“O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
gi qarorida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning
yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikamizning xalqaro
reytinglardagi o‘rnini yaxshilashni ta’minlash yo‘llari atroflicha belgilab berildi.
Mazkur hujjatga muvofiq boshqa vazifalar qatorida 3 ta asosiy yo‘nalishda
ish olib borilayotgani alohida e’tiborga molik. Ya’ni:
1. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring
qilish va baholash milliy tizimi, ya’ni Milliy monitoring tizimi yaratilmoqda.
2. Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat
organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy
mahoratini oshirish maqsadida “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti joriy
etilmoqda.
3. “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining
yaratilishi esa ushbu yo‘nalishda samarali muloqot va axborot almashinuviga
xizmat qiladigan imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |