Masalan, “Tarix – sintoizm – konfutsiylik – samuraylik irodasi”
qadriyatlari negizida yapon milliy g‘oyasi ishlab chiqildi. Odamlarga ishonch,
rag‘bat berildi. Maktabning tarbiyaviy ishlar tizimi, g‘oyasi isloh qilindi. Uyushgan
millatning juda qattiq mehnati o‘laroq, dunyo “YApon mo‘‘jizasi”ning guvohi
bo‘ldi. Xitoyda ham milliy zaminga – Konfutsiy ta’limotiga murojaat qilindi.
Konfutsiy merosidan diniy ta’limot emas, balki axloqiy (xulq uchun) asos sifatida
foydalandi. Yoshlar tarbiyasi “Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq bo‘lish” g‘oyasi
asosida tashkil etildi. YOshlarga shaxsiy va milliy manfaatlarni uyg‘un tutish
o‘rgatib borildi.
AQSHda davlat mafkurasi yo‘q, deb hisoblanadi. Ammo
amerikaliklarning ma’naviyatini o‘rgangan olimlar
AQSH kabi mafkuralashgan
davlatni topish qiyin, deyishadi. AQSHda mafkura vazifasini “Amerika orzusi”
(American Dream) bajarmoqda. U Amerika davlatining oliy qadriyatlari yig‘indisi,
millatning ma’naviy onasi deb tushuniladi. “Amerika orzusi”ning asosiy
tushunchalarini shaxs erkinligi,
erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga
erishishga qaratilgan mehnat tashkil qiladi. Amerikaliklar mafkura bo‘lmasa, davlat
boshqaruvida tizimlilik bo‘lmaydi, tizimsiz esa samarali siyosat bo‘lishi mumkin
emas, deb hisoblashadi.
SHu bois, amerikalik davlat arboblaridan biri U.Sefayr
“Agar Amerika tuzumi – skelet bo‘lsa, amerikancha orzu – uning qalbidir“ degan
edi. Janubiy Koreyada ham milliy g‘oya xalqning milliy o‘zligiga va yoshlar
tarbiyasiga quril di. Maktabda milliy g‘oya yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy
ideallar orqali singdirib borildi. YOshlarni hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha
ta’limga alohida e’tibor qaratildi. Hozir ham koreys oilalarida
umumiy byudjetning
ellik olti foizi bolaning ta’lim-tarbiyasi, inson kapitali – Human Capital uchun
sarflanmoqda.
Mamlakatimizda milliy g‘oyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi
bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qo‘yilmoqda.Ilgari milliy g‘oyani
tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab turar edi. Masalan, odamlarning
quloqlari milliy g‘oya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi. Lekin ko‘zlarimiz
hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi temir panjaralarni ko‘rar edi. Xalq
davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan noto‘g‘ri qoida amalda edi. Fuqaro
hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas edi.
CHunki amalda xalqdan
davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Panjaralar kesib tashlandi. Lekin ayrim
amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni
qo‘porib tashlash qiyin kechyapti. Milliy g‘oya ana shunday vaziyat talablaridan
kelib chiqib yangilanmoqda.
Ilgari milliy g‘oya ijtimoiy-gumanitar, ma’naviy-ma’rifiy masala, deb
tushunildi.
Bugun
uning
iqtisodiy-siyosiy
poydevori
– O‘zbekistonni
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor. Taktikasi – har yilning bosh Dasturi,
mablag‘i, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda milliy g‘oya gumanitar masala bo‘lib
qolmaydi. CHunki uning natijasiga qaratilgan iqtisodiy tizim ishlamoqda. Milliy
g‘oya ro‘yobi uchun demokratik muhit hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Demokratiya –
to‘g‘rilik, rostlik, adolat, qonuniylikning sharti. Nohaqdan – haqni, zolimdan –
mazlumni, zo‘ravondan – ojizni himoya qilishga xizmat qiladi. SHu haqda jar soladi.
Jamoatchilik nazoratini ishga soladi. CHunki milliy g‘oya aholining bir toifasi emas,
hamma
yaxshi yashasin, hayotdan rozi bo‘lsin, deydi. Mamlakatda adolat,
qonuniylik buzilar ekan, demokratiya ham, milliy g‘oya ham quruq shiorlar bo‘lib
qoladi. Xalq norozi bo‘ladi. Xalq norozimi, demak, milliy g‘oya o‘z bongini
urmayotgan, vazifasini bajarmayotgan bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan olib
borilayotgan islohotlar milliy g‘oya xalqimizning kuch-qudratiga aylanishi uchun
sharoit yaratdi. Endi gap milliy g‘oyani har bir o‘zbekistonlikning
niyatiga va
harakatiga aylantirishda. YAxshi fikr yaxshilikka, yomon fikr yomonlikka yo‘l
ochadi. Axborot maydonini nuqul negativ kontent egallab olmasligi uchun pozitiv,
yaxshi, nekbin mazmun, mavzular bilan mutanosib to‘ldirishga alohida e’tibor
qaratmog‘imiz zarur. Negaki, biz kattalar ham, bolalarimiz ham har kuni yaxshi-
yomon fikrlardan ta’sirlanamiz. Bir-birimiz bilan ijtimoiy tarmoqda tortishamiz,
aytishamiz, urishamiz. Lekin biz bularning negativ fikrlardan boshlangan g‘oyalar
kurashi ekanligini anglamaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: