84
suiqasd uyushtirgani uchun Banu Nazir yahudiy qabilasi bilan urush olib boriladi
hamda 625 yilning sentyabrida bu qabila ko‘chirib yuboriladi.
Ularning erlariga musulmonlar ko‘chib kelib joylashadi. Bu vaqtdan keyin
musulmonlar bilan yahudiylar murosasi yomonlashadi.
Banu Nazir qabilasi bilan urush bo‘lib turgan vaqtda bir necha musulmon
qaerdandir ichkilik topib ichishadi va kayf qilib, o‘zaro janjallashadilar. Shu
munosabat bilan Qur‘onning 5-Moida surasidagi 90-oyatda aroq va boshqa kayf
qiladigan
ichkilik harom, deb ko‘rsatilgan. Shuni ham aytib o‘tish kerakki,
ichkilikni Qur‘onda birdaniga harom deyilgan emas. Avval, Makka davrida kayf
qiladigan ichimlik Xudo bergan rizq (musallas uchun) kunjut, zaytun yog‘ini siqib
olish kabi Allohning ne‘matlaridan deyilgan (12-sura 49-oyat). Madinaga xijrat
qilingach, oradan ko‘p o‘tmay, maydan ma‘lum foyda ham bor, lekin uning
foydasidan zarari ko‘proq deyilgan (2-sura 219-oyat). Payg‘ambarning yaqin
safdosh-laridan biri Amir Ibn Avf (Uhud jangidan so‘ng) kayf bilan namozga kirib,
Qur‘on surasini buzib o‘qiydi. 4-sura 43-oyatdagi ―kayf
holatingizda namozga
yaqinlashmangiz‖, degan ko‘rsatma ana shu hodisa bilan bog‘liq hisoblanadi.
Ichkilikbozlikning musulmonchilikka zid, ahloq-odobga xilof, jamiyatga zararli
ekanligini yodda saqlamoq darkor, buni bizga Rasulullohimiz aytib ketganlar.
Uhud jangidan keyin Muhammad payg‘ambar rahbarligida atroflardagi
badaviy arablari
musulmonlikka
dohil qilindi,
jamoa mustahkamlandi.
Payg‘ambarimiz diniy rahbar, bosh imom ham harbiy qo‘mondon (lashkarboshi),
ham ma‘muriy rahbar sifatida hamma tan olgan buyuk shaxsga aylandi.
Hijratdan keyingi o‘tgan 3 yil ichida huquqiy va ahloqiy munosabatlarni
takomillashtirishga qator karor va qonunlar kiritiladi va ular keyinchalik islom
shariatida mustahkam o‘rin egallaydi. 625 yilning oxiri 626 yilning boshlarida
vahiy qilingan 4-surada oila, nikoh, vorislik, etim-esirlar huquqi kabi 2-suradagi
(Uhud, jangidan keyin) masalalar yanada batafsilroq aytib o‘tilgan.
Mukammal
yangi qonun-qoidalar (4-suraning 1-39, 127-130-oyatlar), shuningdek jihod
urushlarida ishtirok etish, shahidlar va ularning oilalari haqidagi qoidalar vahiy
etilgan (4-suraning 71-104-oyatlari).
85
Shuningdek, Badr va Uhud janglarida, oraliqdagi 10 dan ortiq mayda
to‘qnashuvlarda, jami 180 dan ortiq kishi halok bo‘lgan edi.
Ulardan qolgan tul
xotinlaru etim bolalarning turmushi va ta‘minoti masalasi paydo bo‘lgandi. Etimlar
va bevalarni boqish, tarbiyalash maqsadida to‘rttagacha xotin olishga ruxsat
etilgan. Lekin ularga teng qaray olmagan kishi bo‘lsa bitta xotin olsin, hatto o‘z
cho‘risiga uylansin, deyishning mohiyatida shahvatparastlik emas,
balki vujudga
kelgan murakkab ijtimoiy, huquqiy va ahloqiy muammolarni hal qilish zaruriyati
yotadi.
Bu masalada musulmonlarga ibrat bo‘lish uchun payg‘am-barning o‘zi Uhud
jangida yaralanib, keyin vafot etgan yaqin safdoshi Abu Salama ibn Abdul
Asadning xotini Ulima Salamaga 626 yilning mart oyida uylanadi va uning etim
qolgan ikki o‘g‘ilchasini o‘z tarbiyasiga oladi.
Feodalizm sharoitida o‘rta asrlar musulmon
mamlakat-larida diniy
mutaassiblik kuchayadi, ilk islomga xos demok-ratik va insonparvarlik
g‘oyalarining mazmuni unutiladi, boylar va hokimlar uchun etimlarga g‘amxo‘rlik
emas, balki shuhratparastlik va shahvatparastlik tuyg‘ulari hamda oilaning mol-
mulkini ko‘paytirish, o‘z manfaat, huquqlarini kuchaytirish kerak edi. Lekin bu
mohiyatan ilk islomga xos ahloqiy tamoyillarni qo‘pol buzish bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: