ikkinchidan,
o‘sha davrda arablarda g‘oyaviy-mafkuraviy birlik ham yo‘q edi.
Chunki, arab qabila va urug‘lari turli-tuman dinlarga diniy urf-odatlarga amal
qilganlar, ayniqsa ajdodlar ruhiga sig‘inish, ayrim hayvonlarni ilohiylashtirish
(totemizm), ayrim tog‘lar, g‘orlar, suv manbalari, daraxtlar, toshlar, osmon
jismlaridan; oy, quyosh, yulduzlarni muqaddaslashtirib ularga sig‘inish (fetishizm),
ins-jinslar, devlar, alvasti, pari, afsonaviy xizr kabi g‘ayritabiiy kuchlarga ishonish
kuchli bo‘lgan. Qabilaviy xudolar, ma‘budalar, ya‘ni ilohalarga e‘tiqod qilishardi.
Ka‘ba (toshdan qurilgan to‘rtburchak ibodat uyi) to‘g‘risida tarixiy ma‘lumotlar
saqlanib qolgan. Islomiy davrgacha hukm surgan bu johiliya davri mushriqiylik
bo‘lib bu ham arablarni mafkuraviy jihatdan birlashtirish yo‘lidagi g‘ov edi. Kun
tartibida ko‘p xudolik - mushrikiylikdan vahdoniyatga, ya‘ni yakka xudolikka
o‘tishdek muhim tarixiy vazifa turar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |