishidan iborat Inqilobiy qo’mita tuzildi. Uning tarkibiga Yosh xivaliklar va turkman urug’-
qabilalaridan vakillar kiritildi. Inqilobiy qo’mita raisi etib Yosh xivaliklar rahbari 
D.Sultonmurodov saylandi. Tez orda Yosh xivaliklar ishlab chiqqan manifest e’lon qilinadi. 
1920-yilning 27-30-aprel kunlari Xivada bo’lib o’tgan xalq vakillari Butunxorazm qurultoyi 
xonlik tugatilganligi va yangidan 
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi
tuzilganligini e’lon qildi. 
Qurultoy XXSRning muvaqqat Konstitutsiyasini qabul qildi. Qurultoy shuningdek 15 kishidan 
iborat hukumat - Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. Yosh xivaliklar rahbarlaridan Polvonniyoz 
Yusupov uning birinchi raisi bo’ldi. Tez orada (iyunda) Rossiya bolshevik rahbarlari ko’magida 
Xorazm Kompartiyasi tashkil etilib, uning hukmronlik mavqei hayotda tayin etib borildi. Sovet 
Rossiyasi ayni paytda yangi tug’ilgan Xorazm Xalq Sovet Respublikasini o’z ta’sir doirasiga 
olish maqsadida 1920-yil 13-sentabrda XXSR bilan ittifoq shartnomasini tuzadi. Bu shartnoma 
bilan birga ikkala respublika o’rtasida imzolangan xarbiy-siyosiy va iqtisodiy kelishuvlar asosida 
Xorazm Xalq Sovet Respublikasiga sovet Rossiyasi tomonidan tegishli harbiy, iqtisodiy va 
madaniy yordam ko’rsatish ko’zda tutilgan edi. Biroq “katta og’a”ning bunday yordami zamirida 


Xorazm Xalq Sovet Respublikasining ichki ishlariga aralashish, uning siyosatini o’z 
manfaatlariga bo’ysundirish maqsadlari yotardi. Faqatgina 1921-yil davomida Xorazm Xalq 
Sovet Respublikasida uch-marta (mart,-sentabr,-noyabrda) hukumat o’zgarishi yasalib, 
Moskvaga ma’qul kelmagan uning tarkibi o’zgartirildi. O’z xalqining milliy manfaatlarini 
ko’zlab siyosat yuritgan Polvonniyoz Yusupov, M. Ibniyaminov, O. Muhammadrahimov bosh 
bo’lgan hukumat tarkiblari bekor qilindi, ularning rahbarlari asossiz qoralandi, so’ngra turli 
jazolarga giriftor etildi. 
1923-yil oktabrida bo’lib o’tgan IV Butunxorazm Sovetlari Qurultoyi Xorazm Xalq Sovet 
Respublikasini 
Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi
deb e’lon qildi va respublikaning yangi 
konstitutspyasini qabul qildi. Unda Xorazmda Sovetlar rahbarligida amalga oshirilgan jiddiy 
o’zgarishlar orqasida bu respublika endilikda o’z taraqqiyotining yangi, sotsialistik bosqichiga 
kirganligi alohida ta’kidlandi. Konstitutsiya yerga bo’lgan xususiy mulkchilikni bekor qildi, 
barcha erlar umumxalq mulki deb e’lon etildi. Vaqf mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga olindi. 
Xorazm xalqlarining xohish-irodasiga zid tarzda amalga oshirilgan bu xil tadbirlar va eng 
asosiysi, respublikani boshqarish jilovini tobora Sovetlar hukmronligi qo’l ostiga o’tib borishi, 
pirovardida voha aholisining umumiy noroziligining kuchayib borishiga sabab bo’ldi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish