72
er. av. 1-ming yillik o‘rtalarida buddistlar monastirlari paydo bo‘lgan. Birinchi
xristian monastirlari esa 3-4 asrlarda Misrda vujudga kelgan.
Hozirgi paytda
Rossiyada monastirlar yana qayta tiklanib amal qila boshladi.
10.
Papalik
salkam 1500 yil mavjud bo‘lgan qadimgi diniy markazlardan
birib bo‘lib, dastlabki vaqtlarda papalik er-mulklar, ya‘ni
papa oblastiga
xo‘jayinlik ham qilar edi. Papalik Rim episkopligi negizida yuzaga keladi.
Imperiya poytaxtini 330-yilda Konstantinopolga ko‘chirilishi va so‘nggi Rim
imperatorining 476 yilda qulashi bilan Rimning dunyoviy-siyosiy hokimiyati
episkop qo‘liga o‘tadi va uning cherkovga hukmronlik qilishiga asos solingan.
Xuddi shu vaqtda Rim papasi unvonini oladi. 756 yilda franklar qiroli (Frantsiya)
Pakana Pipin papaga er hadya qiladi. (Papa oblasti), bu papaning dunyoviy
hokimiyatini yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. F.Engels
aytishicha, o‘rta asrda papa
feodal sistemaning baynalminal markaziga aylandi. Napoleon esa papaning butun
Evropada mavqeini tushurib yuboradi. Papa Ioann XXIII cherkovning papalik
obro‘yini ko‘tara boshladi. Papa Pavel VI (1963-1978 yillar) so‘ngra
papa Ioann
Pavel II ( Hozirda papa lavozimida Frensisk) papalik mavqeini oshira bordilar.
11.
Pastor
(lot.-qavmga rahbarlik qiluvchi, cho‘pon- ruhoniylik unvonini
berish marosimini (svyashenstvo) inkor etuvchi protestant oqimlaridagi cherkov
xizmatchi.
12.
Pasxa
(qadimgi yahudiycha pesax - o‘tib turadigan)-injillarda
yozilishicha
krestga tortilgan Isoning «mo‘‘jizaviy tirilishi» xotirasiga
bag‘ishlangan
xristianlarning
asosiy
bayrami.
Dastlab
pasxa
qadimiy
yahudiylarning chorvador va dehqonlari bayrami bo‘lgan. Faqat 325 yilda xristian
cherkovi jahon (Nikeya) soborining qarori bilan
xristianlar pasxasi alohida,
bahorning kecha-kunduz tengligi va oy to‘lishgan birinchi yakshanbasida
o‘tkaziladigan bo‘lgan.
13.
Patriarx
(yun.-ota, asos soluvchi) - pravoslavieda oliy diniy martaba
bir qancha mamlakatlardagi pravoslav cherkovining boshlig‘i. Katolitsizmda
patriarx martabasi ayrim ierarxiyalarning boshliqlariga beriladi.
73
14.
Pop
(svyashennik,
rasmiy cherkov tilida ierey, prosviter)
pravoslavieda diniy marosimni ijro qiluvchi, ibodatni mustaqil olib borishga ruxsat
etilgan o‘rta darajadagi ruhoniy. Pop barcha sirli marosimlarni (ruhoniylik unvoni
berish marosimidan tashqari) amalga oshiradi.
15.
Postlar
(ro‘zalar) - umuman ovqatni oyoq yoki uning biror turini
iste‘mol etishni ta‘qiqlovchi, cheklovchi diniy ta‘qiqlar. Ilohiyotchilar fikricha
ro‘zalar inson ruhini amaliy poklash va yangilash uchun xizmat qiladi. Masalan,
Xristovoverlarda piyoz, kartoshka, sarimsoq piyoz solish ta‘qiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: