“Oʻzbekiston tarixi” fanidan


Buxoro amirligining ag’darilishi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

Buxoro amirligining ag’darilishi.
Buxoro amirligida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat Xiva 
xonligidagiga o’xshash tarzda kechdi. Amirlik ham Rossiyaga tobe, 
vassal
davlat edi. Ichki 
siyosatda mustaqil bo’lgan amirning mutlaq hokimiyati hukm surib, bundan oddiy xalq ommasi 
behad zulm tortib kelardi. XX asr boshlarida bu yerda ham amirlik tuzumiga qarshi demokratik 
harakatlar yuzaga kela bordi. Mamlakatning ilg’or, taraqiyparvar ziyoli yoshlaridan tashkil 
topgan Yosh buxoroliklar tashkiloti bu harakatlarga yetakchilik qildilar. O’z saflarida Abduvohid 
Burhonov, Fayzulla Xo’jayev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Muhitdin Mansurov, 
Po’latxo’ja Usmonxo’jayev kabi yurt fidoyilarini birlashtirgan Yosh buxoroliklar harakati keng 
xalq manfaatlari foydasiga muhim siyosiy o’zgarishlarni ro’yobga chiqarishga intilganlar. Ular 
ishlab chiqqan islohotlar loyihasida mamlakatda konstitutsion monarxiya tuzumi o’rnatish, 
ijtimoiy-siyosiy erkinliklar joriy qilish, maorif ishini yaxshilash masalalariga alohida urg’u 
berilgandi. 
Keng xalq ommasi tazyiqi va Yosh buxoroliklar islohiy talablari asosida amir 1917-yil 7-
aprelida ba’zi yon berishlarga borib manifest chiqarishga majbur bo’ladi. Manifestda soliqlarni 
tartibga solish, turli ijtimoiy tabaqalar vakillaridan iborat Majlis qilish, maorif, tibbiyot, sud 
tizimlarini yaxshilash, ma’muriy boshqarish ishlarini takomillashtirish kabi qator va’dalar 
berildi. 
Biroq amirlikning mutaassib, hukmron doiralari tish-tirnoqlari bilan bunga qarshilik 
ko’rsatdilar. Ular islohot tarafdorlariga nisbatan ochiqdan-ochiq shahar ko’chalarida qirg’in 


uyushtirdilar. Ko’plab islohotchilar Buxoroni tark etishga majbur bo’ldilar. Bu gal amir 
tarafdorlarining qo’li baland keldi. 
Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi Buxoro amirligi uchun ham jiddiy 
siyosiy vaziyatni vujudga keltirdi. Negaki, sotsialistik inqilob g’oyasini boshqalarga yoyishga 
intilgan bolsheviklar chegaradosh Buxoroni o’z mo’ljaliga olgandilar. Xususan 1918-yil martida 
“Kolesov voqeasi”
nomi bilan tarixga kirgan qonli voqea bunga aniq misol bo’la oladi. 
Turkiston sovet respublikasi hukumati raisi F. I. Kolesov Buxoroga ochiq tazyiq o’tkazib, 1918-
yil 2-martida Kogon temir yo’li yoqalab qizil qo’shinlar interventsiyasini uyushtirdi. Bunga 
javoban Buxoro amiri xalqni g’azovotga chorlab, o’z qo’shinlari va g’azabga kelgan aholini 
urushga safarbar etdi. Oqibatida Kolesov xuruji sharmandalarcha mag’lub bo’ldi. Bu esa amir va 
uning arkoni davlatiga barcha demokratik kuchlardan qonli o’ch olishi uchun bahona bo’ldi. 
Ayniqsa Yosh buxoroliklar ayovsiz qirg’in qilindi. Bolsheviklarinipg bu avantyurasi Yosh 
buxoroliklar uchun g’oyatda qimmatga tushdi. F.Xo’jayevning guvohlik berishicha, bu qirg’inda 
Yosh buxoroliklar, ularning tarafdorlaridan 1,5 ming kishi qurbon bo’ladi. 
Biroq shunga qaramay sovet mutasaddilari Buxoroda sun’iy inqilob tayyorlash, buning 
uchun Turkistondan panoh topgan ko’p sonli buxorolik muhojirlarni ishga solish, ulardan 
ko’plab inqilobchi kuchlar etishtirish va ularni tashkillashtirish harakatida bo’ldilar. 1918-yil-
sentabrida Toshkentda Buxoro muhojirlari tomonidan 
Buxoro kompartiyasi
va uning Markaziy 
Qo’mitasi tuziladi (uning raisi A. Yoqubov, o’rinbosari M. Qulmuhammedov). 1920-yil 
yanvarida Toshkentda F. Xo’jayev boshchiligida “Yosh buxorolik inqilobchilar partiyasining 
Turkiston Markaziy byurosi” tashkil etiladi va Turkkomissiya, RSFSR hukumati tomonidan 
e’tirof etiladi. 
Yosh buxoroliklar partiyasi ishlab chiqqan dasturda tez vaqt ichida despotik tuzumni 
tugatish, mamlakatda demokratik respublika tuzish va keng xalq ommasining tub manfaatlarini 
ko’zlab ko’plab ijtimoiy-demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish vazifalari bayon etilgan edi. 
Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 1920-yil-iyundan Toshkentda chiqa boshlagan 
«Uchqun» gazetasida ham ilg’or demokratik g’oyalar ilgari surildi. Buxoro xalqi amirning 
hokimi mutlaq tuzumini ag’darib tashlash uchun faol kurashga da’vat etib borildi. 
Sovet hokimiyatining asl maqsadi Buxoro amirligini ag’darish edi. Uning rasmiy hujjatlari, 
ko’rsatmalarida amirlikka qarshi kurash quyidan, mahalliy kuchlar tomonidan boshlanishi 
uqdirilgan edi. Shu bilan birga amirlikni ag’darish uchun zarur harbiy tayyorgarlik ham ko’rildi. 
M.Frunze boshliq Turkiston fronti qo’mondonligi tomonidan 1920-yil-iyun o’rtalaridayoq 
zamonaviy qurol-aslahalar bilan qurollangan qizil qo’shinlar Buxoro chegaralariga keltirib 
qo’yilgan edi. Ayni paytda amirlikni ag’darish uchun M.Frunze, V.Kuybishev, N.To’raqulov, 
N.Husainov, F.Xo’jayevlar tarkibida harbiy-inqilobiy byuro tashkil etiladi. 


1920-yil 29-avgustda Chorjuyda amir tuzumiga qarshi g’alayon boshlandi va Beshim Sardor 
boshchiligidagi kuchlar avvaldan belgilangan kelishuvga binoan darhol sovet hukumatidan 
«yordam so’rab» murojaat qiladi. Bu sovet qo’shinlarining Buxoroga qarshi urush harakatlarini 
boshlashiga bahona bo’ladi. 
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, sovet qo’shini ixtiyorida shu davrda 10 ming qizil askar, 40 ta 
to’p, 230 ga yaqin pulemyot, 10 ta zixrli avtomobil, 5 ta zixrli poyezd va 12 ta samolyot bor edi. 
Shuningdek, Turkiston fronti qo’shini bilan birga hujum harakatlarida 5 ming kishiga yaqin 
buxorolik “inqilobchi tuzilmalar” ham ishtirok etdilar. 
Amir lashkari son jihatidan ko’p bo’lgani bilan (20 mingga yaqin), biroq uning qurollanish 
darajasi qizillarga nisbatan ancha zaif holda edi. Hujumga tashlangan sovet qo’shinlari 
amirlikning Chorjuy, Qarshi, Kitob, Shahrisabz va boshqa hududlarini egallab, Buxoroga tomon 
siljib bordilar. Buxoro va uning aholisi sovetlar hujumi chog’ida mislsiz zarar ko’rdi. Shahar 
ko’p bor havodan bombardimon qilindi. Uning ko’plab noyob osori atiqalari, tarixiy obidalari 
vayron etildi. 
Amir Olimxon 1920-yil 2-sentabrda Buxoroni tark etishga majbur bo’ldi. Poytaxt sovet 
qo’shinlari tomonidan egallangach, hokimiyat Muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy qo’mitasi 
qo’liga o’tdi. 1920-yil 14-sentabrda BKP MQ va Muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy 
qo’mitasining birlashgan majlisi bo’ldi. Majlisda A.Muhitdinov boshchiligida qonun chiqaruvchi 
oliy organ - Butunbuxoro Inqilobiy qo’mitasi va Fayzulla Xo’jayev raisligida Xalq Nozirlar 
Kengashi (hukumat) tuzildi. O’sha yilning 6-8-oktabr kunlarida I Butunbuxoro qurultoyi bo’lib 
o’tdi. Unda 
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
tashkil etilganligi e’lon qilindi. 
1921-yil 4-martda Moskvada BXSR va RSFSR o’rtasida Ittifoq shartnomasi va iqtisodiy 
bitim imzolandi. Bu esa Rossiya Federatsiyasi va uning Turkistondagi vakolatli namoyandalariga 
Buxoro Respublikasi ichki ishlariga bevosita aralashish, u yerdagi o’zgarishlarni nazorat etish va 
uni aniq sotsialistik maqsadlar sari yo’naltirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 
Shuningdek, Buxoro Xalq Sovet respublikasining asosiy rahbar tashkiloti - Buxoro Kompartiyasi 
RKP (b) ning viloyat tashkiloti maqomida faoliyat yuritardi. 
RKP (b) MQ 1922-yil mayida “Turkiston-Buxoro ishlari haqida” qaror qabul qildi. Unda 
O’rta Osiyoda, jumladan, Buxoroda jadallik bilan “sotsialistik tuzumni mustahkamlash” qat’iy 
uqtirildi. Shuningdek, RKP (b) MQ ning 1923-yil 12-iyunda qabul qilgan Buxoro masalasiga 
doir maxsus qarori ham bu davlatning ichki ishlariga qo’pollik bilan aralashish edi. Negaki, unda 
Buxoroning rivojlanish jarayonini “sotsialistik izga” burib yuborish maqsadi ko’zda tutilgandi. 
Buxoro xalqining tub milliy manfaatlari yo’lida fidoyilik bilan faoliyat yuritgan, inqilobiy 
harakatlarning faol ishtirokchilaridan bo’lgan 
A.Fitrat, M.Aminov, Otaxo’jayev, Yoqubzoda va boshqalar Moskva vakillarining talabi 


bilan respublika hukumati tarkibidan chetlatildi. Buxoro XSRning 1921-yil sentabrida qabul 
qilingan Konstitutsiyasi ham RSFSR Konstituttsiyasi andozasida tuzilgan edi. Hukmron Markaz 
tashabbusi bilan 1923-yil martida 
O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi
ning tuziliish va uning 
tarkibiga Buxoro XSRning ham jalb qilinishi bu uning iqtisodiy mustaqilligining asta-sekin 
qo’ldan boy berib borilishiga sabab bo’ldi. Moskva tazyiqi ostida bu hududda sotsialistik 
o’zgarishlar izchil amalga oshirilib borildi. 1924-yil 18-20-sentabrda bo’lib o’tgan V 
Butunbuxoro qurultoyi BXSRni 
Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi
deb e’lon qildi. Nihoyat, 
1924-yilda o’tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi natijasida uning hududlari O’zbekiston va 
Turkmaniston Sovet sotsialistik respublikalari tarkibiga qo’shib yuborildi, Buxoro davlat sifatida 
tugatildi. 
Sovet hokimiyatiga qarshi ko’tarilgan bu qurolli harakatning mazmun mohiyatini sovet 
mustamlakachilari muttasil buzib, soxtalashtirib keldilar. Uni sovet tarixshunosligida 
«bosmachilar harakati», «aksilinqilobiy kuchlar bosqini», «bir to’da yurt buzg’unchilari 
harakati»
singari nomlarda ta’riflab kelindi. Biroq tarixiy haqiqat milliy istiqlol sharofati bilan 
to’liq tiklanib, o’z haqqoniy, xolis bahosini topdi. Bu harakat sovetlar mafkurasi to’qib chiqargan 
shunchaki 
«bosmachilar»
harakati emas, balki sovet hokimiyatining zo’ravonlikka asoslangan 
siyosati va amaliyotiga qarshilik ko’rsatish harakatidir. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish