viloyatida 51 ta, Samarqand viloyatida 50 ta, Yettisuvda 25 ta shunday qo’mitalar tashkil etildi.
Biroq dehqonlar sovet ma’murlarining yer qo’mitalarini tuzish harakatini keskin norozilik
bilan
qarshi oldilar. Shunga qaramasdan bolsheviklar bu yo’lni qat’iy amalga oshirishda davom
etdilar. Buning natijasida o’lkadagi ko’plab miqdordagi yirik mulklar, xususiy
yerlar musodara
etildi va milliylashtirildi.
Sovet hukmdorlarining yana bir hiylakorligi va ustamonligi shunda ko’rinadiki, ular
Turkiston muxtoriyati tajribasidan muhim xulosa chiqarib, bu hududda o’ziga xos sovet muxtor
respublikasini tuzishga yo’l tutdilar. Bundan ko’zda tutilgan bosh maqsad - Turkistonning
kelajakda mustaqil, suveren davlat bo’lib, ajralib chiqib ketishiga izn bermaslik edi. Sovetlar
ishlab chiqqan rejaga ko’ra 1918-yilning 20-aprelidan 1-mayigacha Toshkentda bo’lib o’tgan
o’lka Sovetlarining V qurultoyida
Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi
(TASSR)
tuzildi va RSFSR tarkibiga kiritildi. Sinfiylik tamoyillariga asoslangan o’ziga
xos davlat
boshqaruvida hokimiyat funksiyalari butunlay sovetlar va ularning organlari ixtiyorida edi.
Qurultoyda respublikaning hokimiyat organlari:
Markaziy Ijroiya Qo’mitasi
(MIQ) va
Xalq
Komissarlari Soveti
(XKS) saylandi. MIQning jami 36 a’zosidan atigi 9 nafari mahalliy millat
kishilari edi. Avtonom respublika MIQning raisi etib bolshevik P. A. Kobozev saylandi,
bolshevik F. I. Kolesov boshchiligida 16 kishidan iborat tuzilgan XKS tarkibiga ham 3 nafar
mahalliy aholi vakillari kiritilgan edi, xolos.
1918-yil iyunda 2 ming nafar bolsheviklarni o’z safida birlashtirgan
Turkiston Kompartiyasi
tuzildi. 1919-yil-martida Turkiston Kompartiyasi huzurida Turor Risqulov raisligida
O’lka
musulmonlari byurosi
tuziladi. Musbyuroning organi - «Ishtirokiyun»
gazetasi nashr etila
boshlandi, unda Turkiston ma’murlarining shovinistik siyosati fosh etila bordi.
1918-yil oktabrida bo’lgan o’lka sovetlarining VI qurultoyida TASSR Konstitutsiyasi qabul
qilindi. Unda Turkistonni RSFSRning “ajralmas, tarkibiy qismi” ekanligi, o’lka xalqlarining
barcha hayotiy masalalari uning mas’ulligida ekanligi qonunlashtirildi.
Turkistonda sovet hokimiyatining tobora kuchayishi, uning yakkahukmronligining ortib
borishi, o’lka hayotining hamma jabhalarining qattiq markazlashtirilishi, qattiqqo’l
iqtisodiy
tadbirlarning o’tkazilishi faqat mahalliy aholi qatlamlarining keskin noroziligiga sabab bo’lib
qolmasdan, boshqa siyosiy muxolifatchi kuchlarni ham harakatga keltirdi.
1919-yil 19-yanvarida harbiy komissar K.Osipov uyushtirgan isyon natijasida Toshkentda
14 nafar Turkiston xalq komissarlarining otib o’ldirilishi ham buning aniq ifodasi bo’lgandi.
Ammo tezlikda o’zlarini o’nglab olishga ulgirgan bolsheviklar vaziyatni o’z foydalariga
o’zgartirib, sovet hokimiyatini yana saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi, hokimiyat organlari yangi
kadrlar bilan to’ldirildi. Rahbarlik lavozimlariga mahalliy millat vakillari ham jalb etila bordi.
Moskva sovet Turkistoniga o’z ta’sirini kuchaytirish, uni har tomonlama o’ziga qaram qilish
maqsadida 1919-yil kuzida Toshkentga alohida favqulodda vakolatlar berilgan
Turkkomissiya
(Sh. Eliava - rais, V. Bokiy, F. Goloshchekin, V. Kuybishev, M. Frunze, Ya. Rudzutak)ni
yubordi. Uning butun faoliyati TASSR sovet va partiya qurilishi ishlarini jadal sur’atlar bilan
olib borish, yangi tuzumni chuqur ildiz ottirish edi. TASSR hayotida kechayotgan barcha
ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan bog’liq eng asosiy masalalarning
birortasi ham Turkkomissiya a’zolarining izmisiz hal etilmas edi.
Bu davrda mahalliy xalq orasidan chiqqan, sovet va partiya qurilishida ancha tajriba
ortirgan, chiniqqan T. Risqulov, N. To’raqulov, A. Rahimboyev, N. Xo’jayev, Q. Otaboyev, A.
Ikromov, S. Segizboyev kabi yurt arboblari u yoki bu rahbariy mansablarda
faoliyat yuritgan
bo’lsalar-da, ammo ularning inon-ixtiyori moskvalik hukmdorlar tizginida bo’lgan. Xullas,
Turkkomissiya siymosida TASSR hayotida zo’rlik bilan qaror topdirib borilayotgan bolsheviklar
diktaturasining asl mazmun-mundarijasi mujassamlashgan edi.
Rossiyada 1917-yilda yuz bergan fevral inqilobiy o’zgarishi chorizmning yarim mustamlaka
o’lkalari hisoblangan Xiva xonligi va Buxoro amirligida ham aks-sado bermay qolmadi. Avvalo,
bu tobe davlatlarning Rossiya ta’siridan xalos bo’lishga intilishi ko’zga tashlansa, ikkinchi
tomondan, mahalliy xalqning demokratik erkinliklar va huquqlarga ega bo’lish sari harakatlari
faollashdi.
Jumladan, Xorazmda
Yosh xivaliklar
harakati xonlikdagi siyosiy vaziyatni o’zgartirish
va bir
qator demokratik o’zgarishlarni yuzaga chiqarishga otlandilar. Yosh xivaliklar yetakchilari
ishlab chiqqan manifestda konstitutsion monarxiya tuzish, xonning vakolatlarini cheklash,
iqtisodiyot, ta’lim va madaniy xayot jabhalarini isloh qilish talablari ilgari surilgandi. Xivada
ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskin tus olayotganidan cho’chigan Isfandiyorxon (1910-1918) 1917-
yil 5-aprel kuni manifestni imzolashga majbur bo’ldi. Manifest talablariga ko’ra xonlikda
konstitutsion monarxiya tuzumi o’rnatildi. Ayni paytda tarkibi 30-50 kishidan iborat ruhoniylar
va savdo-sanoat ahli vakillaridan saylangan Majlis va Nozirlar Kengashi tuziladi.
Ular xalq
vakilligi boshqaruvi organlari sifatida xon hokimiyati vakolatlarini ma’lum darajada chekladi.
Manifestga muvofiq yosh xivaliklarning taniqli rahbari Bobooxun Salimov Majlis raisi,
Matmurodov esa Nozirlar Kengashi raisi etib saylandilar. Xon xazinasi va uni tasarruf qilish
ustidan nazorat o’rnatildi. Xon temir yo’llar qurish, pochta-telegraf o’rnatish, yangi jadid
maktablari ochish to’g’risida va’dalar berdi. Biroq Xiva xoni va uning atrofidagi mutaassib
kuchlar bu demokratik o’zgarishlarni yo’qqa chiqarish, eski tartiblarni
qayta tiklash payida
bo’ldilar.
1917-yil-iyuniga kelib Isfandiyorxon Rossiya Muvaqqat hukumatining Xivadagi vakili,
general Mirbadalov yordamiga tayanib, Matmurodov boshliq Yosh xivaliklar rahbarlarini
qamoqqa oladi. Bu partiyaning faoliyati qonundan tashqari deb e’lon qilinadi. Yosh
xivaliklarning ko’plari qo’lga olinib jazolanadi. Qolganlari xonlik hududini tark etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: