PSIXODIAGNOSTIKA VA EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA FANIDAN TEST (3-KURS)
№1 Manba:
“Psixodiagnostika” atamasining lug‘aviy ma’nosini aniqlang
|
Psixologik tashhis qo‘yish
|
№2 Manba:
Psixodiagnostika tushunchasini kim birinchi bo‘lib qo‘llagan?
|
G.Rorshax
|
№3 Manba:
Psixologik diagnoz qo‘yishning nechta bosqichi mavjud?
|
3
|
№4 Manba:
Eksperimental psixologiya fanining maqsadi nima?
|
Psixologik ekspeniment o‘tkazishning malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish
|
№5 Manba:
Muayyan belgilar asosida tashhis qo‘yish – bu ...
|
Simptomatik diagnoz
|
№6 Manba:
Biror xususiyatning mavjudligiga emas, balki uning vujudga kelish sabablari asosida tashxis qo‘yish- bu ...
|
Etiologik diagnoz
|
№7 Manba:
Nazariy tayyorgarlik, biron-bir metodikani amaliyotdaqo‘llay olishda zaruriy tajriba ega bo‘lish, psixodiagnostik metodikalarni va ularni o‘tkazish shart-sharoitlarini mukammal bilish – bu ....
|
Psixodiagnostga qo‘yiladigan maxsus malakaviy talablar
|
№8 Manba:
Quyida berilgan fikrlar psixodiagnost faoliyatining ijtimoiy-axloqiy talablarining qaysi biriga mos kelishini aniqlang: 1) sinaluvchining ruxsatisiz natijalarning e’lon qilmaslik; 2) tanlangan metodikalarning validligi, ishonchliligi va shu bilan birga natijalarning aniqligi; 3) psixodiagnostik tekshiruv natijalarni g‘arazli maqsadlarda qo‘llamaslik va sinaluvchilarning manfaatlariga ziyon keltirmaslik; 4) test o‘tkazayotgan psixologning sub’ektiv ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi; 5) berilgan tavsiyalarning mijoz kamoloti va manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim.
|
Psixodiagnostika sirlarini saqlash – 1, psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi – 2, sinaluvchiga ziyon yetkazmaslik – 3, xulosalarning ob’ektivligi – 4, taklif etilayotgan tavsiyalarning samaradorligi – 5.
|
№9 Manba:
Psixolog o‘quvchining xulq-atvoridagi quyidagi belgilarga qarab, uning agressivlik darajasi yuqori ekanligini aniqladi: bola judaya serzarda, jahli “burnining ustida turadi, sinfdoshlari bilan muloqot jarayonida turli noma’qbul so‘zlarni ko‘p qo‘llaydi, sinfda o‘z aytganini qildirish uchun kuch ishlatish yo‘lidan foydalanadi, kattalarning tanbehini bee’tibor qoldiradi va hakozo”. Mazkur holatda psixodiagnostik tekshiruvning qaysi bosqichi kuzatilmoqda?
|
Simptomatik
|
№10 Manba:
Quyidagi berilgan vazifalarning qaysi biri “Psixodiagnostika va eksperiental psixologiya” fanining nazariy va amaliy vazifalari qatoriga kirishini aniqlang. 1)psixik ko‘rinishlar tabiati va ularni ilmiy jihatdan prinsipial baholashning imkon darajasini aniqlashtirish; 2) psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo‘yiladigan kasbiy talablarni aniqlashtirish; 3) hozirgi paytda psixologik ko‘rinishlarning miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik holatini o‘rganish; 4) psixolog haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar; 5) psixodiagnostik usul va uslublarning asosiy metodologik talablarini aniqlashtirish; 6) psixologning psixodaignostik bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlashtirish; 7) psixodiagnostik tadqiqoning shart-sharroitlari, natijalarni qayta ishlash hamda ularni interpretatsiya qilish usullarining ishonchliligini asoslash; 8) psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan tayyorligini baholash mezonlari va dasturini ishlab chiqish; 9) test va psixodiagnostik metodlarning tuzilishi hamda ilmiyligini tekshirishning asosiy yo‘llarini aniqlashtiri.
|
Nazariy vazifalar – 1, 3, 5, 7, 9; amaliy vazifalar – 2, 4, 6, 8
|
№11 Manba:
Sobiq ittifoqda psixodiagnostik metodlardan foydalanishni shartli ravishda necha davrga ajratish mumkin?
|
2
|
№12 Manba:
Do'stlaringiz bilan baham: |