“Oʻzbekiston tarixi” fanidan


Turkiston o’lka musulmonlar sho’rosi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

Turkiston o’lka musulmonlar sho’rosi
. “Sho’roi Islom” tashkiloti tashabbusi bilan 1917-
yil 16-aprelda Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi chaqirildi. Qurultoy ancha vakolatli 
anjuman bo’lib, uning ishida Turkistonning ko’plab atoqli kishilari qatnashadilar. Ular orasida 
M. Cho’qayev, M. Abdurashidxonov, M. Behbudiy, U. Asadullaxo’jayev, Sh. Lapin, T. 
Norbo’tabekov, A. Z. Validiy, S. Yusupov, I. Shoahmedov va boshqalar bor edi. Qurultoy kun 
tartibiga 16 ta masalaning qo’yilishining o’zi ham uning katta ahamiyatidan darak berardi. 
Qurultoyda o’lkaning bo’lajak davlat qurilishiga alohida to’xtalinib, Turkistonga keng 
muxtoriyat huquqini beradigan demokratik Rossiya federatsiyasi tuzilishi g’oyasi ilgari surildi. 
Qurultoyda - 
Turkiston o’lka musulmonlari sho’rosi
ni tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. 
Turkiston o’lka musulmonlar Sho’rosining birinchi yig’ilishida uning markaziy organi - 
Markaziy sho’ro tuzildi. Mustafo Cho’qayev Markaz raisi, Munavvar Qori rais muovini, Ahmad 
Zakiy Validiy kotib, M. Behbudiy, U.Assadullaxo’jayev va boshqalar a’zolar etib saylandilar. 
Markaziy sho’ro zimmasiga o’lkadagi barcha tarqoq, o’z holicha ish yuritayotgan, nizom va 
dasturlariga ega bo’lmagan uyushma va tashkilotlarni birlashtirish, faoliyatini muvofiqlashtirish 
vazifasi yuklandi. Buni uddalashda Markaziy sho’roning joylarda tashkil etilgan shu’ba 
(bo’lim)lari muhim rol o’ynadi. Jumladan, Toshkent shu’basini M. Abdurashidxonov, 
Samarqand shu’basini M. Behbudiy, Farg’ona shu’basini esa Nosirxon To’ra Kamolxon To’ra 
o’g’li boshqardi. Shu tariqa Turkistonda uchta hokimiyat organi vujudga keldi: 
1.Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston Qo’mitasi; 
2.Ishchi, askar deputatlari soveti; 
3.Turkiston o’lka musulmonlari sho’rosi, uning markaziy organi - Markaziy sho’ro. 
O’lka xalqlarining rahnamolari bo’lgan jadidlar, ruhoniyat arboblari o’z sa’y- harakatlarida 
mahalliy, hududiy manfaatlar, qiziqishlar bilan cheklanib qolmay, boshqa mintaqalardagi 
musulmonlar ommasi, ularning ilg’or vakillari bilan ham yaqindan hamjihat bo’lishga intildilar. 
Shu maqsadda ular 1917-yilning 1-2-mayida Moskvada bo’lib o’tgan Butunrossiya 
musulmonlari I qurultoyida ishtirok etdilar. Unda musulmonlar manfaatini himoya qiluvchi 
davlat qurilishi shaklan milliy-hududiy, federatsiya asosidagi demokratik respublika bo’lishi 


ta’kidlandi. Qurultoyda Butunrossiya Musulmonlari sho’rosi, uning Ijroiya Qo’mitasi ta’sis 
etildi. Ijroiya Qo’mitaga o’lkamiz vakillaridan U.Asadullaxo’jayev va I. Shoahmedovlar a’zo 
etib saylandilar. 
Turkiston vakillari ishtirok etgan va 1917-yilning 21 - 31-iyul kunlari Qozon shahrida bo’lib 
o’tgan Butunrossiya musulmonlarining II qurultoyi ham Rossiya musulmon aholisining ozodlik 
va mustaqillik sari harakatlanish yo’lini aniqlashtirish va muvofiqlashtirishda muhim qadam 
bo’ldi. Unda Turkiston, Kavkaz va Qrimda davlat boshqaruvini mehnatkashlarning o’zlari hal 
etishi, musulmonlar kurashini tashkil etish uchun Butunrossiya Harbiy Sho’rosini ta’sis etish 
to’g’risida qarorlar qabul qilindi. 
1917-yilning 17-20-sentabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan Umumturkiston musulmonlari 
vakillarining II Qurultoyi o’lka xalqlari xayotida muhim rol o’ynadi. Unda 500 nafar vakillar 
ishtirok etdi. Qurultoyda tarkibi 12 kishilik Turkiston o’lka Qo’mitasi, 24 kishilik “Mahkamai 
Sharia” (parlament) tashkil etildi. Qurultoyning maxsus qarorida ularning Rossiya davlati 
konstitutsiyasiga muvofiq keladigan shariat qonunlari asosida faoliyat yuritishi ta’kidlangan edi. 
Qurultoyda “Sho’roi Islom”, “Sho’roi Ulamo”, “Turon”, “Ittihod” va shu kabi boshqa mahalliy 
milliy tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida yagona 
“Ittifoqi Muslimin”
(“Musulmonlar 
Ittifoqi”) siyosiy partiyasini tuzish g’oyasi ilgari surildi. Qurultoyda M. Behbudiy otashin nutq 
so’zlab, hammani birlikka, jipslashishga da’vat etgandi. “Ulug’ Turkiston” gazetasi qurultoy 
ruhini aks ettirib, Turkistonning o’z ichki ishlarini mustaqil hal etishga qodir bo’lgan o’lkaning 
mahalliy va milliy muxtoriyatini tuzish g’oyasini asosiy o’ringa qo’ygan edi. 
Shunday qilib, Turkistonning ilg’or ziyolilari milliy istiqlolga erishish yo’lida o’lkadagi 
barcha sog’lom, vatanparvar kuchlarni birlashib, jipslashib harakat qilishga da’vat etgandilar. 
Biroq, afsuski, Turkistonda ayricha faoliyat yuritgan, o’z nafsoniyatiga berilgan hamda 
muxolifatchilik ustivor bo’lgan ayrim mahalliy, milliy tashkilotlar mana shu yuzaga kelgan 
imkoniyatlardan foydalana olmadilar. Bu esa, shubhasiz, vaziyatni ustamonlik bilan o’z izmiga 
burib yuborishga intilayotgan bolsheviklarga qo’l keldi. 
Muvaqqat hukumatning mamlakatni jahon urushidan olib chiqa olmaganligidan, agrar va 
milliy masalalarni hal etolmayotganligidan bolsheviklar ustamonlik bilan foydalandilar. 
Bolsheviklar ilgari surgan “Butun hokimiyat Sovetlarga!”, “Yer dehqonlarga”, “Xalqlarga 
tinchlik” shiorlari ularning hokimiyatga kelishlarida ayniqsa asqotdi. Rossiya poytaxti 
Petrogradda 1917-yil 24-25-oktabrda davlat to’ntarilishi sodir bo’ldi. Uni Lenin boshchiligida 
bolsheviklar partiyasi zo’rlik bilan amalga oshirdi. 1917-yil 25-oktabrda bolsheviklar tomonidan 
Petrogradda Butunrossiya Sovetlarining II qurultoyi chaqirilib, unda Lenin boshliq Sovet 
hukumati - 
Xalq Komissarlari Soveti
tuzildi. Sulx va Yer to’g’risida dekretlar qabul qilindi. 
Sovet hukumati nafaqat Markazda, balki shu bilan birga sobiq chor Rossiyasi tasarrufidagi 


barcha hududlarda ham o’z hokimiyatini o’rnatish harakatida bo’ldilar. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish