5. Dunyoning yetakchi reyting va indekslarida O’zbekistonning
iqtisodiy imkoniyatlarini e’tirof etilishi.
Hozirgi davrda xorijiy reytinglar xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kuchli
ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ziga xos omillardan sanaladi. Mustaqil ekspertlar xulosasi
aks etgan reytinglar mamlakat xalqaro imijiga, kirib kelayotgan investitsiyalar
miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, rivojlanib borayotgan va o‘z
iqtisodiyotiga sarmoyalarni jalb qilishdan manfaatdor bo‘lgan davlatlar mazkur
reytinglarga kirish va o‘z o‘rnini bosqichma-bosqich ko‘tarib borishga alohida
e’tibor qaratmoqda. Keyingi yillarda Sharqiy Yevropa hamda MDHga a’zo ayrim
mamlakatlar eng nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori darajaga ega bo‘lish
bo‘yicha maxsus dasturlar asosida ish olib borayotgani fikrimiz tasdig‘idir. Zero,
har qanday chet ellik investor muayyan qarorga kelishdan avval o‘zi qiziqayotgan
davlatning iqtisodiy holati to‘g‘risidagi ob’yektiv, mustaqil baholarni sinchiklab
Do'stlaringiz bilan baham: |