partiyamiz kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqqan. Xususan,
O‘zbekistonning global raqobatbardoshlik reytingi va boshqa xalqaro reytinglarda
qatnashishi va unda mamlakatimizning egallagan o‘rnini yaxshilab borishga
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; mamlakatda qulay
biznes va investitsion muhitni shakllantirish sohasida amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar, qonunchilikning amaliyotga tatbiqi ustidan kuchli parlament va
deputatlik nazoratini o‘rnatish; iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan masalalar
yuzasidan xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari
tomonidan alohida eshituvlar tashkil etish; hamkor tashkilotlar bilan birgalikda
markazda va joylarda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish borasida
amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini tashkil etish va jamoatchilik nazoratini
o‘rnatish; tadbirkorlar, fermerlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish kabi ishlarga
alohida e’tibor qaratilishi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |